Sux tuman 3-sonli IDUM-ning 10-sinf o’quvchisi
Masudjonov Ozodbekning
‘’ Delphi 7 muhitida ilova oynasini yaratish’’
Mavzusida yozgan referati
M.O.T
Reja
1.Delphi nima u qanday dastur?
2.Delphining yaralish tarixiga nazar
3.Delphi 7 dasturini yuklash
4.Delphi 7 dasturida oyna yaratish va uni ishga
Tushirish
DELPHI
Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bo'lgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob’yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows Operatsiyon tizimi uchun dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 versiyasidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi.
Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkon beradi.
Delphi — Paskal dasturlash tilining rivojlangan davomchisi boʻlmish Turbo Paskal tilining rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Paskal tilida butunlay Proceduralar yordamida dasturlar tuzilgan. Turbo Paskal 5.5-sonidan boshlab obyektga moʻljallangan xususiyatlarni qoʻshdi, delphi — obyektga moʻljallangan dasturlash tili esa Introspekiyani, yaʼni metodli klasslari xususiyatlari hamda ulardan tashkil topuvchilarining kompilyatsiya kodi tarkibiga qoʻshdi.
Delphi yaralish tarixi
Delphi (o‘qilishi Delfi) qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan avliyo yashagan ibodatxona joylashgan grek shaharchasining nomi bo‘lib, u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham ko‘pchilik orasida juda mashhur bo‘lib ketgan. Uning qariyib chorak asr mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi:
Delphi 1 – Delphi 8 (1995-2003 yillar)
Delphi 2005 – Delphi 2010 (2005-2009 yillar)
Delphi XE 1 – Delphi XE 10 (2010-2017 yillar)
Ularning barchasida asosiy (ba’zan yagona)
dasturlash tili Object Pascal bo‘lsada, ko‘pchiligida C++, Assembler da, oxirgi variantlarida Java da, ba’zi rsiyalarida hatto PHPda ham dastur yozish mumkin. Oxirgi versiyalari Windows ilovalari bilan birga Android va IOS ilovalarini ham yaratish imkonini beradi.
Shunday Ekan siz Delphi dasturlashni tilini o’rganishni boshlasangiz ham hech nima qilmaydi.
Tilning qadriyatlari talabalarga turli xil ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash metodologiyasi bilan Delphi o'rta dasturidan Windows dasturlarini vizual loyihalash texnologiyasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'rganishga yordam beradigan tarzda yig'ilgan. Laboratoriya robotlari Windows dasturiy ta'minotini yaratishning asosiy bosqichlarini qamrab oladi.
Uslubiy bayonotlar uchta bo'limdan iborat. Birinchi bo'limda qo'shimchalarning vizual dizayni va Delphi dasturlash muhitini tushunish uchun asosiylarining tavsifi berilgan. Boshqa birida, yakuniy natijalarni shakllantirish bo'lingan va natijalar ham shakllantirilgan laboratoriya robotlari. Uchinchi bo'lim zarur qisqacha nazariy bayonotlardan aniq laboratoriya ishlarining tavsiflari, katlama dasturlari ko'rsatmalari, ishlash bo'yicha tavsiyalar, ish va o'z-o'zini tekshirish uchun ishni o'rnatish variantlari. Ilg'or talabalar uchun mening Object Pascal va Delphi vizual dasturlash vositasi bilan tanishish sizning mas'uliyatingizdir.
Delphi 7 yuklash
Odatda “Delphi” paketini o’rnatish CD-ROM qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
Kompakt diskda barcha o’rnatuvchi dasturlar va kerakli fayllar (Delphi Setup Launsher)
joylashgan. CD - diskovodga o’rnatuvchi disk solinishi bilan o’rnatiluvchi dastur avtomatik
tarzda ishga tushadi. “Delphi”ni o’rnatish vaqtida iloji boricha barcha faol dasturlar
ishini yakunlash kerak.
O’rnatuvchi dastur ishga tushishi natijasida kompyuter ekranida Delphi Setup
Launcher (“Delphi”ni o’rnatishni boshlash) oynasi hosil bo’ladi, bu oynada turli
ma’lumotlar olish va dasturni o’rnatish tugmachalari joylashgan.
Dasturni o’rnatish uchun sichqoncha ko’rsatkichini “Delphi” satriga olib kelib
sichqoncha chap tugmasini bosiladi.
Delphini o’rnatish jarayonini faollashtirish uchun, Delphi 7 satrida sichqonchani chap tugmasini bosish kerak. Delphini o’rnatnish jarayoni oddiy. Seriya raqami (Serial Number) va kalit (Authorization Key) ni kiritigandan so’ng ekranda avval litsenziyalangan kelishuv oynasi, undan keyin esa o’rantishning mumkin bo’lgan variantlaridan biri bo’lgan: Typical (Oddiy), Compact (Ixcham) yoki Custom (Foydalanuvchi tanlab oladigan) Setup Type (1.2 rasm) oynasi paydo bo’ladi.
Typical (Oddiy) variantda, kompyuterning CD-ROM diskidan qattiq diskka Delphining barcha komponentalari ko’chiriladi. Oddiy variant kompyuterning qattiq diskidan bo’sh joy uchun katta qismini, o’rtacha 475 Mbayt (Enterprise komplekti uchun) talab etadi. Agar qattiq diskda etarlicha bo’sh joy mavjud bo’lsa, bu variantni tanlagan ma’qul bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |