Suv ostida sakson ming kilometr


  Kolibri   -   tropik  mamlakatlarda  yashovchi  rang-barang  patli



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km



Kolibri

  -   tropik  mamlakatlarda  yashovchi  rang-barang  patli

 

kichkina qush.



162


ishora qildi. Biz poyalari gotik uslubda qurilgan ibo- 

datxonaning  nayza  cho'qqilari  kabi  yuqoriga  qarab 

ko'tarilgan alariy ostida cho'zilishdik.

Juda  huzur  qilib  dam  oldik.  Faqat  gaplashib 

o'tirishning  iloji  yo'q  edi.  Chunki  gapirish  ham, 

eshitish ham mumkin emas  edi.  Men o'zimning ul­

kan mis boshimni Konselning xuddi shunaqa boshi- 

ga  yaqinlashtirdim  va  dilkash  do'stimning  ko'zlari 

hayratdan  chaqnab  turganini  ko'rib  qanoat  hosil 

qildim.  U  o'zining  g'oyat  mamnunligini  bildirish 

uchun  metall  shlemi  ichida  boshini  kulgili  holatda 

liqillatib qo'ydi.

To'rt  soatlik  sayrdan keyin ham  qornim  ochma- 

ganiga hayron edim.  Oshqozonim bu qadar bardosh 

berayotganining  sababini  tushunolmasdim.  Ammo 

g'awoslarda  bo'ladiganday  meni  ham  uyqu  bosa 

boshladi.  Qalin  oyna  ortida  ko'zimni  yumdim.  Yu- 

rish  natijasida  yengilib  kelgan  mudroq  ustun  chi- 

qa  boshladi.  Kapitan  Nemo  bilan  barzangi  matros 

namuna  ko'rsatganday  birinchi  bo'lib  qum  ustida 

cho'zilib, tezda uxlab qolishdi.

Qancha  uxlaganimni  bilmayman.  Ko'zimni  och- 

sam,  kapitan  Nemo  o'rnidan  turgan  ekan.  Homu- 

za tortib turgandim, birdan o'zimdan bir necha  qa- 

dam  narida  bo'yi  rosa  bir  metr  keladigan  katta  de­

ngiz  qisqichbaqasiga  ko'zim  tushib  qoldi;  aftidan, 

menga  hujum  qilmoqchi  bo'lib,  qiyshiq  ko'zlarini 

baqraytirib  turardi.  Skafandrim  uning  tishidan  hi- 

moya  eta  oladigan  darajada  qalin  bo'lishiga  qara­

may,  baribir  qo'rqqanimdan  titrog'imni  bosolmas 

•dim.  Shu  payt  Konsel  bilan  «Nautilus»  matrosi 

eyi^orUb qolishdi.

Kapitan  Nemo dahshatli  maxluqqa  ishora qilishi 

bilan  matros  qisqichbaqani  o'sha  zahotiyoq  miltiq 

qo'ndog'l bilan urlb o'ldirdi.

163



Ulkan  bo‘g‘inoyoqlini  ko'rgach,  bu  zim-ziyo 

chuqurlikda skafandrim ulardan himoya etolmaydi- 

gan boshqa dahshatliroq maxluqlar yashashi mum- 

kinligini oyladim.

Ehtiyot bo'lishga qaror qildim.

Bu  dam  olishimiz  sayrimizning  xotimasi  deb 

xato  oylagan  ekanman.  Kapitan  Nemo  «Nautilus» 

tomon yurmay, yana olg‘a ketdi.

Okean  tubi  borgan  sari  chuqurlashardi,  bino­

barin,  biz  qiyalab  yurib,  tobora  dengiz  qa’riga  tu- 

shar  edik.  Yuz  ellik  metr  chuqurlikda  ikki  tik  qoya 

oraligidagi  pastlikka  yetib  kelganimizda,  soat 

uchlar  chamasi  edi.  G'awoslik  kostumimiz  tako- 

millashtirilgani  tufayli  tabiat  insonning  suvostiga 

qiladigan  sayohatlariga  belgilagan  chuqurlikdan 

to'qson metr pastroqqa tushgan edik.

Chuqurlikni  belgilab  beradigan  biror  asbobim 

bo‘lmasa-da,  biz  yuz  ellik  metr  suvostiga  tushga- 

nimizni  aniqladim.  Chunki  men  eng  tiniq  suvda 

ham  quyosh  nuri  bundan  chuqur  masofaga  o'tol- 

masligini  bilardim.  Xuddi  shu  chuqurlikda  bo'lgan 

paytimizda atrof zim-ziyo  edi.  Ammo birdan oldin- 

da  yorqin  shu’la  taraldi.  Kapitan  Nemo  o'zining 

elektr  fonarini  yoqqan  edi.  Unga  ergashib  hamro- 

hi  ham  fonarini yoqdi.  Shundan  so'ng Konsel bilan 

men  ham  fonarlarimizni  yoqdik;  biz  vklyuchatelni 

burdik  va  ichiga  gaz  to'latilgan  ilonsimon  trubka 

elektr  tokidan  quw at  olib,  yorug'lik  tarata  bosh­

ladi.

Bizning  to'rtta  fonarimizdan  chiqqan  yorug'lik 



dengizni yigirma besh metr radiusida yoritdi.

Kapitan  Nemo  hamon  qorong'i  o'rmonning ich- 

karisiga  kirib  borardi.  Daraxtlar borgan  sari  kama- 

yardi.  0 ‘simlik  olami  hayvonot  dunyosidan  ko'ra 

tezroq  siyraklashar  edi.  Biz  endi  dengiz  o'simlik-

164



larini  deyarli  uchratmasak-da,  zoofitlar,  bo'g'in- 

oyoqlilar,  molluskalar  va  baliqlar  atrofimizda 

g'ujg'on o'ynardi.

Elektr  fonarlari  dengiz  jonivorlarining  diqqatini 

jalb  etsa kerak,  degan  fikr xayolimdan o'tdi.  Ammo 

ular  bizga  yaqinlashsalar-da,  bemalol  ov  qilsa 

bo'ladigan masofaga kelmas edilar.

Kapitan  Nemo  bir  necha  bor  to'xtab,  miltiq 

qo'ndog'ini  yelkasiga  tiraganini  ko'rdim.  Ammo 

mo'ljalga olib, o'q uzmay miltiqni tushirar edi.

Nihoyat,  tushdan  keyin  soat  to'rtlarga  yaqin- 

lashganda biz  ajoyib  sayrimizda  mo'ljallagan yerga 

yetdik.  To'satdan  oldimizda  qorong'i  g'orlar  o'yil- 

gan  ulugvor  qoyalar  uyumidan  iborat  ulkan  granit 

devor  paydo  bo'ldi.  U  deyarli  tik  ekan.  Bu  Krespo 

orolining etagi edi. Bu  -  yer edi.

Kapitan Nemo to'xtadi. Bizga ham to'xtash isho- 

rasini  qildi.  Menda  bu  devordan  oshib  o'tish  istagi 

qanchalik  kuchli  bo'lmasin,  to'xtashga  to'g'ri  kel­

di.  Kapitan Nemoning mulki  shu yerda tugar edi.  U 

chegara hatlab nariga o'tishni istamas edi.

Bu  to'siqning  naryog'ida  u  borishni  istamaydi- 

gan boshqa dunyo boshlanadi!

Biz  orqaga  qaytdik.  Kapitan  Nemo  yana  kichki- 

na  otryadimizning  oldiga  tushib,  ikkilanmay  olg'a 

boshladi.  Nazarimda  biz  «Nautilus»ga  boshqa  yo'l 

bilan qaytayotgan edik.

Bu  yangi,  juda  tik,  binobarin,  g'oyatda  char- 

chatadigan  yo'l  dengiz  sathiga  bizni  tez  yaqin- 

lashtirardi.  Ammo  suvning  yuqori  qatlamlariga 

biz  ko'ngilsiz  oqibatlarga  olib  keladigan  daraja­

da  tez  ko'tarilganimiz  yo'q:  ma’lumki,  bosimning 

to'satdan o'zgarishi odam organizmida qondan azot 

ajralib chiqishiga -  qonning qaynashiga olib keladi.

Bu  xavf  katta  chuqurlikdan  suv  sathiga  tez

165



ko'tariladigan  barcha  ehtiyotsiz  g'aw oslar  uchun 

halokatlidir.

Ko‘p  o'tmay  biz  yana  suvning  yorug'  qatlam- 

lariga  kirdik.  Quyosh  shafaqda  pastlab  turganidan 

uning  nurlari  suvda  sinib,  o'simliklar  atrofida  ka- 

malak singari tovlanib, jilvalanardi.

Biz  turli-tuman baliqchalar qurshovida  o‘n metr 

chuqurlikda  borar  edik;  ammo  shu  paytgacha  o‘q 

uzsa  arzigudek  biror  suv  maxluqi  ko'zimizga  cha- 

lingani yo‘q.

To'satdan men kapitan Nemoning miltiqni yana 

yelkasiga  tirab,  suvosti  butasi  ostida  qimirlayot- 

gan  allaqanday  mavjudotni  mo'ljalga  olayotganini 

ko'rib  qoldim.  U  tepkisini  bosdi.  Kuchsiz  hushtak 

tovushi  eshitilib,  bizdan  besh  qadam  narida  alla­

qanday maxluq yiqildi.

Bu  dengiz  suvsari1  -   dengizning  yagona  to ‘rt- 

oyoqlisi  edi.  Uzunligi  bir  yarim  metr,  yelkasi  to ‘q 

qo'ng'ir,  qorni  kumushrang  bu  jonivorning  terisi 

rus  va  xitoy  bozorlarida  juda  ham  yuqori  bahola- 

nadi.  Uzun  tanasi  silliq,  oyoqlari  kalta-kalta,  yassi 

boshli,  tum shugi  pachoq,  quloqlari  kichkina,  oyoq 

panjalarining  orasi  parda  bilan  chirmashgan  va 

dumi  uzun  bu  maxluqni  men  qiziqib  ko'zdan  ke- 

chirdim.  Keyingi  paytlarda  juda kamyob bo'lib  qol­

gan  bu  qimmatbaho  yirtqich  hayvonni  baliqchilar 

ovlashga  zo‘r  berib  intiladilar.  U  endilikda  Tinch 

okeanning  shimoliy  qismlaridagina  uchrab,  keyin- 

chalik tamoman yo‘q bo‘lib ketsa ham ajab emas.

Matros  suvsarni ^yelkasiga  ko'tarib  oldi  va  biz 

yana yo'lda davom efdik.

Bir  soat  davomida  qum  tekisligi  boylab  bordik. 

Ba’zi  o'rinlarda  u  dengiz  sathidan  ikki  metr  yer- 

gacha ko'tarilgan edi.  Shunda men aksimizni  oyna-




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish