Suyarov Keldimurodning biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyixalash



Download 29,67 Kb.
bet4/6
Sana12.06.2022
Hajmi29,67 Kb.
#658545
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
murod kurs ishi

Mavzuning o’rganilganligi:O’quv dasturida keltirilgan har bir mavzu mazmuni darslikda matn va rangli rasmlar, jadval, chizmalar yordamida ochib berilgan. Darslikda mavzu matnidan pastda“Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling”, “Bilimlaringizni qo’llang”, “Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar”, “O’z fikringizni bildiring” ruknlarida keltirilgan topshiriqlar xilma-xil bo’lib, o’quvchilarning o’quv faoliyatini zerikarli, bir xil bo’lishining oldini oladi, bilimlarini amalda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantiradi.Umuman olganda, umumta’lim fanlari bo’yicha yaratilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan darsliklar mazmuni amaliy, hayotiy topshiriqlar bilan boyitilgan, darsliklar dizayni qayta ko’rib chiqilgan va ko’rgazmalikka katta e’tibor berilgan. Shuni qayd etish kerakki, hozirgi kunda biologiya fanidan o’quv-uslubiy majmualar to’liq emas, sababi, uning tarkibiga kiradigan mashq daftari, o’qituvchi uchun metodik qo’llanmalar, darsliklarning multimediali ilovalari kompetensiyaviy yondashuv asosida to’liq shakllantirilmagan. Bu muammoni hal etishda olimlar, metodistlar, ilg’or o’qituvchilar hamkorlikda ishlashlari, to’plangan ilg’or tajribalar, ma’lumotlarni tizimlashtirish, umumlashtirish orqali kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’quv-uslubiy majmuaning tarkibiy qismlarini to’liqligicha shakllantirish dolzarb vazifa sanaladi.
1.2 O’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo’llari.
Fan-texnika rivojlanishining jadallashuvi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, mahnaviy, madaniy, ilmiy-texnikaviy extiyojlaridan kelib chiqqan holda ta‘lim tizimi oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun [2] va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da [3] o‘z aksini topgan bu talablar maqsadi har tomonlama kamol topgan, bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan kishilarni tarbiyalashdan iborat. Bu talablarni amalga oshirish uchun o‘qitishning samarali shakllari va vositalarini ishlab chiqib, ta‘lim jarayoniga tadbiq etish, ta‘limning o‘quvchi shaxsiga qaratilgan demokratik yo‘nalishlarini rivojlantirish, didaktik va axborot vositalarining yuqori samara oeradigan yangi avlodini yaratish va tahlim jaraniga joriy etish zarur.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunda ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi ta‘lim jarayonining uzluksizligi, izchilligi, dunyoviyligi, bilim olishning hamma uchun ochiqligi yozilgan [1; 2]. Davlatimiz tomonidan biologiya ta‘limi sohasidagi oldinga qo‘yilgan vazifalarni muvoffaqiyatli hal qilinishi uchun eng avvallo uzluksiz tahlim tizimida biologiyadan ta‘lim va tarbiyani tashkil etishning nazariy asoslari bo‘lgan lidaktik tamoyillarni aniqlab olish zarur. Pedagogik adabiyotlarda o‘qitish tamoyillari sifatida ta‘lim gizimining tuzilishi, mohiyati, qonuniyatlari, didaktik faoliyatni tashkil etishda va
boshqarishda namoyon bo‘ladigan bilimlar ta‘minoti tushuniladi. O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish masalalari Yu.K.Babanskiy , A.Abg‘shkasg‘shova , Dj.U.Baysalov , V.P.Bespalg‘ko, Yu.G.Tatur , V.V.Davg‘vdov , V.S.Konyushko , V.A.Napyorov , R.A.Nizamov va boshqalarning ishida yoritilgan. Pedagogik olima J.O.Tolipova biologiyani o‘qitish tamoyillarini biologiya ta‘limi mazmunini va ta‘lim-tarbiya yo‘nalishini belgilaydigan guruhlarga ajratadi. Birinchi guruҳga ilmiylik, tizimlilik, ko‘rgazmalilik, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, mantiqiy ketma - ketlik, samaradorlik tamoyillari; ikkinchi guruhga pedagogik jarayonni demokratlashtirish, ta‘limni individuallashtirish, differentsialashtirish, ta‘limga turlicha yondashuv bilan bog‘liq tamoyillar kiritilgan.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘limni tubdan isloh kilishning bosh maqsadi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek har tomonlama kamol topgan, jamiyat hayotiga moslashgan, ta‘lim va kasb-xunarni ongli va puxta o‘zlashtirgan, jamiyat va oila oldida javobgarlikni his etadigan, mutaqil za ijodiy fikrlay oladigan kishilarni tarbiyalashdan iborat. Bu jarayonda biologiya fanlari juda muxim ahamiyatga ega. Chunki biologiya fanlaridan olingan bilimlar yoshlarning atrof muhitga va umuman organik dunyoga nlmiy qarashlarini to‘gri shakllanishiga yordam beradi; ona tabiat go‘zalligini his etish va uni sevishga o‘rgatadi.Biologiya tahlimining didaktik maqsadi o‘quvchilarga biologiyaning qonuniyatlarini o‘rgatish, ularda aqliy, ahloqiy, ma‘naviy, mehnat ma‘lum darajada kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Biologik ta‘limning tarbiyaviy maqsadi o‘quv jarayonida yuksak ma‘naviy va ma‘rifiy fazilatlarga ega bo‘lgan, o‘z xalqi va yurtini, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiladigan, Vatanga sodiq bo‘lgan, yurtimiz tabiatini sevadigan, uni asrab avaylaydigan vatanparvar, mjtimoiy barkamol shaxsni tayyorlashdan iborat. Biologik ta‘limning rivojlantiruvchi maqsadlari esa ta‘lim oluvchining atrof muhitga, tariklik to‘grisidagi ilmiy, mahnaviy, ahloqiy dunyoqarashini shakllantirish, uning bilimlarni o‘zlashtirish va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, nutq, muomala madaniyatini rivojlantirishdan iborat.Yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun ta‘limning barcha bosqichlarida ta‘lim oluvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida ularning mustaqil faoliyati samarasini oshirish, uning ilmga va o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, unga mustaqil faoliyat ko‘rsata olishi, bugungi axborot oqimidan oqilona foydalanishi uchun zarur imkoniyat va shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Biologiya fanlarini, jumladan biologiyani o‘qitishning samarasini keskin oshirish uchun quyidagi mummolarni hal etish zarur:
- o‘qitishning barcha shakllari - dars va sinfdan tashqi mashg’ulotlar uchun ta‘lim va tarbiyaning samarali zamonaviy vositalarini ishlab chiqishsa ta‘lim jarayoniga joriy etish;
- biologiyani mustaqil o‘rganishning samarali metodlarini ishlab chiqish va joriy etish; .
- bilim olishni individuallashtirish, o‘qitishni o‘quvchilarning kobiliyati va tayyorgarlik darajasiga binoan tabaqalashtirish;
- o‘qitishni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosida tashkil etish; ,
- o‘quv-metodik adabiyotlarning ilgor pedagogik va axborot texnologiyalariga moslangan yangi avlodini yaratish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish;
- biologiya tahlimida xalqimizning boy mahnaviy va ilmiy mehrosidan keng foydalanish;
biologik ta‘limni ukuvchilarning faol mustaqil faoliyatiga asoslanib tashkil etishga imkon beradigan vositalarni ishlab chiqish; :
- o‘quvchining o‘z bilimini o‘zi baholashi va nazorat qilishi texnologiyasini o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali uning mehnatini engillashtiradigan va ragbatlantiradigan demokratik tamoyillarini rivojlantirish;
- o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol goyalarini singdirish.Pedagogik jarayonning demokratik tamoyilda qayta qurish, rivojlantirish o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish va belgilangan maqsadga yo‘naltirish; ularning individual faoliyatini cheklamaslik, mashg‘ulotni o‘quvchilar hohishi va istaklariga qarab tashkil etishni taqozo etadi.
Yuqorida keltirilgan tamoyillarni amalga oshirish ta‘limni davlat va ijtimoiy talablarga mos holda qayta qurish va rivojlantirishni talab etadi. Buning uchun o‘qitishning barcha shakllari - darslar, dars va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalardan hamda o‘qitish vositalari va metodlaridan samarali foydalanish, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslarini ishlab chiqish, ta‘lim tarbiyaning uzviyligini ta‘minlash zarur bo‘ladi. Ta‘lim tarbiyaning uzviyligi o‘quv jarayonini aqliy, ahloqiy, vatanparvarlik, jismoniy, gigienik, mehnat, iqtisodiy, estetik, ekologik tarbiya bilan birga olib borish orqali ta‘minlanadi.
Ta‘limni isloh qilish bilan birga o‘quv jarayonida shakllanadigan yangi pedagogik munosabatlar har bir o‘quvchiga individual yondashuv, yahni gahlim jarayonini differentsiallashtirish asosida o‘qitishning shaxsga mo‘ljallangan texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi.

Download 29,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish