Real suyuqlikning asosiy fizik xossalari
Avvalo suyuqlikning asosiy fizik xossalari bilan tanishish foydali bo‘ladi deb hisoblab, ulardan eng asosiylarini keltiramiz.
Bosim. Bosim birlik yuzaga ta ’sir etuvchi kuch kabi aniqlanadi va kuchlanish bilan bir xil o‘lchovga ega bo‘ladi.
Biror sirtdagi bosim shu sirt normali bo‘ylab unga ta’sir etadi va u juda ham muhim xarakteristika hisoblanadi, chunki suyuqlikka botirilgan jism sirti bo‘ylab integrallash (yig‘indi olish, qo‘shish) yordamida shu jismga ta’sir etuvchi asosiy kuchlar va momentlar aniqlanadi. Tinch holatdagi suyuqlik uchun uning kichik hajmiga ta’sir etuvchi kuchlar va lokal gradient bilan o‘zaro bog‘langan bosim odatda og‘irlik kuchi bilan muvozanatlashadi. Shuning uchun gidrostatik bosimning orttirmasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ap = pgh , (1.1)
bunda p - bosim (kPa); p - zichlik (kg/m3); h - bosim o‘lchanayotgan balandliklar farqi (m); g = 9,81 m/s2 - erkin tushish tezlanishi. Ushbu (1.1) tenglama ma’lum shartlarda harakatlanayotgan suyuqlik uchun ham o‘rinlidir. Xususan, ko‘pgina geofizik oqimlarda bosimni vertikal yo‘nalishda o‘lchash (1.1) formula orqali taqriban amalga oshiriladi. Bosimning SI xalqaro birliklar sistemasidagi o‘lchov birligi Pascal (Pa): 1 Pa = 1 N/m2 = 10-3 kPa = 10-6 MPa (kPa - kiloPaskal; MPa - megaPaskal); MKGSS birliklar sistemasida 1 kgk/m2 = 9,81 Pa (1 Pa = 0,102 kgk/m2; kg k - kilogramm-kuch); SGS birliklar sistemasiga ko‘ra din/sm2. Bulardan tashqari, bosimning bu sistemalarga kirmaydigan ba’zi birliklari
am ishlatiladi: texnik atmosfera - at (1 at = 9,8 104 Pa); millimetr simob ustuni (1 mm imob ustuni = 133,3 Pa = 9,81 N/m2 « 10 N/m2) - buning ma’nosi 1 m2 tekis yuzaga 1 itr suvni yoyib chiqdik degani; 760 mm simob ustuni = 101325 N/m2 « 100000 N/m2 balandligiga ko‘paytirilgan bosimga teng fizik atmosfera (hozirda ko‘proq shu birik qo‘llaniladi) - atm (1 atm = 1,033 at = 1,013 105 Pa); bar, meteorologiyada milliba qo‘llaniladi (1 bar = 105 Pa va 1 Mbar = 102 Pa). Temperatura. Har qanday moddaning ko‘pchilik fizik va mexanik xossalari uning temperaturasiga bog‘liq.
Temperatura - bu suyuqlik yoki gazlarning issiqlik holatini xarakterlovchi kattalik (lotincha «temperatura» - aralashishga doir, normal holat so‘zidan olingan).
Absolyut temperaturaning SI xalqaro birliklar sistemasidagi birligi Kelvin shkalasida 0K - gradus Kelvin (7°K kabi belgilanadi) yoki Selsiyning yuz graduslik shkalasida 0C - gradus Selsiy (t0C kabi belgilanadi) kabi yoziladi, bunda absolyut nol temperatura Kelvin shkalasida T = 00K, Selsiy shkalasida t = -273,150C dan boshlanadi, ular orasidagi bog‘lanish esa 7^K = 273,150C+t0C. Suyuqlik yoki gazni tashkil qilgan molekulalarning harakat tezligi qancha katta bo‘lsa, ularning temperaturasi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar, suyuqlik o‘zining temperaturasidan farq qiladigan temperaturali biror muhit bilan tutashgan bo‘lsa, yoki issiqlik ajralishi bilan kuzatiladigan biror jarayon suyuqlik ichida sodir bo‘lsa, u holda, shu suyuqlikda issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayoni yuz berib, uning temperaturasi o‘zgaradi. Suyuqlik temperaturasining o‘zgarishi uning katta tezlikda oqishidagi siqilishi yoki og‘irlik kuchlarini hisobga olgan holdagi atmosfera oqishlarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Shuni eslatib o‘tamizki, qaynayotgan suyuqlikning temperaturasi o‘zgarmaydi.
Zichlik. Mexanik nuqtai nazardan cheksiz kichik hajmning zichligi yoki o‘rtacha zichlik deb uning massasining hajmiga nisbatiga aytiladi, ya’ni bir jinsli modda (suyuqlik) uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |