117
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
- 1-modda: Asosiy tushunchalar:
• Suv resurslarini integral boshqarish – bu suv (yer osti,
yer usti va qaytgan) va yer resurslari hamda ular bilan bog‘lan
-
gan boshqa tabiiy resurslarning muayyan gidrografik chega
-
ralarda hisobga olinishi va o‘zaro ta’siriga asoslangan, turli tar
-
moqlarning hamda suv va tabiiy resurslardan foydalanishning
turli ierarxiya darajalari manfaatlarini inobatga oluvchi, ularni
barqaror taraqqiyot va tabiatni muhofaza qilish yo‘lida qarorlar
qabul qilish, moliyalashtirish, suv resurslarini muhofaza qilish
va rivojlantirish jarayoniga
jalb etuvchi boshqaruv tizimi;
• Suv resurslarining havza tashkiloti – bosh havza chega
-
ralarida suv resurslarini boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan, suv
resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish jarayonini
tartibga soluvchi vakolatli davlat organlarining hududiy tuzilma
-
si. Bu yerda havza tashkilotlari vakolatli davlat tashkiloti sifatida
talqin etilgan;
• Milliy suv kengashi – Tojikiston hukumati qoshida
-
gi suv resurslarini rejalashtirish, boshqarish,
foydalanish
va muhofaza qilish yo‘nalishida vazirlik va idoralar, davlat
-
ning boshqa organlari hamda nodavlat tashkilotlarining
faoliyatlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha
maslahat
organi;
• Havzaviy suv kengashi – muayyan suv havzasida suv re
-
surslarini rejalashtirish, boshqarish, foydalanish va muhofaza
qilish yo‘nalishida davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini mu
-
vofiqlashtiruvchi
havzaviy maslahat organi;
- 21-modda: Suv resurslarini havzaviy boshqarish.
• Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish
sohasidagi davlat boshqaruvi boshqarishning havzaviy … prin
-
siplariga asoslangan holda Tojikiston Respublikasi hukumati,
joylardagi ijro hokimiyati organlari hamda suv resurslaridan
118
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlatning mu
-
tasaddi tashkilotlari tomonidan qonunchilik asosida amalga
oshiriladi.
- 38-modda. Suv resurslarini boshqarish bo’yicha havzaviy
reja.
• xo‘jalik ichki suvdan foydalanish rejalari – suv bilan ta’min
-
lovchi tashkilot bilan kelishgan holda, muayyan hudud ma’mu
-
riy jihatdan bo‘ysunuvchi joylardagi
ijro hokimiyati organlari
tomonidan;
• tuman (havzaviy) ahamiyatiga ega bo‘lgan tizimlar bo‘yicha
– muayyan hudud ma’muriy jihatdan bo‘ysunuvchi joylardagi
ijro hokimiyati organlari tomonidan;
• tumanlararo, viloyat (havzaviy) ahamiyatiga ega bo‘lgan
tizimlar bo‘yicha – mos ravishda suv resurslaridan foydalanish
va ularni muhofaza qilish bo‘yicha
davlatning mutasaddi or
-
ganlari va ularning tashkilotlari tomonidan joylardagi qishloq
xo‘jaligi organlari bilan kelishgan holda.
-30-modda (IV bob): Suv resurslaridan foydalanishni
rejalashtirish:
• Suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish aho
-
lining ichimlik va xo'jalik-maishiy
ehtiyojlarini birinchi
navbatda qondirishni, suv ob'ektlarini muhofaza qilishni va
ularning zararli ta'sirini oldini olishni hisobga olgan holda suv
resurslairni suvdan foydalanuvchilar o'rtasida ilmiy asoslangan
taqsimlanishini ta'minlashi kerak.
• Suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirishda davlat
suv kadastri, suv xo’jaligi balanslari, suv resurslaridan mukam
-
mal foyfalanish va ularni muhofaza qilish shakliy loyihasi hamda
davlat suv fondi manbalaridan suv olish limitlari ma’lumotlari
hisobga olinadi.
119
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Tojikiston Respublikasi Suv
kodeksiga asosan mamlakatda
tarkibiga faoliyatlari havzadagi mavjud suv resurslarini reja
-
lashtirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog‘liq
bo‘lgan turli tashkilotlar va korxonalar vakillari kiruvchi Havzaviy
suv kengashlari tuziladi. Asta-sekin barcha havzalar bo‘yicha suv
resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning havza
-
viy rejalari ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: