Havo о‘tkazuvchanligi - namunaning о‘zidan havo о‘tkazish qobiliyati bо‘lib u havo о‘tkazuvchanlik koeffisenti bilan baholanadi. havo о‘tkazuvchanlik koeffisenti Vr ( namunaning ikki tomonidagi havo bosimlarining ma’lum bо‘lgan farq sharoitida bir sekund vaqt ichida 1 kvadrat metrli yuzadan о‘tgan havo hajmining miqdorini kо‘rsatadi:
(1.13)
Sinovlarni о‘tkazganda namunaning ikki tomonidagi havo bosimining farqi r=5 mm suv ustuni yoki 49 Pa ga teng bо‘ladi. Bunday farq kiyim ostidagi havo bosimi bilan atrofdagi havo bosimi bilan farqga mos keladi. Havo о‘tkazuvchanlik materiallarning tola tarkibi, pardozlash turli va zichligiga bog‘liq bо‘ladi.
Materiallarning о‘zidan havo о‘tkazuvchanligi UTX-3360, UTX-3300 va
AR-360SM asboblari yordamida aniqlanadi (1.83-1.87-rasmlar).
1.83-rasm. UTX-3360 asbobi.
|
1.84-rasm. UTX-3300 asbobi.
|
1.85-rasm. AR-360SM asbobi.
|
1.87-rasm. Materiallarning havo о‘tkazuvchanligini aniqlash asbobining shakli.
1-manometr; 2-namuna; 3-kamera; 4-havo о‘lchagich.
|
1.86-M021A. Air Permeability Tester asbobi.
|
Materiallarning havo о‘tkazuvchan-ligini bir necha asboblarda aniqlash mumkin. Ularning ishlash prinsipi quyidagicha (1.87-rasm). Materialdan qirqilgan namuna 2 kamera 3 ustida mahkamlangan va shamolparak (ventilyator) yoki nasos yordamida bu kameradagi havo bosimi pasaytiriladi. Kameradagi va atrofdagi muhitning havo bosimlarining farqini manometr 1 kо‘rsatadi. Namunadan о‘tgan havo hajmi о‘lchagich 4 bilan aniqlanadi.
|
Bug‘ о‘tkazuvchanlik-bu materiallarning namligi yuqori bо‘lgan muhitdan bug‘ni namligi past bо‘lgan muhitga о‘tkazish qobiliyati. Bu xususiyatning ahamiyati katta, chunki uning yordamida odam tanasidan ajraladigan suv bug‘lari kiyim ostidan chetlashtiriladi.
1.88-rasm. M261 Water Vapor Permeability Tester asbobi.
|
Bug‘ о‘tkazuvchanlik M261 Water Vapor Permeability Tester asbobi yordamida aniqlanadi (1.88-rasm).
Suv bug‘lari materiallardagi g‘ovaklar orqali, hamda ularning gigroskopikligi hisobiga о‘tadi. Bug‘ni о‘tkazish usuli materiallarning zichligiga bog‘liq bо‘ladi.
|
Materiallarning bug‘ о‘tkazuvchanligi bir necha kо‘rsatkich orqali ifodalaniladi.
1. Bug‘ о‘tkazuvchanlik koeffisenti Bh ( , bir soat mobaynida bir kvadrat metrli material yuzasidan о‘tgan bug‘ massasining miqdorini kо‘rsatadi:
(1.14)
Bug‘ о‘tkazuvchanlik koeffisentining qiymati material bilan suv orasidagi masofaga bog‘liq bо‘ladi. Shuning uchun sinovlarni о‘tkazganda bu masofa iloji borisha kam bо‘lishi kerak. Koeffisent qiymatiga havoning harorati va nisbiy namligi ham ta’sir etadi. Shu sababli sinovlarni 35-360S haroratda о‘tkazich taklif etiladi, chunki bu harorat inson tanasining haroratiga mos keladi.
2. Nisbiy bug‘ о‘tkazuvchanlik V0 (foiz)- bu bir xil sinov sharoitidagi materialdan о‘tib bug‘langan bug‘ miqdorining (A) ochiq suv ustidan bug‘langan bug‘ miqdoriga (V) nisbati:
(1.15)
Materiallarning suv о‘tkazuvchanligi bu ma’lum darajadagi bosim ta’sirida о‘zidan suvni о‘tkazich qobiliyati. Bu xususiyat suv о‘tkazuvchanlik koeffisenti bilan baholanadi. Suv о‘tkazuvchanlik koeffisenti Vn ( esa bir sekund davomida bir kvadrat metrga teng bо‘lgan, material yuzasidan о‘tgan suv hajmining miqdorini kо‘rsatadi:
(1.16)
Materiallarning suv о‘tkazuvchanligi UGT-7046-HS, M018. Hydrostatic Head Tester va WR-1600E asboblari yordamida aniqlanadi (1.89-1.91-rasmlar).
1.89-rasm. UGT-7046-HS asbobi.
|
1.91-rasm. WR-1600E asbobi.
|
1.90-rasm. M018. Hydrostatic Head Tester asbobi.
|
Uni aniqlash uchun 5103Pa ga teng bо‘lgan bosim ostida hajmi 0,5 dm3 bо‘lgan suv Materialdan о‘tganda sarflangan vaqt о‘lchaniladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |