42
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan
Tayanch maktablari uchun Treninglar o‘quv dasturining
kreativ fikrlash
bo‘limiga
KIRISH
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan Tayanch
maktablar uchun treninglar o‘quv dasturining mazkur bo‘limida o‘quvchilarning
kreativ fikrlashining baholash va rivojlantirishga qaratilgan mavzular o‘rin
olgan. Ushbu mavzularni tayanch maktablaridagi seminar,
davra suhbatlari
va treninglar davomida barcha fan o‘qituvchilari uchun yetkazib berish
mo‘ljallangan.
Mazkur bo‘limdagi mavzularni shakllantirishda mavzuning dolzarbligi,
XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumta’lim maktablari oʻqituvchilarining
ehtiyojlari, oʻquvchilarning yosh xususiyati hamda o‘quv dasturi doirasida
ko‘rib chiqilishi tavsiya etilgan topshiriqlarning o‘quvchilarda amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati e’tiborga olindi.
Dasturning ushbu bo‘limi tayanch maktablarda
faoliyat olib borayotgan
barcha yo’nalishdagi trener-o’qituvchilar uchun kreativ fikrlashni rivojlantirish
yo‘nalishi bo‘yicha metodik tavsiya sifatida xizmat qiladi. Dastur doirasida
tayanch maktablarda tashkil etiladigan treninglardan ko’zlangan asosiy
maqsad, xalqaro baholash dasturlariga asoslangan holda, o‘quvchilarning
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholash, PISA tadqiqotida kreativ fikrlash
atamasini o‘quvchilarning tasavvurlarini ta’sirchan
tarzda ifodalash, bilim
olishni rag‘batlantiruvchi, original va samarali yechim topishga yo‘naltiruvchi
g‘oyalarni shakllantirish, baholash va takomillashtirishda faol ishtirok etish
kompetensiyasini oshirishdan iborat.
Shuningdek, dastur kreativ fikrlashning nazariy asoslari,
uning
ta’limdagi ahamiyati, kreativ fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan
yondashuvlar, o‘quvchilarning kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
maqsadida aniqlangan shaxsiy hamda ijtimoiy omillar, kreativ fikrlashni
baholashning kompetensiyaviy modeli haqidagi ko’nikmalarini rivojlantirish
uchun mo‘ljallangan.
Kreativ fikrlash trener-o‘qituvchilarning qay darajada yangi g‘oyalar
bera olishi, g‘oyalarning ahamiyati va yangiligini inobatga olgan holda,
tinglovchilarning ularga nisbatan o‘z munosabatlarini qay darajada bildirishini
va o‘zlari kutgan natijaga erishmagunga qadar g‘oyalarni yaratishda davom
etishini o‘rgatadi.
43
Dastur ta’limdagi
islohotlar, faol oʻqitish metodlari va metodologiya,
xalqaro tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumotlarni tizimli yetkazib berish
maqsadlarini ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, kreativ natijalarga erishish
kreativ fikrlay olish qobiliyatini taqozo etadi, u iqtidor, bilim sohasi yoki
badiiy qobiliyat kabi bundan ham kengroq va ixtisoslashgan xususiyatlar va
ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga mo‘ljallangan.
Ushbu oʻquv dasturidan o‘rin olgan mashgʻulotlar, tayanch maktablarida
barcha fan o‘qituvchilarining metod kunlarida ikki haftada bir marta tashkil
etilishi nazarda tutilgan.
Oʻquv dasturidagi mavzular bir yilga moʻljallangan boʻlib, 6 ta oʻquv
mashgʻulotiga taqsimlangan. Har bir oʻquv mashgʻulotining
davomiyligi
astronomik 3 soat qilib belgilangan boʻlib, jami 12 soatni tashkil etadi. Bu
mashg‘ulotlar ta’til (kuzgi, qishki, bahorgi) kunlari davomida haftasiga 2
marotaba tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Berilgan mavzularni mazmunan keng qamrab olishni ta’minlash
maqsadida oʻquv mashgʻulotlari uchun ajratiladigan vaqtni quyidagicha
taqsimotlash tavsiya etiladi:
nazariy -25 daqiqa; tanaffus -5 daqiqa;
amaliy- 80 daqiqa; tanaffus- 10 daqiqa;
mustaqil ish - 60 daqiqa.
O‘quv dasturidagi mashg‘ulotlarning nazariy jihatdan yoritib berilishi
uchun tayanch maktablarining barcha fan yo‘nalishi bo‘yicha trener
o‘qituvchilari tomonidan xar bir mavzu bo‘yicha taqdimotlar tayyorlangan
holda tinglovchilarga atroflicha tushuntirib berilishi lozim bo‘ladi.
Amaliy mashgʻulot sifatida berilgan mavzular xalqaro baholash dasturlari
doirasidagi topshiriqlarni yechish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va tajribalarni
orttirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda trener o‘qituvchilar mashg‘ulotlarni
tinglovchilar bilan birgalikda bajaradilar.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar
davomida olingan bilimni
mustahkamlash maqsadida mustaqil ish mavzulari ham berilgan bo‘lib, ular
tinglovchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Mustaqil ish jarayonida har bir tinglovchi berilgan topshiriq asosida
o‘quvchilarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini baholashga qaratilgan
topshiriqlar ustida mustaqil ravishda ishlaydi, tahlil qiladi, qaysi kompetensiya
baholanayotgani o‘rganiladi. O‘rganish va tahlil
natijalari guruh ichida
taqdimot qilinadi.
44
Topshiriqda baholanishi ko‘zda tutilayotgan kompetensiyalarni o‘qu
-
vchilarda rivojlantirishning zamonaviy usullari muhokama qilinadi.
Natijada, tinglovchilar kreativ fikrlashning baholash va rivojlanti
-
rishning zamonaviy modellari, shu jumladan xalqaro baholash dastur
-
larida kreativ fikrlashni baholash usullari, undagi berilayotgan topshiri
-
qlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurlarini boyitish hamda
o‘zidan keyingi tinglovchilarga yetkazib berish ko‘nikmalarini shakl
-
lantirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: