Kapron tolasining olinishi. Kapron tolasi kaprolaktam monomerini polimerlash reaksiyasi bilan olinadi. Kaprolaktam esa fenol, benzol, furfurol moddalarini kimyoviy ishlov berib olinadi. Fenol, benzol, furfurollar esa neft’, toshkо‘mirni qaytadan ishlash natijasida olinadi. Kapron poliamid tolalarga kiradi. Kapron tolasi silindr shaklida bо‘lib, ularda mikroskop ostida kо‘rinadigan g‘ovak va darzlar bor (1.40-rasm).
1.40-rasm.Kapron tolasi.
|
Kо‘ndalang kesimi yumaloq yoki profillangan bо‘lishi mumkin. Uzilishga pishiqligi jihatidan kapron pо‘latdan 2,5 barobar ustun turadi. Kapron tolalar faqat konsentrlangan kislotlar va fenolda eriydi. Ular yashil alanga berib yonadi, tolalar uchida qо‘ng‘ir sharchalar hosil bо‘ladi. Gigroskopipligining pastligi va issiqqa uncha chidamsizligi kapron tolalarining kamchiligidir.
|
Monomerlarni sintezlash ikki reaksiya yordamida bajariladi: polimerlash va polikondensatsiyalash. Polimerlash reaksiyasida reaksiyaga kiradigan monomerlarning tarkibi о‘zgarmasdan hosil bо‘lgan polimer tarkibida saqlanib qoladi. Kapron tolasi polimerlash reaksiyasi bilan olinadi. Polimerlash reaksiyasi uch bosqichda о‘tadi: monomer molekulasini aktivlash; molekula zanjirchasining о‘sishi; molekula zanjirchasining о‘sishini tо‘xtatish. Monomer molekulasini aktivlashtirish issiqlik yoki elektr zaryadlari ta’sirida bajariladi. Reaksiya natijasida monomerning qо‘sh bog‘lari yoki siklik bog‘lari uziladi. Aktivlashgan molekulalar bir-biri bilan bog‘lashib uzun zanjirchani hosil qiladilar, ya’ni 2-bosqich bajariladi.
Tola olish uchun zanjirchalar ma’lum uzunlikda bо‘lishi kerak. Zanjirchaning uzunligi eritmaning yopishqoqligi orqali aniqlanadi. Molekula zanjirchasining uzunligini tо‘xtatish uchun maxsus ingibator moddalari eritmaga qо‘shiladi. Bu moddalar aktivlashgan zanjirchalarning о‘sishini tо‘xtatadi. Kaprolaktam monomerlarini polimerlash maxsus idishlarda yuqori haroratda, ya’ni T=250-2600S li yuqori bosimda 10 atm. da 12 soat davom etadi. Olingan modda polikaprolaktam ushog‘i deb ataladi, ya’ni [SO(CH2)5NH-]. Polikaprolaktamdan kapron tolasi quyidagi sxema bо‘yicha olinadi.
Polikaprolaktam ushog‘i temir bochkalarda kapron yigirish sexiga olib kelinadi.
Bochkalardan polikaprolaktam ushog‘i bunkerga tо‘kiladi. Polikaprolaktam erituvchi panjarada eriydi. Nasos bilan kaprolaktam eritmasi filyeradan ip holatida oqib tushadi. Sovutuvchi shaxtada ip sovutiladi (bо‘lmasa yopishib qoladi). Shaxta meyoriy havo bilan sovutiladi. Disk yordamida ip namlanadi, disk yordamida esa ip yog‘lanadi, disklar ipni chо‘zadi. Natijada, iplarning xususiyati yaxshilanadi. Ip joylagich yordamida g‘altakra о‘raladi (1.41-rasm).
Kapron ipi pardoz qilinmaydi. Tо‘qimachilik ishlov berilishi mumkin (qо‘shish, eshish va hakoza).
1.41-rasm.Kapron tolasining olinishi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |