Tayanch iboralar
Egilishidagi bikrligi, shartli bikrligi, materiallarning burmabopligi, disk usuli, materiallarning soyasi, burmalar va g‘ijimlar, g‘ijimlanmasligi, tiklanish burchagi
Nazorat savollari
1.Tikuvchilik materiallarining egilishdagi bikrligi va aniqlash uslubi.
2. Tikuvchilik materiallarining burmabopligi va aniqlash uslubi.
3. Tikuvchilik materiallarining g‘ijimlanmasligi va aniqlash uslubi.
1.6.3-§. Tikuvchilik gazlamalarining fizik xossalari
Fizik xususiyatlar guruhiga materiallarning gigroskopikligi, havo va bug‘ о‘tkazuvchanligi, chang yutuvchanligi, elektrlanuvchanligi, optik va issiqni saqlash xususiyatlari kiradi.
Fizik xususiyatlarni quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
1.Materiallarning shimish qobiliyatiga bog‘liq xususiyatlar.
2.Materiallarning о‘zidan havo, suv, bug‘ va hokazolarni о‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq xususiyatlari.
3.Materiallarning turli haroratlar ta’siriga munosabatini tavsiflaydigan xususiyatlar.
4. Materiallarning optik xossalari.
5. Materiallarning elektrlanuvchanligi.
Shimish
Tikuvchilik materiallari suyuqlik, gaz yoki bug‘ holatida bо‘lgan har xil moddalarni shimish qobiliyatiga ega. Bu holda materiallarning massasi, о‘lchovlari, mustahkamligi, bikrligi va boshqa xususiyatlari о‘zgaradi. Tikuvchilik materiallaridan olingan buyumlarni ishlab chiqarish va ishlatish paytlarida ular doim suv yoki bug‘ ta’sirida bо‘ladilar. Materiallarning suv yoki bug‘ni shimish qobiliyatini tavsiflovchi bir necha xususiyatlari bor. Bularga materiallarning namligi gigroskopikligi, suv shimdiruvchanligi (kapillyarligi), suvni yutishi va hokazolar kiradi.
Namlik Vf (foiz) -havoning haqiqiy namlik sharoitida namunalardagi namlik miqdorini kо‘rsatadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(1.10)
bu yerda: mx -havoning haqiqiy namligida namunaning massasi, g; mq-mutloq quruq namuna massasi, g.
Gigroskopiklik Vg (foiz) -havoning nisbiy namligi 98-100 foiz va harorati 2020S sharoitdagi namunaning namligi:
(1.11)
bu yerda: mek-sinov о‘tkazish oldidan havoning namligi 98 foiz bо‘lgan yeksikatorda 4 soat mobaynida tutib turilgan namunaning massasi, g; mq-mutloq quruq namuna massasi, g;
Suv shimdiruvchanligi (kapillyarlik) - bir soat davomida bir uchi suvga botirilgan namuna bо‘yicha kо‘tarilgan suvning balandligi bilan baholanadi.
Suvni yutishi Ps (foiz) - namunani butunlay suvga botirilgan holatda о‘ziga yutib olgan suv miqdorini kо‘rsatadi (1.82-rasm):
(1.12)
bu yerda: ms-namunani suvga botirilgandan holatdagi massasi, g; ml-namunaning dastlabki massasi, g.
1.82-rasm. 8.M290 MMT Moisture Management Tester suv yutiluvchanligini aniqlash asbobi.
|
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarni bevosita usullar yordamida aniqlash mumkin. Bu usullar materiallarni quritish va ularning hо‘l va quruq holatidagi massasini aniqlash asosida yaratilgan. Bavosita usullar materiallarning namligi о‘zgarishi bilan ularning elektr qarshiligi yoki sig‘imi о‘zgarishiga asoslangan.
|
О‘tkazuvchanlik
Materiallarning о‘zidan havo, suv, gaz, bug‘, chang, tutun suyuqliklar, radioaktiv narlarini о‘tkazish qobiliyati о‘tkazuvchanlik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |