Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘ining joriy etilishi iqtisodiy mohiyati va va ahamiyati


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘i ob’ekt va soliq solinadigan bazasi



Download 31,96 Kb.
bet3/8
Sana20.02.2023
Hajmi31,96 Kb.
#913061
1   2   3   4   5   6   7   8
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig‘i ob’ekt va soliq solinadigan bazasi

Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari soliq solish ob’ekti hisoblanadi.


Yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv manbalari.
Yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
Foydalanilgan suv resurslarining xajmi soliq solish bazasi hisoblanadi.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suvdan foydalanish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari besh kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim. Soliq to‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lamaydi. Тa’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘laydi.
Yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun soliq solinadigan baza yuqorida belgilangan tartibga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1887-sonli qaroriga ko‘ra, Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlar to‘liq hajmda mahalliy byudjetlar daromadlariga o‘tkazildi.

Download 31,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish