Jigar qopqa venasi ichakdan mustaqil boshlanadi. Bu vena jigarda kapillyarlarga bo’linadi va shu kapillyarlar yana birlashib venoz sinusga quyiladigan jigar venasiga aylanadi. Tog’ayli baliqlarga xos juft suzgichlardan qon olib qeluvchi yonbosh venalar suyakli baliqlarda bo’lmaydi.
Baliqlarning yuragida hamma vaqt venoz qon bo’ladi. Qon aylanish doirasi bitta; bunda arterial qon venoz qon bilan aralashib ketmaydi. Qon aylanish doirasi ikki funktsiyani bajaradi: 1) organizmning barcha qujayralarini ovqat va kislorod bilan ta’minlaydi va 2) venoz qonni qaytadan tiklaydi. Bu quyidagicha amalga oshadi. Arteriyalar orqali yurakdan venoz qon chiqib, jabralarga oqib boradi, qon jabralarda oksidlanib arterial qonga aylanadida, arteriya qon tomirlari orqali butun gavdaga tarqaladi, keyin venoz qon bo’lib, venalar orqali yurakka keladi, arterial va venoz qon ular tarkibidagi gazning sifatiga qarab aniqlanadi, natijada qonning nomi bilan qon tomirlarining nomlari xamma vaqt to’g’ri kelmaydi. Masalan, qorin aortasi va olib keluvchi jabra arteriyalarida venoz qon bo’ladi, shuning uchun qonning tarkibiga karamasdan, balki yurakdan chiquvchi qon tomirlari arteriya va o’nga keluvchi qon tomirlarini vena deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |