Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘ining joriy etilishi iqtisodiy mohiyati va va ahamiyati



Download 31,96 Kb.
bet7/8
Sana20.02.2023
Hajmi31,96 Kb.
#913061
1   2   3   4   5   6   7   8
Soliqni hisobga olish tartibi
Yuridik shaxslarning byudjet bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarining buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlari bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:
-davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti;
-byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti.
Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi:
-byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti;
-pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti.
Mavzuga doir masalalar
1-masala. Sanoat korxonasi 2013 yilda jami 60000 kub. metr suv resurslaridan foydalangan bo‘lib, shundan 35 foizi yer osti manbalaridan, qolgan qismi esa yer usti manbalaridan olingan. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
Yechilishi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli Qaroriga ko‘ra sanoat korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2013 yilga yer usti manbalaridan olingan suv uchun bir kub metrga 43,0 so‘m, yer osti manabalaridan foydalanilgan suv uchun bir kub metrga 54,6 so‘m belgilangan.
Korxona 21000 kub metr (60000 x 35%) yer osti suvlaridan; 39000 kub metr (60000 - 21000) yer usti suvlaridan foydalangan.
2. 21000 x 54,6 so‘m = 1 146 600 so‘m
39000 x 43,0 so‘m = 1 677 000 so‘m.
1 146 600 + 1 677 000 = 2 823 600 so‘m jami yillik soliq summasi.
2-masala. Elektrostansiya tomonidan 2013 yilda 450 000 kb.metr yer usti suv resurslaridan, 50 000 kub.metr yer osti suv resurslaridan foydalangan. Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
Yechilishi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli Qaroriga ko‘ra elektrostansiyalar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2013 yilga yer usti manbalaridan olingan suv uchun bir kub metrga 12,4 so‘m, yer osti manabalaridan foydalanilgan suv uchun bir kub metrga 18,5 so‘m belgilangan.
2. 450 000 x 12,4 so‘m = 5 580 000 so‘m yer usti
50 000 x 18,5 so‘m = 925 000 so‘m. yer osti
5 580 000 + 925 000 = 6 505 000 so‘m jami yillik soliq summasi.

Download 31,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish