Suv ostida sakson ming kilometr



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

Be shin chi  b o b

KO‘R-KO‘RONA QUVISH

«Avraam  Linkoln»  suza  boshlagan  dastlabki 

kunlarda hech qanday voqea ro‘y bermadi. Faqat bir 

kuni  Ned  Lend  hayratomuz  san’atini  namoyish  qi- 

Iishiga  juda qulay fursat kelib qoldi.  Garpunchi ana 

o'shanda  unga  bemalol  ishonaverish  mumkinligini 

amalda ko'rsatdi.

Falklend  orollariga  yaqinlashganda  «Avraam 

Linkoln»  Amerika  kit  ovlovchi  kemasi  «Monroe»ni

37



uchratdi. Uning komandasi narval haqida hech nar- 

sa  eshitmagan  edi.  Ammo  «Monroe»ning  kapitani 

«Avraam  Linkoln»da  mashhur  Ned  Lend  borligini 

eshitib,  quvib  kelinayotgan  kitni  ovlashda  yordam 

berishini  so‘radi.  Ned  Lendning  qanday  ishlashi- 

ni  ko'rishga  ishtiyoqmand  bo'lgan  kapitan  Faragut 

garpunchiga «Monroe»ga o'tishga ruxsat berdi.

Kanadalikning  omadi  keldi.  Bitta  kit  o'rniga  u 

ikkitasini  garpunladi.  Birinchisini  yuragiga  garpun 

sanchib,  o'sha  zahotiyoq  o'ldirdi,  ikkinchisini  esa 

bir necha minut ta ’qibdan keyin saranjomladi.

Vaqti  soati  kelib  bahaybat  maxluq  Ned  Lend­

ning  garpuniga  duchor  bo'lsa,  undan  tirik  qutuli- 

shi amrimahol!

Kema  juda  katta  tezlik bilan  Amerikaning janu- 

bi  sharqiy  sohillari  bo'ylab  suzar  edi.  3-iyulda  biz 

Magellan bo‘g‘ozining kiraverishidagi Dev buruniga 

yetib keldik.

Biroq kapitan Faragut bu  ilon izi bo'gozni  chet- 

lab o‘tib, Gorn buruni tomon yo‘l oldi.

Ekipaj  uning  bu  ishini  yakdillik  bilan  ma’qul- 

ladi.


Darhaqiqat,  narvalni  bu  tor  bo‘g‘ozda  uchra- 

tish ehtimoldan uzoq  edi.  Ko‘p  matroslar bahaybat 

maxluq «Magellan bo‘g‘ozidan o'tishga semizlik qi­

lib qoladi» degan fikrda edilar.

6-iyul kuni  tushdan keyin soat uchga yaqin «Av­

raam  Linkoln»  Amerika  qit’asi  tugaydigan  joyda 

tashlandiq  bo‘lib  qolgan  va  gollandiyalik  dengiz- 

chilar o ‘zlarining jonajon  shaharlari  sharafiga  Gorn 

buruni  deb  atashgan  o'sha  yolgiz  orolcha,  o'sha 

qoyani  aylanib  o‘tdi.  Kema  shimoli  g'arb  tomon- 

ga  yo‘l  oldi  va  uning  vinti  Tinch  okean  suvlarini 

ko‘pirtira boshladi.



38


-   Ko‘z-quloq bo‘lib  tur!  Ko‘z-quloq bo'lib  tur!  -  

deyishardi «Avraam Linkoln» matroslari.

Ular chindan ham ko‘z-quloq bo'lib turishar edi. 

Ikki ming dollar mukofotning daragini  eshitib,  qizi- 

qib qolgan odamlar okean sathidan sira ko‘z  uzmas 

edilar. Ko'zlar va durbinlar kecha-yu kunduz bir se- 

kund ham tinim bilmas edi.

Niktaloplarning  -   kechasi  ham  kunduzda- 

gidek  aniq  ko‘ra  bilish  qobiliyatiga  ega  bo'lgan 

kishilarning  mukofotni  olishga  hamma  qatori 

ko'radiganlarga nisbatan ikki baravar ko'proq imko- 

niyatlari bor edi.

Garchand  mukofot  meni  qiziqtirmasa-da,  kun 

bo‘yi dengizdan ko‘z uzmay,  qarab turar edim.  Sut- 

kasiga uch-to‘rt soatgina uxlab, naridan beri ovqat- 

lanib  olib,  qolgan  vaqtimni  qimir  etmay  palubada 

o'tkazar edim.

Goh  kemaning  old  tomonidagi  panjaradan  en- 

gashib,  goh kema  quyrug'iga kelib,  ko'zim  ilg'agan 

ijoygacha  eshkak  vallaridan  har  tomonga  sachra- 

yotgan bir xildagi ko'piklarga suqlanib boqar edim.

Ko'pincha  ufqda  kitning  qorasi  ko'zga  chalinib 

qolar,  shunday  paytlarda  butun  ekipaj  bilan  birga 

men ham juda qattiq hayajonlanardim! Bunday kez- 

larda bir  zumdayoq butun  ekipaj  kema  sahniga yu- 

gurib  chiqar edi.  Hamma ham entika-entika ko'zini 

katta  ochib,  kitning  har  bir  harakatini  diqqat  bilan 

kuzatar  edi.  Men  ham  qarardim,  ko‘z  oldim  xira- 

lashguncha kuzatardim.

Bunday paytlarda tepsa tebranmas  Konsel  men­

ga bamaylixotir murojaat qilar edi:

-   Xo'jam,  ko'zlarini  yirmay  qarasalar  yaxshiroq 

ko'rardilar.

Biroq  har  gal  ham  hayajonimiz  bekor  ketar  edi. 

«Avraam  Linkoln»  taxmin  qilingan  dushmanga  ya-

39



qinlashib, uning oddiy kashalot yoki kitligini ко‘rib, 

yana yo'lida davom etar,  komanda esa gunohsiz  jo- 

nivor boshiga la’natlar yog'dirar edi.

Havo hamisha yaxshi  bo'lib turdi.  Janubiy yarim 

sharda  iyul  shimoldagi yanvarga to'g'ri kelib,  odat- 

da  bunday  kezlarda  ayni  yog‘ingarchilik  bo'lishiga 

qaramay,  safarimiz  juda  yaxshi  sharoitda  davom 

etdi. Dengiz sokin, atrof yaqqol ko'rinar edi.

Ned  Lend  o‘sha  ishonchsizligida  qattiq turib  ol- 

gan  edi.  Buni  namoyish  qilish uchun  qorovullikdan 

bo'shagan  soatlarda  kit  ko'rinmasa  dengizga  atay- 

lab qaramas edi.

Shunisi  alam  qilar  edi.  Chunki  uning  g'oyat 

o'tkir ko'zlari ekspeditsiyaga juda katta foyda kelti- 

rishi mumkin edi-da.

Ammo  qaysar  kanadalik  yigirma  to'rt  soat- 

dan  o‘n  olti  soatini  kayutada  o'tkazishni  ma’qul 

ko'rardi.

Men  uning  beparvoligini  yuz  marta  yuziga  sol- 

dim.


-  

Bekordan  bekorga  ko'zni  toliqtirishning  nima 

keragi  bor,  professor,  -   deb  javob  berar edi  u  men- 

ga.  -   Awalo,  hech  qanaqanarvalning  o ‘zi  yo‘q, 

bordi-yu, biror jonivor mavjud bo'lganda ham u bi­

lan  to'qnashuvga  bizda  qanday  asos  bor?  Axir  biz 

uni  ko‘r-ko‘rona,  tavakkal  qilib  quvyapmiz.  Alla- 

qanday  kema,  darhaqiqat,  bu  tutqich  bermas  hay- 

vonni  Tinch  okeanda  uchratdi  ham  deylik.  Ammo 

shundan  buyon  oradan  qariyb  ikki  oy  o'tdi.  O'sha 

narvalning  xarakteriga  qaraganda,  u  bir  joyda 

uzoq  muddat  qaqqayib  turishni  yoqtirmaydi.  Siz 

o'zingiz  uni  juda  tez  harakat  qiladi,  deb  aytyapsiz. 

0 ‘ylaymanki,  hech  narsani  maqsadsiz  yaratmagan 

tabiat,  shamol  tezligida,  harakat  qiladigan  o'sha 

mavjudotni  tabiatan  juda  vazmin  qilib  ham  yarat-



40


magan  bo'lsa  kerak  desam,  fikrimga  qo'shilarsiz. 

Binobarin,  bordi-yu,  bu  hayvon  mavjud  bo'lganda 

ham, u bu yerdan ancha uzoqda!

Bu  fikmi  bir  nima  deb  rad  etish  qiyin  edi.  Biz 

darhaqiqat  ko‘r-ko‘rona  suzar  edik.  Ammo  boshqa 

nima ham qila olardik.  Ned Lend  -  haq: bizning ba­

haybat  maxluq bilan  uchrashuvimizga  deyarli  umid 

yo‘q  edi.  Shunga  qaramay,  ekspeditsiyaning baribir 

muvaffaqiyatli tugashiga hech kim shubhalanmasdi.

20-iyulda  biz  Kozerog  tropigini  uzunlikning 

105-gradusida  ikkinchi  marta  kesib  o'tdik,  o‘sha 

oyning 27-sida uzunlikning  110-gradusida ekvator- 

dan o‘tdik. 0 ‘sha kunning o'zidayoq, kema janubga, 

Tinch okeanning markaziy havzasi tomon yo‘l  oldi. 

Kapitan  narvalni  quruqliklar va  orollardan  uzoqda, 

suvi  chuqur  zonalarda  qidirish  kerak,  degan  qat’iy 

fikrda  edi.  Botsmanimizning  fikricha,  bahaybat 

maxluq «aftidan  dengiz  uni  qanoatlantiradigan  da- 

rajada  chuqur  bo'lmaganidan»  bu  yerlarga  kelma- 

gan.


Shunday  qilib,  kema  Paumotu,  Markiz,  Sand- 

vichev  orollari  yonidan  o‘tdi-da,  Rak  tropigini 

uzunlikning  132-gradusida  kesib,  Xitoy dengizi  to­

mon yo‘l oldi.

Mana, nihoyat biz bahaybat maxluq so'nggi mar­

ta  uchragan  joyga yetib  keldik!  Hammaning yuragi 

shu  qadar  tez  gupullab  urardiki,  bu  ahvolda  yurak 

kasalligining kemada keng tarqalishi hech gap emas 

edi.  Miyadan  ketmaydigan  bu  fikrdan  butun  ekipaj 

vasvasaga  tushib  qolgan  edi.  Odamlar  uxlashmas, 

ovqat  ham  yemas  edilar,  kuniga  yigirma  martadan 

ko‘z  aldanib  qattiq hayajonlanish,  Iekin har gal  ku- 

tilgan  umid  chipakka  chiqqanda,  ekipajdagilaming 

asablari  buzilar,  buning  oqibati  yaxshi  bo'lmasligi 

aniq edi.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish