Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Suyak – tog‘aylilar, shu’la qanotlilar, ikki XIL nafas oluvchilar va panja qanotlilar kenja sinflari vakillarining tuzilishi, asosiy turkumlari


Suyakli baliqlar sinfining sistematikasi



Download 1,34 Mb.
bet2/10
Sana12.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#659068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
suyakli baliqlar sinfining umumiy ta

2. Suyakli baliqlar sinfining sistematikasi
Suyakli baliqlarning sistematikasi masalasi hali to`liq yechilmagan. Biz so`z boshida tilga olingan darslikdagi («Zoologiya kursi», II t.) sistematikani asos qilib oldik.
Hozir yashayotgan suyakli baliqlar uchta kenja sinfga bo`linadi:
1. Shu'laqanotlilar kenja sinfi — Actinoptyerygii
2. Kaft (cho`tka) qanotlilar kenja sinfi — Crossoptyerygii
3. Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi — Dipnoi
2.1. Shu'laqanotlilar kenja sinfi — Actinoptyerygi
Bu baliqlar gavdasining shakli xilma-xil bo`lib, yer yuzining hamma suv havzalarida tarqalgan va hozirgi baliqlarning juda ko`pchiligini o`z ichiga oladi. Bosh skeleti giostilik tipda. Jabra pardalarini tutib turadigan shu'lalar bor. Suzgich qanotlarini tashqi suyak nurlar ushlab turadi. Kenja sinfning nomi ham shundan olingan.
Shu'laqanotlilar kenja sinfi to`rtta katta turkumga bo`linadi: tog`ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, suyakdor baliqlar va ko`pqanotlilar.
Tog`ayli ganoidlar katta turkumi —Chondrostei
Bu katta turkum ikkita oilaga bo`linadigan bitta osetrsimonlar turkumini o`z ichiga oladi. Bular eng qadimgi va sodda tuzilgan suyakli baliqlardir. Ularning gavdasi akulalarning gavdasiga o`xshash duksimon bo`lib, boshining uchida rostrumi bor, og`iz teshigi uning` ostiga joylashgan. Tangachalari o`ziga xos bo`lib, suyak bo`rtmalardan iborat. Bu suyak bo`rtmalar gavdasi bo`ylab besh qator bo`lib o`rnashadi, ularning orasida mayda suyak tangachalar va donachalar ham bo`ladi. Dum suzgich qanoti getyerotsyerkal tipda, dumning ustki pallasida ganoid tangachalar joylashadi. O`q skeleti sifatida biriktiruvchi to`qimali parda bilan o`ralgan xorda xizmat qiladi. Xordaning ustki va pastki yoylari bor. Bosh skeleti tog`aydan iborat, lekin miya qutisini qoplovchi suyaklar qoplab turadi. Yuragida arterial konus, ichagida spiral klapin bo`ladi.
Osetrlar oilasi uch urug`, 23 to`rni o`z ichiga oladi. Bulardan eng kattasi beluga bo`lib, uzunligi 9 m va og`irligi 1400 kg gacha boradi. Sirdaryo va Amudaryoda yashaydigan qilquyruq yoki filbo`yinlar, yoki soxta kurakburunlar ham shu oilaning vakilidir.
Kurakburunlar oilasining hozir ikkitagina turi bor. Bulardan biri eshkakburun Missisipi daryosida yashaydi, bo`yi 2 m, og`irligi 75 kg keladi. Ikkinchisi psefur Xitoyning Yantszi daryosida yashaydi va bo`yi 7 m ga yetadi.
Osetrsimonlar, asosan shimoliy yarimsharda tarqalgan bo`lib, ko`p turlari qimmatbaho va sifatli go`sht hamda qora ikra beradi.
Suyaklap ganoidlar katta turkumi — No1ostei
Bu baliqlar ancha sodda tuzilgan bo`lib, mezozoy yerasida keng tar-qalgan. Ichagida spiral klapin, yuragida arterial konus bo`ladi. Ustki engsa suyagi rivojlanmagan.
Hozirgi davrda yashayotgan suyakli ganoidlar katta turkumi kaymanlar yoki pantsirli cho`rtanlar va amiyalar turkumlariga bo`linadi. Ular Shimoliy Amerikaning chuchuk suvlarvda tarqalgan.
Kaymlan baliqlar turkumi. Bu turkumga 6-7 to`rni o`z ichiga olgan kayman baliqlar yoki pantsirli cho`rtan urug`i kiradi. Bularning umurtqa tanasi oldingi tomon-dan bo`rtib chiqqan, orqa tomondan botib kirgan, ya'ni opistotsel tipda bo`ladi. Uning terisi romb shaklidagi ganoid tangachalardan iborat pantsir bilan qoplangan. Ba'zilarining bo`yi 3-4 m ga, massasi 150 kg ga yetadi, yirtqich baliq hisoblanadi.
Amiyalar yoki loyqa baliqar turkumi. Hozirgi zamonda bu turkumning yagona turi amiya yoki loyqa baliqdir. Amiyaning umurtqa tanasi boshqa baliqlardagi singari amfitsel bo`lib, gavdasi suyak tangacha bilan qoplangan. Gavdasi 60 sm ga yetadi, bu baliq ham yirtqich hayot kechiradi.
Suyakdor baliqlar katta turkumi — Te1eostei
Shu'laqanotli baliqlarning asosiy qismi suyakdor baliqlar katta turkumiga mansub bo`lib, hozirgi zamonda yashayotgan baliqlarning qariyb 95% ini tashkil qiladi. Bularning terisi suyak tangacha bilan qoplangan, dumi gomotsyerkal tipda, qazg`ichi, ichagida spiral klapini, yuragida arterial konusi bo`lmaydi. Suzgich qanotlar skeleti ancha reduksiyalangan.
Suyakdor baliqlar katta turkumi 40 ta turkumga bo`linadi, quyida shulardan eng muhimlarini ko`rib chiqamiz.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish