Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi.
Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik hisoblagichlari ikki guruhga bo‘linadi: spiralsimon va qanotli.
Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan oqimga nisbatan parrallel, qanotli parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi. Spiralsimon parrakli tezlik hisoblagichlari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 4- rasmda spiralsimon (gorizontal) parrakli suv hisoblagich ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi asbobning korpusiga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p kirimli vint shaklida ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft 6 va uzatish mexanizmi 3 orqali hisoblash mexanizmi 4 ga uzatiladi.
Bu hisoblagichlar 50...200 mm shartli o‘tishga mo‘ljallanib, sarfini 70...1700 m3/soat va ±2...3% xato bilan o‘lchaydi. Muhitning bosimi 0,98 mPa (10 kgk/sm2) dan oshmasligi kerak.
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra qanotli hisoblagichlar bir sharrali va ko‘p sharrali bo‘ladi.
5 -rasmda bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar sxemasi ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda yo‘naltiriladi. Parrakli hisoblagichlar agressiv bo‘lmagan oqimda ishlasa va oqim harorati 30°S dan oshmasa, ularning parragi plast-massadan tayyorlanadi. Oqim harorati 90°S dan yuqori bo‘lsa, parraklar jezdan tayyorlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1. John Bird. “Electrical and Electronic Principlesand Technology” LONDON AND NEW YORK, 2014.-455 p. 2. Каримов А.С. ва бошқ. “Электротехника ва электроника асослари”. Дарслик. Т.: Ўқитувчи нашриёти, 1995 й. - 448 с. 3. Abdullayev В. va boshqalar. Elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga o'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent, ToshDTU, 2011. -136 b. 4. Abdullayev B., Begmatov Sh.E., Xalmanov D.X. Elektrotexnika va elektronika fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarishga uslubiy ko'rsatmalar. Toshkent, ToshDTU, 2016. -86 b. 5. Alimxodjayev K., Abdullayev B., Abidov Q., Ibadullayev M.. Elektr texnikaning nazariy asoslari. Darslik. 1-qism. -T.: “Fan va texnologiya”, 2015, 320 bet. 6. Бегматов Ш.Э., Абдуллаев Б. «Элекротехника и основы электроники». Методические электронное пособие к выполнению виртуальных лабораторных работ. Ташкент. 2015. - 84 с. 7. Amirov S.F., Yoqubov M.S., Jabborov N.G. Elektrotexnikaning nazariy asoslari. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma, Т.: ToshTYMl, 2007. - 128 b. 8. Karimov A.S. va b. Elektrotexnika. Masalalar to„plami. Toshkent – «O„qituvchi», 1975. – 208b.
Do'stlaringiz bilan baham: |