Plastmassalarni aralashtirish
Kimyo sanoatida plastik massalarni aralashtirishda, oziq-ovqat sanoatida non yopish, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Bu jarayonda na faqat turli komponentlar qorishtiriladi, balki, xamir ezib qorishtiriladi, havo bilan to`yintiriladi va ma’lum bir xossalarga ega bo`ladi.
Aralashtirish jarayoni davriy va uzluksiz qorishtirgichlarda olib borilishi mumkin. Bu turdagi qurilmalar ichida romli, shnekli yoki lentali aralashtirgichlar vertikal yoki gorizontal o`qda o`rnatiladi (3.53-rasm).
Shnekli aralashtirgich iste’mol qilayotgan quvvatni aniqlash uchun ushbu tenglama qo`llanishi mumkin:
yoki (3.109)
bu erda dm - aralashtirgich diametri; A - aralashtirgich moslamasining geometrik nisbatlari funkstiyasi sifatida topiladigan koeffistient.
K am va yuqori qovushoqli qandolat mahsulotlar (vafli, biskvit va boshqa xamirlar) ni, hamda qandolat massalarini sochiluvchan komponentlar (keks xamirlarini mayiz, oksil massasini yong`oq) bilan qorishtirish uchun ikkita spiralsimon ishchi organli tog`arasimon shaklli aralashtirgichlar qo`llaniladi.
Aralashtirish jarayoni yupqa qatlamda olib borilgani sababli, yuqori darajada intensivlashga erishish mumkin.
Qurilma tubi shaklida yasalgan, 90° burchak ostida o`rnatilgan 4 parrakli qorishtirish moslamali aralashtirgichda shirinliklar xamiri tayyorlanadi (3.54-rasm).
Aralashtirgichning aylanish chastotasi 12 min-1. Qorishtirish jarayoni tugagandan so`ng, qobiq 3 ag`dariladi, ya’ni qopqoq 1 ochiladi va xamir to`kiladi.
Sochiluvchan materiallarni aralashtirish
Odatda sochiluvchan materiallarni aralashtirish uchun mo`ljallangan qurilmalar ishlash prinstipi, tezlik xarakteristikalari va konstruktiv belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi.
Ishlash prinstipiga qarab davriy va uzluksiz ishlaydigan aralashtirish qurilmalari bo`ladi. Davriy ishlaydigan qurilmalarga barabanli, lentali, markazdan qochma, aylanuvchi rotorli, chervyak - parrakli va mavhum qaynash qatlamli aralashtirgichlar kiradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga esa - barabanli, chervyak - parrakli, rotorli va boshqa turdagi aralashtirgichlar kiradi.
T ezlik xarakteriskalariga qarab tez va sekin yurar qurilmalar bo`ladi. Tez yurar aralashtirgichlar bir va ikki pog`onali bo`lishi mumkin. Birinchi pog`ona isitiladigan, ikkinchisi esa - sovutiladigan bo`lishi mumkin.
3.55-rasmda aralashtirgichlarning asosiy turlari keltirilgan.
Parrakli aralashtirgich qarama - qarshi yo`nalishda aylanadigan z - simon m va n parraklardan tarkib topgan.
Qurilmaga uzatilgan material parraklarning jadal ta’sirida samarali qorishtiriladi. Shnekli qurilmalarda bir vaqtning o`zida materiallar ham qorishtiriladi, ham ma’lum masofaga uzatiladi (3.55 b-rasm).
3.55 v-rasm shnekli aralashtirgichning yana bir turi keltirilgan bo`lib, unda bir qator vertikal shneklar harakatchan romlarga o`rnatilgan bo`ladi. Bunday qurilmalarda aylantiruvchi shnek romlar aralashtirilayotgan material bilan birga siljiydi.
Barabanli qurilmalarda aralashtirish jarayoni barabanda amalga oshiriladi (3.55 g-rasm).
Zarbali qurilmalarda jarayonning intensivligi aralashtirilayotgan materialga bilalarning ko`pdan – ko`p urinishi natijasida hosil bo`ladi (3.55d-rasm).
Ikki pog`onali, markazdan qochma turboqorishtirgichning umumiy ko`rinishi 3.56-rasmda tasvirlangan.
Bunday aralashtirgichlar kukunsimon, qovushoq va suyuq materiallarni qorishtirish uchun qo`llaniladi. Qurilmaning birinchi pog`onasi aralashmani gomogenlash uchun, ikkinchisi esa - uni sovitish uchun xizmat qiladi. Qorishtirgich ichida uch parrakli aralashtirgich va pichoqlar kombinastiyasidan tarkib topgan tez yurar rotor aylanadi (3.57-rasm).
Rotor aylanishi paytida sochiluvchan material qurilma devoriga uloqtiriladi va yuqoriga qarab ko`tariladi. Natijada zarrachalarning stirkulyastiyali harakat oqimi barpo bo`ladi. Qurilma devori bo`ylab hosil bo`lgan ko`tariluvchi oqim nam materialni devorga yopishishiga halaqit beradi. Qorishtirgich konstrukstiyasi rotor parraklarini o`zini - o`zi tozalashini ta’minlaydi.
Sochiluvchan va nam materiallarni aralashtirish uchun mo`ljallangan sekin yurar qorishtirgichlar stilindr yoki tog`orasimon shaklli bo`lib, yon va tepa qopqoqlar bilan berkitiladi.
Qorishtirgich qobig`i ichida yassi lentali spiralsimon parrakli o`q joylashtiriladi. Materialni intensiv aralashtirish uchun parraklar chap va o`ng tomonga qarab o`raladi. Lentali qurilmalarda qorishtirish elementi 4 ta lentadan tarkib topgan bo`ladi. Tashqi lentaning aylanma tezligi 1,2 m/s ga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |