Suxrobjon Beknazarov 921-20 Iqtisodiy faoliyat mazmuni



Download 214,24 Kb.
Sana23.09.2021
Hajmi214,24 Kb.
#183004
Bog'liq
Suxrobjon Beknazarov 921 yakuniy INN javobi


Suxrobjon Beknazarov 921-20

1. Iqtisodiy faoliyat mazmuni.

Kishilar yashashlari siyosat, san'at, adabiyot, fan, ma'rifat , ma'daniyat , ta'lim bilan shug‘ullanishlari uchun xayotiy ne'matlarini iste'mol qilishlari qoniqishlari kerak.

Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat xayotiy vositalar zarur.

Xar bir kishi o‘zining kundalik xayotida bir qancha , ya'ni xayotiy extiyojlari -kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ea bo‘lishi, bilim olish kabi extiyojlari uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan , nima xisobiga topishi kerak degan muammolarga duch keladi.

Ana shu oldimizda turgan muammolarni yechish va o‘z talablarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda soxalarda faoliyat ko‘rsatadilar.

Iqtisodiyot faoliyati nima?

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib , kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan xayotiy vositalarini ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qaratilgan , bir –biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli –tuman faoliyatlarini yaxlit qilib, (birlashtiruvchi iqtisodiy tizim, iqtisodiyot deb ataladi) bir so‘z bilan, iqtisodiy dalil deb ataladi.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan.

Shuing uchun iqtisodiyot degani uy-xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari tushunilgan. Xozirda esa iqtisodiyot degani faqat uy xo‘jaligi, ya'ni indivudial xo‘jalikdan , moliya va xususiy xjalik, jamoa, xissadorlik jamiyati, davlat xo‘jaliklaridan, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat bo‘lib,juda murakkab organizm xisoblanadi.

Buning ustiga barcha resurslarimiz pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari , iste'mol tovarlari xammasi cheklangan miqdordadir.

Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, axoliningto‘xtovsiz o‘sib boruvchi extiyojlarini qondirish maqsadida erishish, resurslar va maxsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab , turli davrlarda va turli mamakatlarda iqtisodiyot turlicha bo‘lishi mumkin.

2. Ijtimoiy xo’jalik shakllari va uning rivojlanishi tarixan ikkita: natural ishlab chiqarish va tovar ishlab chiqarishdan iborat bo’lgan. Natural xo’jalik umuminsoniy iqtisodning tarixan birinchi shakli bo’lib, bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o’z shaxsiy ehtiyojini qondirishga sarflanadi.

Natural xo’jalik sharoitida mahsulot ayirboshlanmaydi va sihlab chiqaruvchining o’zi uchun hayotiy vositaga aylanadi. Natural ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan. Ishlab chiqaruvchi mehnat jatayoni uchun kerakli bo’lgan vositalarni o’zi yaratadi. Natural xo’jalikning muhim belgilari: xususiy mulkga asoslanganligi, o’zi mehnat qilishi, o’zi ehtiyojini qondirishi, bozor bilan aloqada bo’lmasligi, foyda olishga ega bo’lmasligi. Natural xo’jalik bozor iqtisodiyotiga qadar ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy shakli bo’lib kelgan. U iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan. Natural xo’jalik sharoitida har bir mulkdorning alohida o’z xo’jaligi bo’lgan. Natural xo’jalikda asosiy xo’jalik tarmog’i dehqonchilik bo’lib, unga qo’shimcha tarzda hunarmandchilik rivoj topgan. Ishlab chiqarish to’la-to’kis qo’l mehnatiga tayangan. Unda mehnat qurollari va sihlab chiqarish sharoitlari o’zgarmay qoladi. Mehnat unumdorligi deyarli o’smaydi.

Mehnat unumdorligining o’sishi chegaralanganligi sababli iqtisodiy o’sish g’oyat sust bo’lib, asosan tabiiy omillar hisobidan o’sish oz bo’ladi.

Shuni aytish kerakki, natural xo’jalikning ba’zi bir ko’rinishlari hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda ham saqlangan.

O’zini-o’zi mahsulot bilan ta’minlash hozirgi qishloqda ham mavjud. Xususan, dehqonlar xo’jaligida yetishtirgan mahsulotning bir qismi xo’jalikning o’zida iste’mol etiladi.

3.Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.

Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur? kim uchun ishlab chiqarish zarur?

Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‘yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy javobni beradigan bo‘lsak, ularni lo‘nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish, deb javob berish mumkin.

Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o‘ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida:

a) ko‘proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;

b) puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;

v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.

4.  Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa istе’molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga kеltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda istе’mol qiymat (naflilik) qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif bеrilmoqda.

Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo’lishiga), uning o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.

Alohida tovarlarga qilingan mеhnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mеhnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mеhnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi dеb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mеhnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.

Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kеlib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.

Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (istе’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (istе’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kеlgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.



5.  Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.

Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.

Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.

Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi (qarang Bozor iqtisodiyoti modellari).



Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir.

[Bozor iqtisodiyotiga ikki xil yo'l bilan o'tiladi: revolyutsion(birdaniga) va evolyutsion(sekin asta, O'zbekiston ham shu qatori). 4 xil bozor turi bir: 1.mahalliy 2.milliy 3.hududiy 4.jahon bozorlari. (Mirzalatipov Mirzahamid tahriri)
Download 214,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish