Diapazon
|
O‘lchash chegarasi
|
Qo‘llanish sohasi
|
Tor
|
0 – 450 mm
|
Avtomatik tartibga solish tizimlarida
|
Keng
|
0.5 – 20 m
|
Tovarlarni hisobga olish operatsiyalarini o‘tkazish uchun
| O‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar 1.1 – jadval
O‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o‘lchashasboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: vizual; qalqovichli; gidrostatik; elektrik (sig‘imli, aktiv qarashliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto‘lqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar. SHularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Sath o‘lchashning vizual vositalari
SHuni alohida ta’kidlash mumkinki, mazkur o‘lchash vositalariga o‘lchov chizg‘ichlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindirik sterokenli) va sath o‘lchovchi shishalar (oxirgisi ko‘roq qo‘llaniladi) kiradi. Sathni sath o‘lchovchi shishalar yordamida o‘lchash tutash idishlar qonuniga asoslangan.
Sath o‘lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz (eng keng tarqalganligi sababli). Ko‘rsatish oynasi suyuqlik sathining balandligini o‘lchaydigan eng sodda moslama. Ko‘rsatish oynalari tutash idishlar prinsipi bo‘yicha ishlaydi. Ko‘rsatish oynasi idishga pastki uchi (ochiq idishlar uchun) yoki ikkala uchi bilan ulangan bo‘ladi (ortiqcha bosimli yoki siyraklanishli idishlar uchun). SHisha naychadagi suyuqlik sathi holatini kuzatish natijasida idishdagi sathning o‘zgarishi haqida fikr yuritish mumkin.
Ko‘rsatish oynalari ularni idishdan uzib qo‘yish va sistemani havo haydab tozalash uchun ventillar yoki jo‘mraklar bilan ta’minlanadi. Bosim ostida ishlaydigan idishlarning ko‘rsatish oynalari armaturasida, odatda, saqlovchi qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi, ular oyna tasodifan singanda, kanallarni avtomatik berkitadi.
S xema 1.1–rasmda keltirilgan. Ko‘rsatkich shisha 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriadi. 1 trubkadagi suyuqlik meniskining holatini kuzatib idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka (nay) dagi suyuqlik teyaturalari farqiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o‘lchashdan avval sath o‘lchagich shishalar yuviladi. Bu vazifani ventil 2 bajaradi. Mexanik mustahkamligi past bo‘lganligi sababli sath o‘lchagich shishalarni uzunligi 0.5 m ortiq bo‘lmaydi.
SHuning uchun, rezervuarlarda sathni o‘lchash uchun ularda bir–birini to‘ldirib turuvchi bir nechta sath o‘lchagich shishalar o‘rnatiladi. Sath o‘lchagich shishalar 3 MPa bosimgacha va 300 0C haroratgacha qo‘llaniladi. Sathni sath o‘lchagich shishalar bilano‘lchashning absalyut xatoligi ±(1 – 2) mm.
Qoida bo‘yicha inson kuzatayotgan qurilmalarda qo‘llaniladi.
Bunday o‘lchagichlarning asosiy qo‘shimcha xatoligi manbai nazorat qilinayotgan idish va oynadagi suyuqlik zichliklarining temperatura turlichaligidan kelib chiqadigan farqidan iborat (ayniqsa, agar idishdagi suyuqlik yuqori temperaturada bo‘lib, ko‘rsatish oynasi ancha narida bo‘lsa). Zichliklarning turlichaligi idish va ko‘rsatish oynasida sathlarning turli bo‘lishiga olib keladi. Bunda o‘lchashning Absolyut xatoligi quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin:
(4.1)
bunda h1 va h2 idish va ko‘rsatish oynasidagi suyuqlik sathi balandliklari; ρ1 va ρ2 idish va ko‘rsatish oynasidagi suyuqliklarning zichligi.
Xatolik katta qiymatlarga erishishi mumkin, shuning uchun uni kamaytirish maqsadida yo asbobni issiqlikdan izolyasiyalash, yoki hisob olishdan avval idishdagi suyuqlikni haydab uni tozalash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |