SUVNING XUSUSIYATLARI
Suzuvchi o'zi ko'nikmagan sharoitda, gorizontal holatda bo'lib vaznsizlikni sezadi. Suvning fizik
xususiyatlari havonikidan keskin farq qiladi (shu sababli ko'pincha suzishni bilmaydigan odamlar
suvdan qo'rqadilar). Suvning yopishqoqlik, zichlik, solishtirma og'irlik kabi xossalari uning muhim
xususiyatlari hisoblanadi.
Suvning yopishqoqligi harakat qilishga mo'nelik qiladigan kuch bilan xarakterlanadi.
Suv harakatchanlik xususiyatiga ega bo'lgani uchun ularning zarrachalardan iborat qatlamlari
bir-biriga nisbatan sirg'anib harakatga keladi. Shu bilan birga, suv qatlamlari orasida ichki ishqalanish
qarshiligi vujudga kelib harakatlanuvchiga qarshilik ko'rsatadi. Yopishqoqlikning vujudga kelishi shu
kuchlar bilan ifodalanadi. Suvning yopishqoqligi uncha katta bo'lmay, suv harorati 20 dan 30
darajagacha oshganda taxminan 20 prosentga kamayadi.
Suvning zichligi-bu uning birlikdagi massasi (og'irligi) bilan ifodalanadi. Zichlik grekcha «r»
Harfi bilan belgilanib, xalqaro sistemada kilogramm-kub metr (kgG'm3) bilan o'lchanadi.
Suvning solishtirma og'irligi-uning hajmi birligidagi og'irligidir.
Zichlik va solishtirma og'irlik bosim va haroratning ta'sirida kam o'zgaradi. Iste'mol qilinadigan
suvning solishtirma og'irligi amalda 1000 kgG'm3 ga tenglashadi. Suvning solishtirma og'irlipshi bilish
odamning suzuvchanligi haqida mulohaza yuritish uchun zarur.
Chuqurlik ortib borishi bilan suv bosimi oshadi va 10 metr chuqurlikda 1 kgG'sm2 yoki bir
texnik atmosferani tashkil qiladi (atmosferadan yuqori). Shuning uchun suzuvchilar chuqurlikka
sho'ng'iganda quloqda og'riq sezishadi. Bu suv bosimining quloq pardasiga ta'sir etishidir. Suvning
solishtirma og'irligi havoning solishtirma og'irligidan taxminan 820 marta ko'pdir. Bu harorat va
suvdagi har xil aralashmalarning bo'lishi bilan o'zgaradi. Haroratning ko'tarilishi bilan suv hajmi
ko'payadi, solishtirma og'irlik esa kamayadi.
Solishtirma og'irligi katta bo'lmagan suvda suzish oson, chunki bunda gavda suv sathida yaxshi
turadi. Q 4°S holatli suv juda katta solishtirma og'irlikka ega bo'ladi. Lekin bunda suvda odam
tanasining tez sovib ketishi sababli suzish bilan shug'ullanish mumknn emas. Tajriba shuni
ko'rsatadiki, mashg'ulot mashg'ulotlarini qishki suzish hovuzlarida suv harorati 26-27 daraja bo'lganda,
musobaqalarni esa 25-26 daraja suvda o'tkazish maqsadga muvofiq. Ochiq hovuzlarda suv harorati
qulay iqlim sharoitidan 2-3 daraja past bo'lishi kerak. Bolalar bilan mashg'ulotlar issikroq suvda
o'tkazilishi lozim. Bunday suv muskul, nafas, yurak-tomir va organizm boshqa sistemalarining ishi
uchun juda qulay. Mashq qilish paytida suv harorati bir muncha ko'tariladi. Bunga suzuvchilar suvda
15
juda uzoq vaqt 80-180 minut turib, intensiv mashqlar olib borishi sabab bo'ladi. Past haroratdagi suv
esa gavdaning haddan tashqari sovib ketishiga olib keladi.
Suv yaxshi erituvchidir. U tuzlarga mo'lko'l to'yinish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ba'zi bir
suv havzalarida uning solishtirma og'irligi 1,03 gG'sm3 gacha oshadi. Bunday katta solishtirma
og'irlikka ega bo'lgan suv sathida yotish hatto oddiy sharoitda suzishni bilmaydigan odamlar uchun
ham qulay. Ko'pgina sun'iy hovuzlarda profilaktika maqsadlarida ishlatiladigan xlor suvniig zichligini
kamaytiradi.
Suzish texnikasini mukammallashtirish ustida ishlash paytida harakat amplitudasi haqidagi to'g'ri
tasavvurni o'zgartiradigan refraksiya (yorug'lik nurlarining sinishi) ni hisobga olish kerak. Shunday
qilib, xovuz qirg'og'ida turib, suzuvchining suv ostidagi harakatlarini kuzatayotgan paytda ko'rish
xatoliklari ro'y berishi mumkin. Suzuvchi oyog'ini suvga 0, 5 m tushirganda, murabbiy uni birinchi
yo'lak o'rtasida 0, 45 m, ikkinchisida 0, 30 m va uchinchi yo'lak o'rtasida 0, 23 metr chuqurlikda
ko'radi (A. A. Vankov hisobi bo'yicha). Suvning hususiyatlaridan foydalanib, odam suv sathida
(yuzida) suzib va yotibgina qolmasdan, kerakli yo'nalishda harakat qilishi ham mumkin. Suzish
sabablarini va shartlarini aniqlash uchun gidrostatika va gidrodinalogika qoidalaridan foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |