Maʼmuriy huquqbuzarlik -huquqbuzarlikning bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi MJKga koʻra, qonun hujjatlariga binoan maʻmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan ayb mavjud boʻladi. Qonunga koʻra, Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga toʻlgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik jinoyatdan ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab farqlanadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi. Jinoyat faqat sud organlari tomonidan, Maʼmuriy huquqbuzarlik esa, sud organlaridan tashqari, bir qancha vakolatli davlat boshqaruvi organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan ham koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo choralari, jinoyat uchun jiddiy jazo qoʻllaniladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga maʼmuriy javobgarlikni qoʻllash jarayoni soddalashtirilgan (mas, yoʻl harakati qoidasini buzgan shaxsga bitta bayonnoma tuzilishi bilan maʼmuriy jarima jazosini qoʻllash mumkin) va h.k.
Huquqbuzarlikning ob'ekti deganda nimani tushunasiz?
Huquqbuzarlikning ob’ekti deganda huquq bilan tartibga solinadigan va
qo`riqlanadigan g’ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik natijasida zarar
etkaziladigan ijtimoiy munosabatlarga tushuniladi. Ob’ekt huquqiy normada aniq
ifodalangan bo`ladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs nafaqat jamiyatda qaror
topgan huquqiy tartibotga, balki fuqarolarning huquqiy ongiga hamda ularning
sub’ektiv huquqlariga zarar etkazadi.
Huquqbuzarlik ob’ekti va predmeti alohida tushunchalar bo`lib, ular bir-
biridan farq qiladi. Masalan, o`g’rilik jinoyatining ob’ekti, o`zgalar mulki, ya’ni
mulkiy mazmundagi ijtimoiy munosabat hisoblanadi, uning predmeti esa pul,
videotexnika, mebel’, transport vositalari va boshqa shu kabi turli xil moddiy
ashyolar bo`lishi mumkin.
Nima uchun O'zbekistonda o'lim jazosi bekor qilindi va uning o'rniga qanday jazolar joriy etish belgilandi?
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni jinoiy jazoga tortiladigan qilmishlar umumiy sonining bir foizidan kamrog‘ini tashkil etadi. Sodir etilgan jinoyatning og‘irligidan qat’i nazar, qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlarga, xotin-qizlarga va 60 yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan ushbu turdagi jazoni qo‘llash taqiqlangan.
Davlatimizning jinoyatga oid siyosati o‘lim jazosini qo‘llashga nisbatan jahon tendensiyalariga to‘la mos keladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida e’lon qilingan insonparvarlik va odillik tamoyillarini izchil ifoda etadi.
Ayni vaqtda, mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratik jihatdan yanada yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish borasidagi islohotlarning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinishini hamda uni umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilishi zarurligini taqozo etmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |