Qo‘ng‘ir suvo‘tlar
Phodophyceae
Sariq-yashil suvo‘tlar
Xanthophyta
Qizil suvo‘tlar Rhodophyta
Chin yashii suvo‘tlar
Chlorophyta
Oltin tusli suvo‘tlarar
Chrysophyta
Yashil suvo‘tlar Chlorophyta
Ko‘k - yashil suvo‘tlar
Cyanophyta
Suvo’tlari
0 ‘simliklaming eng qadimiy vakillari bo‘lib, ulaming 150 turkumga mansub 1400 ta turi
mavjud. Ular ancha oddiy bo‘lib, hujayra tuzilishining soddaligi, protoplastining
differensiallanmaganligi bilan boshqa suvo‘tlardan farq qiladi. Bu suvo‘tlarga eng sodda,
ko‘pincha bir hujayrali yoki koloniya bo‘lib yashaydigan organizmlar kiradi. Kamdan-kam
holda ko‘p hujayrali, ipsimon shakllari ham uchraydi. Ko‘k-yashiI suvo‘tlaming to‘plami
ko‘pincha shilimshiqqa o'ralgan bo‘ladi. Bu suvo‘tlaming hujayralarida bir qancha:
xlorofill, fikotsian, karotin va ayniqsa, fikoeritrin bo‘lib, ulaming o‘zaro nisbati turlicha
bo‘lganligidan har xil rang hosil qiladi. Ulaming hujayrasi oval, sharsimon, ustinsimon va
boshqa shakllarda bo‘ladi. Hujayralari tashqi tomondan ba’zan juda shilimshiqlanuvchi
pektinli yupqa po‘st bilan o‘raladi. Hujayralaming ichki moddasi boMinmagan. Shuning
uchun uning yadrosini ham, plastidasini ham ko‘rib boMmaydi. Lekin protoplazma ikki xil
pigment bilan bo‘yalgan tashqi va xromotin modda tutuvchi rangsiz ichki (markaziy tana
deb ataluvchi) savatdan iboratligini ko‘rish mumkin.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar vegetativ va jinssiz ko‘payadi. Koloniya bo‘lib yashaydigan
vakillarida koloniyaning bo‘linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo‘l bilan ko‘paymaydi,
ba’zan spora hosil qilishi kuzatiladi. Bunda oddiy vegetativ hujayralar sporaga aylanadi.
Sporalar ko‘payishi uchun emas, balki turni noqulay sharoitidan saqlash uchun xizmat
qiladi. Bu suvo'tlar butun yer yuziga tarqalgan boMib, chuchuk va sho‘r suvlarda yashab,
plankton, bentos hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Planktonda juda tez ko‘payib, suvni
“gullatib” yuboradi, natijada suv ichishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar
tuproq yuzasida va uning ustki qatlamlarida ham uchraydi. Ular yerda organik moddalarni
to‘planishiga yordam beradi. Ba’zi turlari atmosferadagi azotni o‘zlashtirib, tuproq
unimdorligini oshiradi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar boshqa suvo'tlardan hujayra tuzilishi bilan
farq qiladi. Hujayrasi po‘st va protoplastdan iborat. Hujayra po‘sti pektin moddasidan
tuzilgan, ba’zan xitin ham uchraydi. Protoplastida vakuolalar boMmaydi. Protoplastining
tashqi qatlami xromotoplazma, markaziy qismi esa sentroplazma deb yuritiladi.
Xromatoplazmada xlorofill, fikosian, karotin, fukoeritrin kabi turli bo‘- yoqlar boMib,
hujayraga ko‘proq ko‘k-yashil rang beradi. Sentroplazma esa rangsiz, unda yadro uchun
xarakterli bo‘lgan DNK, nuklein, timonuklein kislotalar mavjud. Xromotoplazma fotosintez
vazifasini ham bajaradi, chunki unda sochilgan holda xromotofor uchraydi. Ularda kraxmal
hosil boMmaydi. Fotosintez mahsuloti sifatida polisaxaridlardan - glikogen, oqsillardan -
valyutin to‘planadi.
Diatom suvo‘tlarini 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir hujayrali va koloniya bo‘lib
yashaydigan organizmlardir. Bulami hujayrasini shakli juda xilma-xil: yumaloq,
tayoqchasimon, uchburchak bo‘ladi. Diatom suvo‘tlar sinfining eng xarakterli belgisi -
hujayra po‘stining tuzilishidir. Hujayra po‘sti pektindan tuzilgan bo‘- lib, tashqi tomondan
yaxlit kremniy pansir (qalqon) bilan o ‘ralgan. Pansir bir-biriga teng boMmagan ikkita
palladan iborat. Pallalar shunday joylashganki, quticha qopqog‘i singari biri ikkinchisini
o‘rab turadi. K o‘pgina hujayralaming har bir pallasida tirqishsimon teshikchalar bo‘lib,
ular orqali protoplazma tashqi muhit bilan bog‘- lanadi. Kremnezem (qumtuproq) shimib
olgan pallalar juda pishiq, qattiq va ko‘pincha chiroyli gulli boMadi. Diatom suvo‘tlarining
hujayrasi harakatchan boMadi, ular sekin sudralib yoki tirqishsimon teshikchalardan
chiqargan shilimshiq iplar itarishi natijasida juda tez harakat qiladi. Bulami hujayralari
oddiy boMinish yoMi bilan, jinsiy va jinsiz usullarda ko‘payadi. Diatom suvo‘tlar dengiz va
chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga ozuqa boMadi va plankton hamda bentos jumlasiga
kiradi. Dengizlarda diatomlaming protoplast! nobud boMgandan keyin, po‘sti dengiz tubida
to‘planadi va bir necha million yillar davomida ulardan alohida tog‘ jinsi - diatomit yoki
kremniy uni hosil boMadi. Diatomit g‘ovak, yengil boMganligidan undan issiq
o'tkazmaydigan materiallar, g‘ovak gMsht tayyorlashda, turli metallami silliqlashda
foydalaniladi. Diatom suvo‘tlar hujayrasining shakliga ko‘ra patsimonlar - Pennatopsidae,
sentriksimonlar - Centricapsidae sinfiga boMinadi.
Bu bo‘limga taalluqli suvo‘tlar yashil suvo'tlarga o‘xshab ketadi, lekin
zoosporalarining ikkita xivchinlari teng bo‘lmasligi, xromatoforalarida karotinning
ko‘p boMishi sariq-yashil suvo‘tlarining asosiy belgisidir. Fotosintez tufayli bu
suvo'tlarida ham tillarang suvo‘tlarga o‘xshash kraxmal to‘planmasdan, moy
tomchilari, ba’ zan leykozin va valyutin hosil qiladi. Morfologik jihatdan sariq-
yashil suvo‘tlar xilma-xil bo‘lib, 200 ga yaqin tumi o‘z ichiga oladi. Ular oddiy
boMinish yo‘li bilan, shuningdek, jinssiz va ba’zi turlarida izogamiya va
oogamiya yo‘li bilan jinsiy ko‘payish uchrab turadi.Sariq-yashil suvo‘tlami asosan
chuchuk suvlarda, dengizlarda, qisman tuproqda uchratish mumkin. Asosiy
vakillari botridium - Botridium tallomi yashil rangli, tarmoqlangan, rangsiz
rizoidga ega bo‘lib, suv tubiga yopishib yashaydi. Vosheriya (Vocheria) sargMsh-
yashil rangli shoxlangan tallomi bir necha santimetrga yetadigan yirik hujayrali
suvo‘tidir. Buning ham rizoidi bo‘lib, suv tubiga yopishib yashaydi. Vosheriya
jinssiz yoM bilan ko'payib, zoosporalar hosil qiladi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payganda
oogamiya sodir bo‘ladi.
Qizil suvo‘tlarning 4000 turi boMib, ko‘p hujayrali, nozik, yuqori o‘simliklarga o‘xshash
boMib, asosan dengiz suvlarida, ayrim turlari esa chuchuk suvlarda substratga yopishgan
holda yashaydi. Ular quyosh nuri spektrining ko‘k va binafsha nurlari tushib turgan,
chuqurligi 200 m gacha boMgan suv ostida yashaydi. Xromatoforida xlorofill, karotin,
ksantofilldan tashqari, ko‘k rangdagi flkosianin, qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmentlari
bor. Shuning uchun ham ularni rangi qizil, pushti, och binafsha rangga bo‘yalgan. Hujayra
protoplastida sitoplazma, bitta yoki bir nechta yadro va xromatofori bor. Tallomi bir yoki
ko‘p qatorli hujayralardan tashkil topgan, oddiy ipsimon va shoxlangan plastinkaga o
‘xshaydi. Murakkab vakillari sershox buta o‘simlikka o ‘xshab ketadi. Vegetativ, jinssiz va
jinsiy yoM bilan ko‘payadi. Ayrim o‘simliklardagina vegetativ ko‘payishi kurtaklarni
ajratish yoMi bilan boradi. Ularda faol harakatlanuvchi zoosporalar hosil boMmaydi,
buning o‘miga sporangiyda bittadan harakatsiz yalang‘och hujayra yoki to‘rttadan spora
hosil boMadi. Bular monospora yoki tetrospora deyiladi. Bular yetilgandan so‘ng suv ostiga
tushadi. Jinsiy ko‘payish oogoniy tipida bo‘lib, onalik jinsiy organlarini kaф0g0n deyiladi.
Karpogon ingichka, cho‘ziq bo‘g‘izli kolbaga o‘xshaydi, uning ostki qismini qorincha
bo‘ynini esa trixogina deyiladi. Anteridiy bir hujayrali boMib, karpogon yonida yoki
boshida to‘da-to‘da bo‘lib joylashgan. Uning ichida bittadan spermasi hosil boMadi. Tuxum
hujayrada urugMangandan so‘ng ko‘p hujayrali tuzilma - sistokarpiy hosil boMadi. Bu esa
sporalar hosil qiladi. Qizil suvo‘tlarining ko‘pchiligida nasllar navbatlashib turadi. Bu
boMim ikki sinfga boMinadi: bangiosidasimonlar - Bangiopsidae hamda
florideopsidasimonlar - Florideopsidae.
Qo‘ng‘ir suvo‘t!ar - Phodophyceae. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar vakillari sovuq va mo‘tadil
iqlimdagi dengizlarda yashaydi. Xromatoforida xlorofildan tashqari, qo‘ng‘ir rangli alohida
pigment fikoksantin bo‘lib, ulami o‘ziga xos rangga kiritadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar koloniya
bo‘lib yashaydigan ko‘p hujayrali organizmlardir. BoMimga faqat dengizlarda hayot
kechiradigan, tuzilishi va oMchami turli-tuman boMgan, xromatoforlari qo‘ngMr rangli
suvo‘tlari kiradi. Bu sinf ba’ zi vakillarining hujayrasida qismlarga ajralish kuzatiladi. Bu
hujayralar har xil to‘qimalar hosil qiladi hamda tallomni morfologik jihatdan barg va
poyasimon organlarga ajratadi. Hujayralaming po‘sti sellyulozadan iborat, ba’zan pektin
modda shimilgan boMib, shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Bular sporalar va jinsiy yoM
bilan ko‘- payadi. Ayrim vakillari iste’mol qilinadi, ba’zilaridan kaliyli tuzlar, yod, atseton,
spirt, sirka kislotalar olinadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining rangi ularning xromatoforida xlorofill
va karotinning hamda qo‘ngMr pigment fukoksantin miqdoriga bogMiq boMadi. Qo‘ngMr
suvo ‘tlarining oddiy tuzilganlarining tallomi bir necha santimetr keladigan shoxlangan
ipdan iborat. Yuksakroq darajada tashkil topganlarining vegetativ tanasi morfologik
jihatdan ancha murakkab.
Do'stlaringiz bilan baham: |