Shishali termometrlar uchun termometrik moddalar (suyuqliklar)
Nomlanishi
|
Formula
|
Ko`rinadigan xajmiy kengayish koeffitsienti
|
Qotish va qaynash o`rtacha xaroratlari
|
Qo`llanish chegaralari
|
qotish
|
qaynash
|
pastki
|
yuqori
|
Metil spirti
|
CH3 OH
|
0,00115
|
-95,8
|
65,6
|
-80
|
80
|
Etil spirti
|
C2H5 OH
|
0,00103
|
-114,5
|
78,3
|
-80
|
80
|
Kerosin
|
-
|
0,00093
|
-
|
-
|
0
|
300
|
Petroley efiri
|
-
|
0,00140
|
-
|
-
|
-120
|
+20
|
Pentan (texnikaviy)
|
C5H12
|
0,00170
|
-200
|
-
|
-190
|
+20
|
Toluol
|
C6H5 CH3
|
0,00107
|
-97,2
|
+109,8
|
-80
|
100
|
Talliy
|
-
|
0,00016
|
-60,0
|
-
|
-50
|
+20
|
Galliy
|
Ga
|
-
|
+29,8
|
207,0
|
-
|
1200
|
Simob
|
Hg
|
0,00016
|
-38,9
|
356,6
|
-35
|
600
|
2. Manometrik termometrlar.
Manometrik termometrlarning ishlash printsipi germetik berkitilgan termosistemadagi bosimning haroratga boђliqligiga asoslangan. Manometrik termometrning chizmasi rasmda ko`rsatilgan.
Asbobning termosistemasi termoballon 1, kapillar naycha (3) va manometrik prujinadan iborat. Uning bir uchi kapillar bilan, boshqasi, ya`ni kavsharlangan uchi esa o`lchash asbobining (2) ko`rsatkichi bilan ulangan.
M anometrik termometrlar ishchi moddasiga ko`ra gazli, suyuqlikli va kondensatsion (buђ-suyuqlikli) termometrlarga bo`linadi. Bu asboblar suyuq va gazsimon muhitning - 200° dan + 600 °C gacha bo`lgan haroratini o`lchashga mo`ljallangan.
Ishlatish jarayonida termometr termoballoni o`lchanayotgan muhitga tushiriladi va termoballondagi ishchi moddasi o`lchanayotgan muhit haroratini qabul qiladi. Harorat ko`tarilishi bilan bosim ortadi, harorat pasayishi bilan kamayadi.
Ishchi moddasi bosimining o`zgarishi egiluvchan kapillar orqali manometrik termometrning bir qismini tashkil qiladigan o`lchash asbobiga uzatiladi. o`lchash asbobi prujinali manometrdir, u manometrik termometr termosistemasida o`rnatilgan bosimni o`lchash ko`lamiga hisoblangan bo`ladi.
Gazli manometrik termometrlar -200 °C dan + 600 °C gacha haroratni o`lchash uchun mo`ljallangan. Gazli termometrlarda ishchi moddasi sifatida azot ishlatiladi.
Gazli manometrik termometr termoballoning uzunligi 400 mm dan ortmasligi lozim, unining diametri esa 5, 8, 10, 12, 16, 20, 25 va 30 mm li qatordan tanlab olinadi. Kapillarning uzunligi 0,6 dan 60 m gacha bo`lishi mumkin.
Maxsus tayyorlangan gazli manometrik termometrlar 0 °C dan past haroratlarni ham o`lchash uchun qo`llanishi mumkin. Masalan, vodorod gazli termometr -250 °C gacha, geliyligi esa -267 °C gacha haroratlar uchun ishlatilishi mumkin.
Suyuqlikli manometrik termometrlar -150 °C dan + 300 °C gacha haroratni o`lchash uchun mo`ljallangan. Termosistemani to`ldiradigan ishchi moddasi sifatida simob, propil spirti, metaksilol va boshqa suyuqliklar ishlatiladi. o`lchash sistemasi termometrik modda bilan yuqori boshlanђich bosimda (to`ldirish vaqtidagi haroratda) to`ldiriladi.
Atrof-muhitning harorati o`zgarganida suyuqlikli termometrlarning manometrida va ayniqsa kapillarda, termometrik moddaning termik kengayishi hisobiga, qo`shimcha xatolik hosil bo`ladi.
Kondensatsion manometrik termometrlar -50 °C dan 300 °C gacha haroratni o`lchash uchun mo`ljallangan. Termoballoni hajmining taxminan 3/4 qismi oson qaynaydigan suyuqlik bilan, qolgan qismi esa shu suyuqlikning to`yingan buђi bilan to`ldirilgan. Ishchi suyuqlik sifatida freon - 22, propilen, metil xloridi, atseton, etilbenzoldan foydalaniladi. Kapillar va manometrik prujina odatda boshqa suyuqlik bilan to`ldiriladi (ko`p hollarda glitserin, spirt yoki suv aralashmasi ishlatiladi).
Manometrik termometrlar tuzilishining soddaligi va avtomatik yozishi bilan ajralib turadi, muhim afzalliklaridan yana biri yonђin va portlash xavfi bor bo`lgan sharoitlarda foydalanish mumkinligidir. Uning kamchiliklari sistemaning germetikligi buzilganda tuzatish qiyinligi va ko`p hollarda termoballon o`lchamlarining kattaligidir.
Gazli va suyuqlikli manometrik termometrlarning aniqlik klassi 1; 1,5 va 2,5; kondensatsion termometrlarniki —1,5; 2,5 va 4.
Do'stlaringiz bilan baham: |