Tayanch so‘z va iboralar
Fonetik kategoriyalar, idiomatiklik, fonetik sistema, artikulyatsiya, vokalizm, tilning vertikal holati, tilning gorizontal holati, monoftong, diftong, cho‘ziqlik, qisqalik, lablashgan va lablashmagan unlilar, jaranglilik, jarangsizlik.
Savollar
Ingliz va rus tillaridagi unli fonemalarni aytib bering.
Ko‘rsatilgan tillarda unli fonemalarni tasniflash printsiplarini taqqoslaymiz
Ingliz tilida nechta qisqa unli mavjud?
Rus tiliga qaraganda ingliz tilida urg‘usiz o‘rinda unli tovushlar talaffuzining o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Taqqoslanayotgan tillarda konsonantlar (undoshlar) sistamasida eng umumiy va farqli belgilari qaysilar?
Ma’ruza 2 Nutqdagi fonemalar
Reja
Nutqdagi tovushlar.
Akkomodatsiya.
Assimilyatsiya.
Bo‘g‘inning mohiyati.
Bo‘g‘in yasovchi unli fonemalar.
Bo‘g‘inning tuzilishi.
Nutqda tovushlar bir-biriga ta’sir etib, artikulyatsiyada turli xil o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.Har bir tilda ushbu turdagi o‘zgarishlarni amalga oshiradigan o‘z qonunlari mavjud. Ulardan asosiylari akkomodatsiya (fonetik adaptatsiya) va assimilyatsiya (fonetik o‘xshatish) jarayonlarida amalga oshadi.
Akkomodatsiya unlilar va undoshlar o‘rtasida sodir bo‘lib, yonma-yon kelgan tovushlar artikulyatsiyasining qisman moslashuvi bilan belgilanadi. Hozirgi rus tili, masalan, unlilarning yuqori darajada adaptatsiyalanish xususiyatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi (Taqqoslaymiz: мал-мял, рад-ряд, лук-люк, мил-мыл). Ingliz tili uchun esa adaptatsiyalanish xususiyati unchalik xos bo‘lmaganligi sababli o‘quvchilar ko‘pincha uni payqamaydilar. Masalan, [l]dan oldin kelgan [e]ning ancha ochiq talaffuz qilinishi – [fel], [j]dan oldin kelgan [u:]ning talaffuzi– [nju:] sezilmaydi va hokazo.
Assimilyatsiya ikkita unli yoki ikkita undosh o‘rtasida sodir bo‘ladi. Assimilyatsiya to‘liq yoki qisman, regressiv yoki progressiv bo‘lishi mumkin. Assimilyatsiya hamma tillarga xos bo‘lsada, har bir tilda turlicha amalga oshiriladi. Qiyoslanayotgan tillarda assimilyatsiya ko‘proq undoshlar o‘rtasida sodir bo‘ladi.
Ingliz tilida assimilyatsiyaning ikki turi ham faoldir: progressiv assimilyatsiya - what’s this [wots ðis], va regressiv assimilyatsiya – newspaper [nju:speipə]. Aytish joizki, undoshlarning progressiv assimilyatsiyasi ko‘proq uchraydi.
Rus tilida esa, aksincha, regressiv assimilyatsiya ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa undoshlarning jaranglilik va jarangsizlik xususiyatlariga ko‘ra assimilyatsiya keng tarqalgan. Masalan: rus.сдал [здал], под стулом [пат стулъм], ложка [лошкъ]. Ingliz tilida o‘xshash assimilyatsiya uchramaydi: a big table so‘z birikmasini [ə big teibl ] tarzida talaffuz qilamiz. Lekin ingliz tilida rus tilidagi singari so‘zlar birikkanda [s-] va [z-] tovushlari ketma-ket kelsa, regressiv assimilyatsiya sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, ingliz tilida does she iborasi [di] tarzida talaffuz qilinadi. Bundan tashqari, rus tilida undoshlarning palatizatsiyalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan assimilyativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: rus. гвозди [гвоз’ди], зонтик [зон’тик].
Shunday qilib, o‘rganilayotgan va ona tillar nutqida tovushlarning tabiatida sezilarli darajada tafovutlar kuzatiladi. Ingliz tili talaffuziga o‘rgatishda bunday o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |