Tik holda yurish avval qoida, keyin esa zaruriyat bo‘lib qolgan sayin qo‘l erkin qolib funksiyalari murakkablasha boshladi.
Maymunlarda ham qo‘l va oyoq funksiyalari bir qadar taqsimlana boshladi. Maymunlar daraxtlarga chiqayotganda oyoqlariga qaraganda qodidan bir muncha boshqacharoq foydalanadi. Bundan tashqari ular uy qurish, narsalarni ushlash uchun qodlarini ishlatadi. Biroq antropomorf maymunlarning takomillashgan qo‘li bilan necha yuz ming yilgi mehnat tufayli mukammallashib borgan odam qo‘li o‘rtasida haddan tashqari katta farq bor. Birorta ham maymunning qo‘li eng sodda tosh qurol ham yaratgan emas. Mehnat faoliyatini vujudga kelish jarayoni juda uzoq bo‘lgan. Dastlabki tosh inson qo‘lida pichoqqa aylanishidan oldin aftidan shu qadar uzoq vaqt o‘tishi kerak ediki, bizga ma’lum tarixiy davr buning oldida arzimas bo‘lib qoladi.
Qo‘l erkin bo‘lib mehnat faoliyatining ta’siri bilan zo’r berib rivojlanayotgan paytda odamning bunyodga kelishi uchun eng katta qadam qo‘yiladi. Shu ma’noda Engels ta’biri bilan aytganda qo‘l mehnat organi bodibgina qolmay, mehnat mahsuli hamdir. Odam qodi mehnat tufayli tobora murakkab ishlarga moslashib borganligi uchun ham san’at asarlarini bunyodga keltira oldi.Lekin qod o‘ziga mustaqil bir narsa emas edi. Korelyativ o‘zgaruvchanlik tufayli odam qodining asta - sekin mukammallashib borishi va oyoghning shunga yarasha tik holatda yurishga moslanishi inson organizmining boshqa hamma qismiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Odamsimon ajdodlarda mehnat faoliyatining zo’rayishi birgalashib mehnat qilish jarayonida jamoa a’zolarining ancha mahkam jipslashuviga yod ochmogh lozim edi: Shu munosabat bilan ovoz signallari yordamida aloqa bogdash zaruriyati tughladi. Buning natijasida maymunlarning rivojlanmagan xiqildogh asta - sekin o‘zgarib boradi. Oghz apparati esa, ma’no anglatadigan tovushlarni chiqaradigan bodib qoldi. Shunday qilib mehnat jarayoni nutqning vujudga kelishiga sabab boddi.
Avvaliga mehnat, undan keyin esa ma’noli nutq bosh miyaning rivojlanishiga olib kelgan turtki boddi. Miya rivojlanib borishi bilan bir qatorda bir - biri bilan bogdiq holda sezgi organlari yanada rivojlandi. Jumladan eshituv organining rivojlanishi nutqning rivojlanishi bilan birga bordi. Shunisi e’tiborliki, maymunlarda juda ibtidoiy shaklda bodgan tuyg‘u sezgisi ham qod rivojlanishi va mehnat tufayligina vujudga kelgan.
Miya va unga bogdiq bodgan sezgi organlarining rivojlanishi o‘z navbatida insonning mehnat faoliyatiga, nutqning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Odam paydo bodishi bilan hayvonlarda bodmagan yana bir element - jamiyat vujudga keladi. Insonlar jamiyatini maymunlar podasidan ajratib turadigan harakterli belgi mehnatdir. Mehnat qurollar tayyorlashdan boshlanadi. Dastlabki qurollar ovchilik va baliqchilik anjomlari edi. Bular odamga qurol bodib ham xizmat qiladi. Ovchilik va baliqchilik o‘simlik ovqatlari bilan bir qatorda go‘sht bilan ovqatlanishga o‘tish uchun yod ochdi. Bu esa odamning bunyodga kelishida yana bir qadam bodadi. Go‘shtli ovqatda odam organizmidagi moddalar almashinuvi uchun kerak bodadigan eng zarur moddalarning hammasi deyarli tayyor holda edi. Bu - hazm qilish jarayonining qisqarishiga olib keldiki, Shu tufayli organizm energiyasi boshqa muhim organlarda ketadigan omillarga sarflanadigan bo‘lib qoladi.
Go‘shtli ovqat iste’mol qilish yana ikki juda muhim yutuqni qo‘lga kirishiga: olovdan foydalanishga va hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishga olib keldi. Shularning birinchisi hazm jarayonini yanada ko‘proq qisqartirib qo‘ydi, ikkinchisi esa go‘shtli, shuningdek, sutli ovqatlar zahirasining yanada ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
Inson xilma -xil ovqatlarni yeyishga o‘rganib qolganidek, turli tuman iqlim shavroitlarida yashashga ham o‘rganib oldi, shu tufayli turar joy, kiyim - kechak va boshqalarga ehtiyoj seza boshladi. Odamni hayvondan tobora ko‘proq uzoqlashtirib qo‘ygan mehnat sohalari paydo bo‘ldi. Ovchilik bilan chorvachilikka dehqonchilik, gazlma to‘qish, metallarga ishlov berish, kulolchilik va boshqa ko‘plab ishlab chiqarish sohalari qo‘shildi. Kasb- hunarlar bilan birgalikda san’at va fan vujudga keldi. Qabilalardan millatlar va davlatlar shakllandi, ularning o‘zaro munosabatlaridan huquq va siyosat bunyodga keldi. Lekin shu bilan bir qatorda odam miyasida fantastik qarashlar ham rivojlanib bordi, bu diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan ifodalanadi, Shu qarashga muvofiq odam o‘zini alohida yo‘l bilan, ilohiy qudrat bilan kelib chiqqanligini e’tirof eta boshladi. Fan va texnikaning rivojlanishining barcha sabablari miya faoliyatiga bog‘liq deb hisoblana boshlandi. Odamning mehnat faoliyati munosabati bilan rivojlanib borgan ilm - fan asta - sekinlik bilan takomillashib bordi.
Odamsimon ajdodlarning odamga aylanishidagi jarayonlarning asosiy omillari quyidagilar: 1) qo‘lning mehnat qurollarini yaratadigan a’zoga aylanishi; 2) ma’noli nutqning rivojlanishi; 3) oliy nerv faoliyatining yuksak darajada rivojlanishi; 4) jamiyatning vujudga kelishidir.
Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar