Suyuqlik va gaz



Download 93,55 Kb.
bet5/12
Sana07.01.2022
Hajmi93,55 Kb.
#326383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SUYUQLIK VA GAZ

Bugungi kunga kelib suyuqlik va gaz mexanikasi faniningyuksalishiga quyidagi sabablar kuchli turtki bo‘lmoqda. Bular: 1) EHMning rivoji ilgari hisoblash mumkin bo‘lmagan hisoblarni bajarish hamda tadqiq qilish va kuzatish mumkin bo‘lmagan tajribalarni hisoblash tajribalari orqali bajarish imkoniyatini tug‘dirganligi; 2) suyuqlik va gaz mexanikasida qo‘llash mumkin bo‘lgan matematik vositalarning keskin kengayganligi;

  1. bugungi kunning ilmiy-texnik revolyutsiyasi, texnika rivojining gurkirashi, mikro- va makrodunyoni o‘rganishda tadqiqotlarning keng quloch yoyganligi.

Hozirgi kunda suyuqlik va gaz mexanikasi rivojining eng muhim yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni qayt etish mumkin: suyuqlik va gazlarning unda harakatlanayotgan jismlarga ta’siri (texnik masalalar); suyuqlik va gazlarning quvur va mashinalarning har xil qismlari ichi bo‘ylab harakati (gaz va neft quvurlari, nasoslar, turbinalar va boshqa gidravlik mashinalarni loyihalash ishlari); suyuqlik va gazlarning g‘ovak muhitlar bo‘ylab harakati (filtratsiya); suyuqlikning va uning ichida yoki sirtida oqayotgan jismning muvozanati (gidrostatika); to‘lqinli harakatlar (seysmik jarayonlar, tovush tebranishlari, shovqin muammosi, suvning ko‘tarilishi va qaytishi, dengiz sirti to‘lqinlari, kema harakati natijasida paydo bo‘ladigan to‘lqinlar va hokazo); har xil kimyoviy jarayonlarda gazlarning hostatsionar harakati (detonatsiya, portlash, mashina porsheni va reaktiv dvigatellar yonuv kameralarida gaz oqimi va hokazo); suyuqliklarning turbulent harakati (suyuqlik va gazlarning bulutlarda va Yer atmosferasida, kanallarda, daryolarda, o‘tkazgich quvurlarda, mashina va har xil texnik inshootlarda harakati); qattiq jismlarni yonishdan va kuchli erishdan saqlash (masalan, kosmik kemaning zich atmosfera qatlamida katta tezlik bilan harakati); kuchli siqilgan yoki siyraklashgan yuqori yoki quyi haroratli suyuqlik va gazlarning fizik xossalari keskin o‘zgargandagi harakati (masalan, kriogen suyuqliklar harakati); magnit gidrodinamikasi yoki ferrogidrodinamika va plazmalar harakati; meteorologiya masalalari; kavitatsiya muammolari; biomexanika masalalari va hokazo.

Suyuqlik va gaz mexanikasi fanining, xususan, gidravlikaning amaliy masalalarini yechishda hammaga ma’lum bo‘lgan quyidagi tadqiqot usullariga tayaniladi: cheksiz kichik miqdorlarni tahlil qilish usuli; o‘rta qiymatlar usuli; o‘lchovlar tahlili usuli; analog usuli; eksperimental usul.



Cheksiz kichik miqdorlarni tahlil qilish usuli - bu suyuqlik va gazlar muvozanati va harakati jarayonlarini miqdoriy tavsiflashning boshqa usullariga nisbatan eng qulayidir. Bu usul ob’ektlar harakatini atom- molekulyar darajasida, ya’ni harakat tenglamasini chiqarishda suyuqlikni (yoki gazni) modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi nuqtai nazaridan qarash zarur bo‘lganda juda yaxshi samara beradi. Bu usulning asosiy kamchiligi - bu abstraktlikning deyarli yuqori darajada ekanligida bo‘lib, talabadan nazariy fizika sohasida juda keng bilimga ega bo‘lishni hamda matematik analiz va vektor analizning har xil usullaridan mohirona foydalanishni talab qilishidadir.

O‘rta qiymatlar usuli hammabobroq usullardan biri bo‘lib, bu usul moddaning tuzilishi haqidagi sodda farazlarning asosiy gipotezalariga tayanadi. Bunda asosiy tenglamalarni chiqarish ko‘p hollarda molekulyar- kinetik nazariyasi bilimlariga ega bo‘lishni talab qiladi. Bu usul bilan olingan tadqiqod natijalari esa «sog‘lom fikr»ga qarshi bo‘lmaydi va asoslangan bo‘lib ko‘rinadi. Bu usulning kamchiligi tadqiqot predmeti haqida ba’zi aprior farazlarga ega bo‘lish zarurligida.

O‘lchovlar tahlili usulini tadqiqotning qo‘shimcha usullaridan biri sifatida qarash mumkin va u o‘rganilayotgan mexanik jarayonlarni har tomonlama bilishni taklif etadi.


Download 93,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish