S2, S3, S4, S5 - koeffistientlarni hisobga olmasak, Eyler va Reynoldslarning modifikastiyalashgan kriteriysini olish mumkin:
(3.64)
bu erda: - suyuqlik zichligi, kg/m3; - qovushoqlik, Pa.s.
Modifikastiyalashgan kriteriylar orasidagi bog`liqlik tenglamasi ushbu ko`rinishga ega bo`ladi:
Qayta ishlandan so`ng kriterial tenglama soddalashgan holatga keladi. Koeffistient A ning qiymati darajalar ko`rsatkichi, aralashtiruvchining turi, konstrukstiyasi va aralashish rejimiga bog`liq bo`lib, ular tajribadan aniqlanadi. Hisobni osonlashtirish uchun tajriba natijalari suyuqlikni reaktorga kirish va chiqishini hisobga olib, Eyler va Reynolds kriteriylar o`rtasida bog`liqlik grafigi ko`rinishida beriladi.
Normallashgan tipdagi aralashtirgichli qurilmalarning Eim = f(Rem) bog`liqligi 3-4 jadvalda va 3.59-rasmda aralashtirgichlarning xarakteristikalari keltirilgan.
Aniqlangan qonuniy bog`liqliklardan hulosa qilish mumkinki, aralashtiruvchining iste’mol quvvati uning kubdagi aylanishlar chastotasiga va beshinchi darajali diametriga bog`liq bo`ladi.
Aralashtirgichning iste’mol quvvatiga, qurilmaning shakli, tuzilishi va moslamaning joylashishchi ham ta’sir qiladi. Shakli stilindrik bo`lmagan va aralashtirgichga to`siqlar o`rnatilgan hollarda (zmeeviklar va boshqa moslamalar) aralashtirish jarayoni uchun ko`p quvvat talab etiladi.
Mexanik aralashtirgichlarda aralashtirish jarayonini laminar yoki turbulent rejimlarda olib borish mumkin. Rear < 20 da laminar rejim, Rear > 100 bo`lganda aralashish turbulent rejimda bo`ladi.
Kuchli turbulentlik oralig`ida, (Rear > 105 ), Eyler soni Reynoldds kriteriysiga bog`liq bo`lmay qoladi. Ushbu avtomodel sohada aralashtirgichning aylanish tezligini oshirish quvvat sarfining ko`payishiga olib keladi.
3.59-rasmda berilgan bog`liq-liklar tajriba natijalari asosida olingan bo`lib, aralashish jadalligini ketma - ket yaqinlashish uslubida aralashtiruvchining turi, o`lchamlari, aylanishlar soni va aralashtiruvchi yuritkichining quvvatini hisoblashda foydalaniladi.
Qurilma ish hajmi bo`yicha Vish va talab etilayotgan aralashlashtirish jadalligi j (tezkorligi) bo`yicha kerakli quvvati aniqlanadi [Nm/(m3s)]:
(3.65)
Undan so`ng aralashtiruvchining turi, o`lchamlari va aylanishlar soni tanlanadi.
Aralashtiruvchining dastlabki tanlangan parametrlari bo`yicha Eyler kriteriysi hisoblanadi, 3.59-rasmdan mos ravishda Rear kriteriysi aniqlanadi. Rear qiymati yordamida esa aralashtirgichning aylanish soni aniqlanadi:
(3.66)
Agar, dastlab aniqlangan ushbu nisbatdan aylanishlar sonining qiymati ko`p yoki kam bo`lib qolsa, boshqa qiymatlar olinadi va hisoblash qaytariladi.
Hisoblar, (3.66) formulada yordamida topilgan aylanish chastotasi, aralashtirgichning dastlab qabul qilingan aylanish chastotasi bilan teng bo`lgunga qadar olib boriladi.
Yuqoridagi hisoblardan so`ng aralashtirgichning aylanishlar soni yoki kamaytiriladi yoki ko`paytiriladi. Buning uchun esa aralashtirgichning diametri ham mos ravishda o`zgartiriladi.
Elektr yuritgich quvvati (Vt) ni quyidagi tenglamadan aniqlasa bo`ladi:
(3.67)
bu erda - uzatmaning f.i.k.
Aralashtirgichga sarflanadigan energiya (kVtsoat) aralashtirish davomiyligida bog`liq bo`ladi:
(3.68)
Do'stlaringiz bilan baham: |