-lıq /-lik //-lıg’ /-lig affiksi, asosan, ot va sifat turkumidagi so‘zlarga qo‘shiladi va quyidagi otlar yasaladi: -lıq /-lik //-lıg’ /-lig affiksi, asosan, ot va sifat turkumidagi so‘zlarga qo‘shiladi va quyidagi otlar yasaladi: 1.MAVHUM 2.ANIQ 3.SHAXS 4.O’RIN 1. Mavhum tushunchani ifodalovchi ot yasaladi. Bu ma’no asosan mavhum tushunchani bildiruvchi otlar yoki sifatlarga qo’shilganda anglashiladi: Salämatlıq bolsun sizlärgä (Tafsir). Yaxshi begü birlä dostluq qildi ( ÓN ). Menuñ shaydalıqimni qilma ayb (Sakkokiy). Кöр qattiqlıq tarttim (BN ). Qaldim judalıg’ dardig‘a (Furqat). 2.Aniq tushunchani bildiruvchi otlarga qo‘shilganda, burch,vazifa, aloqadorlik, munosabat kabi ma’nolarni ifodalovchi ot yasaladi: Farzandlıg’ tarxını salıb (Navoiy, FSH ). Ahbáb, yigitlikni g‘animat tutuñuz (Navoiy,MQ). Qilsun og’lumnı og‘ulluqqa qabul (SHN). Tört ay xánlıq qilg‘andin soñ (Sh.tar.)
Do'stlaringiz bilan baham: |