Ravish so‘z turkumi
1. Ravish navbatdagi mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, ish-harakat yoki belgining qanday holatda sodir bo‘lishini va ish-harakat yoki belgining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi.
2. Ravishlar strukturasiga ko‘ra sodda, qo‘shma va murakkab ravishlarga bo‘linadi.
Ma’nolariga ko‘ra ravishlarini bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin.
1. O‘rin – joy va yo‘nalish
2. Payt ravish
3. Holat ravish
4. Takroriy ravishlar
5. Sabab va natija ravishlar
6. So‘roq ravish
Ayrim ravishlar sifat so‘z turkumiga o‘xshab, darajalarga ega
3. Ravishlar gapda asosan hol vazifasida ishlatiladi.
Predloglar
1. Predlog ot, olmosh, yoki boshqa so‘zlar o‘rtasidagi aloqani ifodalaydigan so‘z turkumidir. Predlog o‘ziga qarashli bo‘lgan so‘z oldida keladi. Lekin predlog o‘zi qarashli bo‘lgan so‘zlar gapning oxiriga qo‘yiladigan hollar ham bor.
2. Morfologik strukturasiga ko‘ra predloglar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. sodda - at, in, on, to …
2. yasama - till, across, behind along…
3. qo‘shma - inside, without, outside…
4. sostavli - in, front of, because of…
Ma’nosiga ko‘ra predloglar odatda joy va yo‘nalishini, paytni va abstraktni ifodalovchi predloglarga bo‘linadi. Ba’zi predloglarning leksik ma’nosi aniq va konkretdir. (in before, after, below)
3. Predlolar gapda alohida gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi. Predloglar ot, sifat, son, fe’l, ravish so‘z turkumlariga qo‘shilib, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesimning qismi va kam hollarda ega vazifasida keladi.
Bog‘lovchilar
1. Bog‘lovchilar predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadigan so‘z turkumidir. U turli gap bo‘laklari va ergashgan gaplarni bir-biri bilan bog‘lash uchun ishlatiladi.
2. Morfologik tuzilishiga ko‘ra bog‘lovchilar quyidagi guruxlarga bo‘linadi.
1. Sodda
2. Yasama
3. Qo‘shma
4. Sostavli
Vazifalariga ko‘ra, teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilardir.
3. Gapda bog‘lovchilar turli gap bo‘laklari, ergash gap va gaplarni bir-biri bilan bog‘lash uchun hizmat qiladi.
Yuklamalar
1. Boshqa so‘z, so‘z birikmalari yoki ergash gaplarga modal yoki emotsional ma’no beruvchi so‘z turkumi – yuklamadir.
2. Yuklama gapda mustaqil sintaktik vazifani bajarmaydi. U bir gap bo‘lagini boshqasi bilan bog‘laydi.
3. Yuklamalarning ma’nosiga ko‘ra turlari
1. Kuchaytirish ma’nosini anglatuvchi yuklamalar (all, even, quite, so…)
2. Biriktiruvchi yuklamalar (too, also)
3. Chegaralovchi va ayiruvchi yuklamalar (only, alone, hardly …)
4. Inkor yuklamalar (no, not, never)
Hamma yuklamalar ravish, bog‘lovchi, olmosh va sifat bilan shakldoshdir.
Modal so‘zlar
1. Modal so‘zlar so‘zlovchining o‘zi gapirgan sh harakatning realligi mumkinligi va gumonligi munosabatini ifodalaydi.
2. Morfologik strukturasiga ko‘ra modal so‘zlar sodda, yasama, qo‘shma va murakkab bo‘lishi mumkin.
Ma’nolariga ko‘ra modal so‘zlar quyidagi gruppalarga bo‘linadi.
1. Ishonchli ifodalovchi -
2. Gumonni ifodalovchi –
3. Ish-harakatni hohlash yoki hohlamasligini ko‘rsatuvchi –
3. Modal so‘zlar gapda odatda kirish so‘z furksiyasiga ishlatiladi.
Undov so‘zlar
1. Undov so‘zlar hayratlanish, g‘azab, xuzur, achinish va shu kabi ifodalovchi so‘zlardir.
2. Ma’nosiga ko‘ra undovlar
a) his-hayajon anglatuvchi: oh, ah, eh, alas …
b) imperative: will. Now, come
3. Undovlar boshqa so‘z turkumlaridan kelib chiqqan. Ular o‘zlari kelib chiqqan so‘zlarga omonimdir.
Now, here, why, well, come …
Do'stlaringiz bilan baham: |