S) oziqni tez hazm bo‘lishiga;
D) oshqozonning kattalashuviga.
Nutqning paydo bo‘lishi qanday jarayonlarga ta’sir ko‘rsatgan?
A) aqliy rivojlanishga;
V) miyani yanada rivojlanishiga;
S) fikrlash jarayoniga;
D) barchasiga.
Nutq ... kuchaytiradi.
A) ijtimoiy munosabatlarni;
V) biologik rivojalanishni;
S) iqtisodiy munosabatlarni;
D) biologik munosabatlarni.
7§. Odam evolyutsiyasida mehnatning roli Tayanch tushunchalar va bilimlar: antromorf, anatomik, fiziologik, birlamchi signal sistemasi, ikkilamchi signal sistemasi,odamning paydo bo‘lishida mehnatning roli, Darvin konsepsiyasi, mehnat qurollari, korelyativ o‘zgaruv- chanlik.
Odamning antromorf hayvonlar bilan solishtirilsa, odam har qanday odamsimon maymundan sifat jihatdan tubdan farq qiladi. Anatomik nuqtai nazardan tananing vertikal holatda bo’lishi, oyoqlarda yurishga moslashish, bosh miya va kalla suyagining o‘ziga xos tarzda rivojlanganligi, qo‘l tuzilishining xususiyati va boshqa bir qancha belgilar odamni ajratib turadi. Fiziologik jihatdan odamda ikkilamchi signal sistemasining rivojlanganligi oliy nerv faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlari bilan ta’riflanadi. Lekin faqat anatomik va fiziologik belgilarni analiz qilish hayvonot dunyosining har qanday vakilidan ajralib turadigan ijtimoiy forma bo‘lmish odamning paydo bo‘lish mexanizmini tushuntirib bera olmaydi. Odamning paydo bo‘lishiga olib kelgan jarayon, u faqat odamga xos bo‘lgan mehnat faoliyati odamning tarixiy taraqqiyotida asosiy omil bo‘lganligini ko‘rsatib beradi.
Mehnatning odam bilan tabiat o‘rtasida yuzaga chiqadigan jarayon ekanligini ko‘plab olimlar o‘z asarlarida bayon etib o‘tishgan. Mana shu jarayonda odam o‘z faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasida moddalar almashinuvini idora etib boradi. Odam mehnatining o‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, odam mehnat qurollarini o‘zi yaratadi, birorta hayvon, hattoki, eng murakkab tuzilgan hayvon ham bunga qodir emas. Mehnat butun inson hayotining asosiy shartidir. Sharti bo‘lganda ham shunday shartidirki, ma’lum ma’noda odamning o‘zini mehnat yaratgan deb aytishimiz mumkin. Darvin konsepsiyasiga amal qilib odamning ajdodlari poda - poda bo‘lib daraxtlarda yashagan yuksak darajada tuzilgan maymun vakillari edi, deb e’tirof qilishimiz lozim. Ana shu ajdodlar yerda yurish uchun qo‘llar yordamidan voz kechib tik holatda yurishga tobora ko‘p o‘rgana boshlagan paytda maymunning odamga aylanishi uchun hal qiluvchi qadam qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |