HARORATNI O`LChASh ASBOBLARI
Reja:
Suyuqlikli termometrlar.
Manometrik termometrlar.
Gazli manometrik termometrlar
Kondensatsion manometrik termometrlar
Suyuqlikli termometrlar. S uyuqlikli termometrlarning ishlash printsipi termometr ichiga o`rnatilgan termometr suyuqligining hajmi harorat ko`tarilishi yoki pasayishida o`zgarishiga asoslangan. Suyuqlikli termometr shisha ballon, kapillar naycha va zahira rezervuaridan iborat. Termometrik moddaning ballon, qisman kapillar naychada va zaxira rezervuaridagi bo`sh qismi inert gaz bilan to`ldiriladi yoki vakuumda bo`lishi mumkin (harorat +100 °C dan past bo`lganida). To`ldirilgan kapillar yoki shkala bo`linmasining yuqori bo`linmasidan chiqib turgan kapillar naychaning bir qismi termometrning o`ta qizib ketishidan va buzilib qolishidan himoya qiladi. Rezervuar va kapillarning bir qismi tushirilib, o`lchanayotgan muhitning harorati Tselsiy gradusida darajalangan kapillardagi suyuqlik sathining holatiga ko`ra aniqlanadi.
Konstruktsiyasi jihatidan suyuqlikli termometrlar ikki turga, tayoqcha shaklidagi va shkalasi ichiga o`rnatilgan termometrlarga bo`linadi (1 - rasm). Shkalasi ichiga o`rnatilgan termometrlarda (1-a rasm) kapillar naychasi 2 ingichka bo`lib, rezervuari 1 kengaytirilgan. Shkala darajalari sut rang shisha plastinka 3 da joylashgan bo`lib, kapillar bilan birgalikda rezervuarga yopishgan qobiq 4 ichiga o`rnatilgan.
Tayoqcha shaklidagi termometr (1-b rasm) qalin devorli, tashqi diametri 6—8 mm ga teng qilib tayyorlangan kapillar naychadan iborat. Ularning shkalasi bevosita kapillarning sirtida darajalanadi. Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko`p tarqalgani simobli termometrlardir. Kimyoviy toza simob termometrik modda sifatida qator afzalliklarga ega: haroratlarning keng oraliђida suyuqlik bo`lsa-da, u shishani ho`llamaydi, toza holatda esa oson olinishi mumkin. Simobning kengayish koeffittsienti kichikligi termometriya nuqtai nazaridan uning kamchiligi hisoblanadi, bu esa termometrlarning kapillari ingichka qilib tayyorlanishini talab etadi.
Simobli termometrlarning o`lchash chegarasi -35°C+600 °C.
Normal sharoitda simobning qaynash harorati 356,58 °C ni tashkil etishini inobatga olsak, yuqori haroratlarni o`lchash uchun mo`ljallangan termometrlarda simobning va kapillar naychaning ustidagi bo`shliq joy odatda inert gaz bilan to`ldiriladi. Simobdan tashqari, shishali termometrlarda termometrik modda sifatida metil va etil spirti, kerosin, petroley efiri, pentan kabi organik moddalar ham ishlatiladi.
Organik termometrik suyuqliklardan iborat shisha termometrlar asosan -200 °C dan +200 °C gacha harorat intervalida ishlatiladi. Ammo bu suyuqliklar shishani ho`llaydi va shuning uchun diametri nisbatan katta kanalli kapillarlarni ishlatishni talab qiladi.
Suyuqlikli shishali termometrlarning afzalliklariga o`lchashning yuqori aniqligi, soddaligi va arzonligi kiradi. Kamchiliklari shkalaning nisbatan yomon ko`rinishi, ko`rsatuvni amalda uzoq masofaga uzatib bo`lmasligi sababli ularning avtomatik qayd qilib bo`lmasligi hamda sinishi tufayli termometrlarni ta`mirlab bo`lmasligidir.
Hozirgi vaqtda shishali termometrlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlar.
Tayoqcha ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari.
3. Suyuqlikli tayoqchali (simobli emas) termometrlar.
Simobli yuqori aniqlikli va namunali termometrlar.
Simobli elektr kontaktli termometrlar.
Maxsus termometrlar: tibbiyot (maksimal), meteorologik (maksimal, minimal, psixometrik, tuproqqa oid va h.k.) va boshqa maqsadlarga mo`ljallangan turlari.
Texnik termometrlarning yo`l qo`yiladigan xatoliklari shkalaning bo`linmasidan ortmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |