Qo‘shma fe’l kesim
Qo‘shma fe’l – kesim fe’lning shaxs – sonni ifodalagan shakli va infinitiv yoki gerunddan yasaladi. Infinitiv yoki gurnd kesimning ma’nosini beradi, fe’lning shaxs – sonni ifodalagan shakli esa yordamchi fe’l vazifasini bajaradi.
Qo‘shma fe’l kesim quyidagicha yasaladi.
1. Modal fe’llar va infinitivdan:
He may return soon U tuzda qaytib kelishi mumkin
You must read this book Siz bu kitobni o‘qishingiz kerak.
I have to go there Men u yerga borishim kerak.
He can do it U buni qila oladi.
2. Infinitiv yoki gerund va yakka o‘zi to‘liq ma’no bermaydigan to begin – boshlamoq, to continue – davom ettirmoq, to finish – tugatmoq, to like – yoqtirmoq, to want – istamoq, to intend – niyat qilmoq, to try – harakat qilmoq, to avold – qochmoq, to hope – umid qilmoq, to promise – va’da bermoq kabi fe’llardan yasaladi.
She began to translate the article U maqolani tarjima qila boshladi.
I have finished writing the exercise Men mashqni yozishni tugatdim
3. Qo‘shma fe’l – kesim oldidan bog‘lovchi fe’l kelgan sifat va infinitiv, ba’zan gerunddan yasaladi.
He is ready to help her U unga yordam berishga tayyor
This book is worth reading Bu kitob o‘qishga arziydi
There is birikmasida kesim
1. O‘quvchiga hali noma’lum bo‘lgan shaxs yoki buyumning biror joyda yoki biror vaqtda mavjudligini ifodalash uchun bor mavjud dagan ma’noni beruvchi there is (are) birikmasi ishlatiladi. there is (are) birikmasi gapning boshida keladi. Undan keyin ega, undan keyin o‘rin va payt hollari keladi. Bunday gaplar o‘zbek tilida o‘rin yoki payt hollar bilan boshlanadi va bor deb tugaydi:
there is telephone in that room O‘sha xonada telefon bor
There are many apple trees in the garden Bog‘da ko‘p olma daraxtlari bor
There was a maeeting at the Institute yesterday-Kecha institutda yig‘ilish bo‘ldi.
2. there is birikmasidan keyin donalab sanaladigan birlikdagi ot noaniq artikl bilan ishlatiladi. There are ko‘plikdagi otlar some, any, many, two, three va boshqalar bilan ishlatiladi.
There is a lamp on the table Stolda chiroq bor
There are some lamps. On the table Stolda bir nechta chiroq bor
3. there is birikmasidan keyin kelgan artikl bilan kelgan otlar, this, that, these, those, my, his va boshqa olmoshlar bilan kelgan otlar ishlatilmaydi.
4. there ii are birikmasidagi to be turli zamonlarda ishlatilishi mumkin:
There are very many Frnch books in the library
Bu kutubxonada ko‘p fransuzcha kitoblar bor.
There was a meeting at the club yesterday
Kecha klubda majlis bo‘ldi.
There will be a good weat crop this year
Bu yil bug‘doyning hosili yaxshi bo‘ladi.
There hasn’t been any rain for some days
Bir necha kun yomg‘ir bo‘lmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |