Сузиш спорти турларига умумии характеристика


TEXNIKANI O'RGATISHDA IZCHILLIK



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/67
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#251563
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
Bog'liq
suzish va uni oqitish uslublari

TEXNIKANI O'RGATISHDA IZCHILLIK 

Ta'limning  boshlang'ich  bosqichida  shug'ullanuvchilarning  yoshi  va  jinsi,  ularning  suzish 

tayyorgarligi hisobga olingan holda o'quv gruppalari va podruppalari tarkib topadi: umuman suzishni 

bilmaydiganlar, suzishni bo'sh biladiganlar va o'z holicha suzadiganlar.  

O'quv  mashg'ulotlarini  tashkil  qilish  va  rejalashtirishda  sportcha  suzishga  o'rgatish  uchun  bir 

turdagi usul tanlab olinadi. Bunda shug'ullanuvchilarning yoshi, ularning ko'nikmasi, u yoki bu usulga 

moyilligini hisobga olgan holda o'rgatishni tashkil qilish kerak.  

Sinov  normasi  topshirishga  tayyorlanayotgan  gruppalarda  normativ  topshirishni  tezlashtirish 

maqsadida  shug'ullanuvchilarga  ma'lum  bir  usulni  o'rgatgan  ma'qul.  Buning  uchun  tanlangan  usulda 

shug'ullanuvchi  gruppalar  yoki  kichik  gruppalar:  a)  krol  usulida  ko'krakda  va  chalqancha,  b)  brass 

usulida ko'krakda; v) yonboshlab suzish bilan shug'ullanadilar.  

Suzishni  o'rganishni  xohlovchilar  va  sinov  normativlari  topshirishga  tayyorlanayotgan  kattalar 

uchun yonboshlab suzish yoki brass, bolalarga esa krol usulida ko'krakda va chalqancha suzish, ayrim 

hollarda  bu  usullarni  tez  o'rgana  olmaydiganlarga  ko'krakda  va  chalqancha  brass  usulida  suzishni 

o'rgatish  kerak.  Kasbi  suv  bilan  bog'liq  gaug'ullanuvchilarga  dastlab  suzish  hayo-tiy  zarurat  sifatida 

o'rgatiladi.  Ularga  asosan  brass  va  yonboshlab  suzish  usullarini  o'rgatish  tavsiya  qilinadi.  Suzuvchi 

sportchilarni  tayyorlashga  mo'ljallangan  bolalar,  o'smirlar  va  yoshlar  gruppalarida  o'rgatishning 

boshlang'ich bosqichida krol usulida ko'krakda va chalkancha yotib suzish o'rgatiladi.  

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  va  boshlang'ich  sinf  o'quvchilariga  (5-8  yosh)  avval  krol 

usulida chalqancha, ko'krakda va boshqa sportcha suzish usullari o'rgatiladi. Shug'ullanuvchilarning u 

yoki  bu  sportcha  suzish  usuliga  moyilligi  aniqlangach,  suzish  tayyorgarligini  oshirish  maqsadida 

gruppalarda  sportcha  suzishning  hamma  usullari  takomillashtiriladi.  Sportcha  suzish  usullari 

texnikasini  o'rgatishda  izchillik  turlicha  bo'lishi  mumkin.  Lekin  o'quv-sport  ishlari  tajribasidan 

quyidagi  izchillikka  rioya  qilgan  ma'qul:  krol  usulida  ko'krakda  va  chalqancha,  delfin,  brass  hamda, 

istisno  tariqasida,  brass  usulida  chalqancha  va  yonboshlab  suzgan  ma'qul.  Bunday  izchillik  yoshlar, 

o'smirlar,  bolalar  gruppalari  uchun  ham  maqbul  hisoblanadi.  Sportcha  suzish  usullari  texnikasini 

ko'rsatilgan  tartibda  o'rgatish  suzish  texnikasini  egallashni  tezlashtiradi  va  bu  shug'ullanuvchilarga 



 

44 


keyinchalik o'zlari tanlagan suzish usulini takomillashtirishda ko'mak beradi. Bu holda asosiy e'tiborni 

kerakli  suzish  usuliga  qaratish,  qolgan  usullarni  tanlangan  usul  texiikasini  takomillashtirishda 

yordamchi  vosita  sifatida  qo'llash  maqsadga  muvofiq.  Bundan  bir  necha  yil  oldin  Latviya  jismoniy 

tarbiya  instituti  «Sportcha  suzish  usuliga  bir  vaqtda  kompleks  o'rgatish»  metodini  taklif  qilgan  edi. 

Ana shu metodga asosan shug'ullanuvchilar 5 bosqichda suzishga o'rgatiladi:  

Birinchi  bosqichda  tayyorgarlik  mashqlari-suvga  botish,  yotish,  ko'krakda  yonboshlab  va 

chalqancha sirg'anish, sirg'anish paytida qo'l va oyoq harakatlari ado etiladi. Ikkinchi bosqichda suzish 

usullarining asosiy ele-mentlari-qo'l harakati, krolda nafas olish, brassda oyoq harakati, delfinda gavda 

va oyoq harakati kabi mashqlar bajariladi.  

Uchinchi  bosqichda  ikkinchi  darajali  suzish  usullarini  o'rgatuvchi  mashqlar-krol  usulida 

chalqanchada oyoq harakati, brassda qo'l harakati va nafas, krol usulida ko'krakda oyoq harakati, krol 

usulida chalqanchada qo'l harakati va nafas, delfinda qo'l harakati va nafas o'rgatiladi.  

To'rtinchi  bosqichda-suzish  usullarida  harakatlar  moslashuvi,  chalqancha  va  ko'krakda  krol, 

brass, batterflyay ado etiladi.  

Beshinchi bosqichda hamma usullar texnikasi takomillashtiriladi. Shu davrdan boshlab tanlangan 

usul bo'yicha ixtisoslashuvga kirishiladi.  

 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish