Suv ostida sakson ming kilometr


O' n  b i r i n c h i   b o b



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

O' n  b i r i n c h i   b o b  

SARGASSO  DENGIZI

Biroq  «Nautilus»  ham on  Yevropadan  uzoqlash- 

m oqda  edi.  Yaqin  oradagi  uning  sohilini  ko'rish 

um ididan voz kechib turishga to 'g 'ri keldi.

392



Kapitan Nemo janub tom on y o'l olgan edi.

U kem asini qayoqqa olib ketyapti?

Bunisini bilolmadim.

Shu  kuni  «Nautilus»  A tlantik  okeanning  eng 

qiziq  joylaridan  suzdi.  Katta  issiq  okean  oqimi  -  

Golfstrim  mavjudligi  ham m aga  ayon.  U  Florida  so- 

hillaridan  Shpitsbergen  tom on  oqadi.  Biroq  Mek- 

sika  qo'ltig'iga  yetm ay,  shim oliy  kenglikning  qirq 

to 'rtin ch i gradusida bu oqim ikki tarm oqqa bo'linib 

ketadi:  bulardan  ko'prog'i  Irlandiya  va  Norvegiya 

sohillari yonidan o 'tadi, kam rog'i esa janubga, Azor 

orollari tom on buriladi,  so'ng Afrika qirg'og'iga b o ­

rib,  keng  yarim   doira  yasaydi-da,  Antil  orollariga 

qaytadi.


Ana  shu  ikkinchi  tarm oq  -   aslida  tarm oq  emas, 

doira  desa  to 'g 'riro q   bo'ladi  -   A tlantik  okeanning 

Sargasso  dengizi  nom ini  olgan  kam qatnov  va  so- 

kin  qismini  iliq  suv oqimi bilan  gir  aylantirib to 'sib  

qo'ygan.

Shunday  qilib,  Sargasso  dengizi  A tlantik  oke- 

andagi  chinakam   ko'lga  o'xshab  qolgan.  U  shu  q a­

dar  cho'zilib  ketganki,  o'z  yo'lida  Golfstrim  suvi 

uning atrofini uch yilda aylanib chiqadi.

Sirasini aytganda,  Sargasso dengizi b u tu n  A tlan- 

tid an in g   dengizga  cho'kkan  qismi  ustida  yastanib 

yotadi.  H atto  ayrim  olim lar  uning  sathida  qalqib 

yuradigan  o 'tla r  ana  shu  yo'qolib  ketgan  q it’aning 

keng  dalalarida  o'sgan  degan  taxm inlarni  ham   ay- 

tishgan.  Biroq bu taxm in haqiqatga unchalik to ‘g‘ri 

kelm asdi;  o 'sh a  Golfstrim bu y o 'sin  va o 'tlarn i  Sar­

gasso  dengiziga Yevropa va Amerika  qirg'oqlaridan 

olib kelgan bo'lishi ehtim olga yaqinroqdir.

Ana  shu  vaziyat  boshqalar  qatorida  Kolumbni 

ham   Yangi  Dunyo  mavjudligi  haqidagi  fikrga  olib 

kelgan.  Shijoatli  tadqiqotchi  Sargasso  dengizi-

393



dan  o'tayotganida,  yo'sin  va  o 'tla r  uning  kemalari 

yo'lini  to'sib,  kom andani  rosa  qo'rqitdi  va  suzish 

m uddati rosa uch haftaga kechikdi.

Hozir  «Nautilus»  suzayotgan  dengiz  m ana  shu- 

naqa  edi.  U  suv o 'tlari  gilami  bilan  qoplangan  chi- 

nakam  yaylovga o'xshab ketar va shu qadar qalin va 

m ustahkam  ediki, kem a uni tu m sh u g 'i bilan zo'rg'a 

kesib  borardi.  Shuning  uchun  ham   kapitan  Nemo 

Sargasso  dengizining  bu  o 'tib   bo'lm as  to'siqlarida 

parrakni  sindirib  qo'ym aslik yoki  shikastlantirm as- 

lik uchun bir necha o 'n  m etr chuqurlikda suzar edi.

«Sargasso  dengizi»  degan  nom   ispan  so'zi  «Sar- 

gazzo»dan olingan bo'lib,  «suv o'tlari», ya’ni yo'sin 

demakdir.  Y o'sinlar  asosan  suzib  yurib,  bu  gigant 

havzani o'sim lik bilan qoplaydi.

Nega  endi  A tlantik  okeanning  ana  shu  sokin 

burchagida  bu  qadar  ko'p  yo'sin  yig'ilgan,  degan 

savolga «Yer yuzining fizik geografiyasi» kitobining 

avtori Meri javob berdi.

«Bu  hodisaning  qanday  sodir  bo'lganiga  ja­

vob,  -   deb  izoh  beradi  u  o'z  kitobida,  -   ham m aga 

m a’lum   tajribadan kelib  chiqadi.  Agar  suv  solingan 

idishga  bir  parcha  po'kak,  payraha yoki boshqa  su- 

zadigan jism lar tashlansa va  suv harakatga keltiril- 

sa, tez orada sochilib yotgan parchalar idish m arka- 

ziga,  ya’ni  harakat  kam roq  bo'lgan  yerga  yig'iladi. 

Bizni  qiziqtirayotgan  m asalada  A tlantik  okeanni 

idish deb faraz etsak, Golfstrim -  bu aylanm a oqim, 

Sargasso dengizi esa idish markazi bo'lib, suzadigan 

barcha jism lar unga yig'ilib keladi».

Men M orining fikriga tam om an qo'shilam an.

Men bu hodisani boshqa olim larning oyog'i yet- 

m agan yerda -  suvosti sharoitida o'rgandim . Kema- 

miz uzra q o 'n g 'ir yo 'sinlar va o 'tla r suzar edi: Anda 

va  Qoyali  to g 'larid a  b o 'ro n   ag'an atg an  va  okeanga

394



Amazonka yoki  Missisipi  suvlari  orqali  oqib  kelgan 

daraxt  tanalari,  kem a  rangoutlari,  quyruqlari,  qop- 

lam a  yoki  korpuslarining  bo'laklari  kabi  ko'pgina 

halokat  qoldiqlari  suzar  edi,  ular  yopishib  olgan 

chig'anoqlar  qatlam idan  shu  qadar  og'irlashgan 

ediki, h atto  endi suv sathiga suzib chiqolm as edi.

Vaqti  kelib  M orining  -   Sargasso  dengizida 

to 'p lan g an   ana  shu  barcha  narsalar  uzoq  asrlar 

davomida  dengiz  suvi  ta ’sirida  m inerallashadi  va 

bitm as-tuganm as  toshko'm ir  qatlam lariga  aylana- 

di,  degan  fikri  ham   tasdiqlanishiga  sira  shubham  

yo'q.  Bu  -   odam lar  yer  yuzi  konlaridagi  bu tu n  

ko'm irni  ishlatib  bo'lgan  taqdirda  tab iat  har  ehti- 

molga  qarshi  tayyorlab  qo'ygan  yoqilg'i  om borlari 

edi.

Tartibsiz  holda  yotgan  shu  o 'tla r  va  yo'sinlar 



orasida  m en  ustida  m ayda  tuklardan  iborat  hur- 

paygan  toji  silkinib  turgan  antiniylar  va  ko'plab 

yashil,  qizil, ko'k m eduzalarni,  shu jum ladan havo- 

rangga  moyil,  soyaboni binafsharang hoshiyali  me- 

duzani ko'rdim .

22-fevralda  kun  bo'yi  Sargasso  dengizi  ostida 

bo'ldik.  Dengiz  o'tlari  bilan  oziqlanadigan  baliq- 

larga  yem ish  bu  yerda  juda  serob  edi.  Biroq  ertasi 

kuni okean asl holiga qaytdi.

Keyingi  kunlar  davomida,  23-fevraldan  12- 

m artgacha  «Nautilus»  sutkasiga  to 'rt  yuz  kilo- 

m etrdan  yo'l  bosib,  sira  og'ishm ay  janub  tom on 

yurdi.  Aftidan,  kapitan  Nemo  jahon  bo'ylab  suv­

osti  sayohati  rejalarini  amalga  oshirayotganga 

o'xshardi,  binobarin,  m en  «Nautilus»  Gori  buru- 

nidan  o'tgach,  Tinch  okeanning  janubiy  qismiga 

qaytishiga ishonardim .

Xullas, Ned Lendning ehtiyotkorligi to 'g 'ri bo'lib 

chiqdi.  Orollar  kam dan  kam  uchraydigan  bu  bepo-

395



yon  suv  sahrosida  qochish  haqida  o'ylash  befoyda 

edi.  Biroq  ikkinchi  tom ondan kapitan  Nemo  rejasi- 

ning am alga oshirilishiga xalaqit beradigan imkoni- 

yatim iz ham  yo'q edi.

Taqdirga ta n  berishdan bo‘lak ilojimiz qolm agan 

edi.


Ammo  qochishga  qulay  fursat  kelishiga  um id 

qolm agan  ekan,  ozodlikka  chiqishning  yana  bir 

yo'lini  ishga  solish m um kin.  Jahon b o y la b   sayohat 

poyoniga  yetgach,  kapitan  Nem odan  uning  sirla- 

rini  hech  qachon  fosh  etm aslikka  va’da  berib,  eva- 

ziga  bizni  ozodlikka  chiqarishini  so'rashga  um id- 

vor  edim.  Bu  burchim izni  sharaf  bilan  bajargan 

b o 'lar edik va uning siri biz bilan birga o‘lar edi.

Biroq a w a lo  bu taklifga kapitan Nemo nim a de- 

yishini aniqlam oq kerak edi. Axir u boshda o'z sirini 

fosh etm aslik uchun bizni um r bo'yi  «Nautilus»ning 

bandilari  qilib  saqlashini  q a t’iy  tarzda  aytgan  edi. 

T o 'rt oy davom ida biror m arta ham  m ening bu ma- 

salaga qaytm aganim ni sukut alom ati rizo qabilida u 

o 'z rejalariga qo'shilganim ning ifodasi  deb tu sh u n - 

gan bo'lishi mumkin.

Hozir  bu  haqda  gap  ochsa,  u  shubhalanib  qola- 

di,  bu  esa  vaqti  kelib  yana  qochishga  qulay  fursat 

yetganda,  uni  am alga  oshirishim izga  faqat  xalaqit 

berishi mumkin.

Mana  shunday m ulohazalar xayolim ni tam om an 

band  etgan  edi.  Bu  haqdagi  o'ylarim ni  Konselga 

aytdim .  Bu  fikrlar  uni  ham   m endan  kam   tashvish- 

ga  solmadi.  Um um an  olganda,  m en  tushkunlikka 

osonlikcha  berilm asam -da,  am m o  jam iyatga  qay- 

tishim izga  um id  kun  sayin  so'nayotganini  sezar- 

dim  va kapitan N em oning g'oyat q a t’iylik bilan b o r­

gan  sari  A tlantik  okeanning  janubiga  qarab  keta-



396


yotgani esa bu um idsizlikni tobora kuchaytirm oqda 

edi.


Keyingi  o 'n   sakkiz  kunlik  suzishim iz  davomida 

biror esda qoladigan voqea sodir bo'lgani yo'q. Men 

kapitan  bilan  kam dan  kam  uchrashardim .  U  ko'p 

ishlar  edi.  K utubxonada  ko'pincha  u  ochiq  qoldir- 

gan  kitoblarga  ko'zim   tushar,  bularning  ko'pi  ta ­

biiyot  tarixiga  doir  edi.  Dengiz  osti  sirlari  haqidagi 

kitobim ning  hoshiyalari  uning  turli  belgilari  bilan 

to 'lib   ketgan,  ularning  ko'pida  m ening  nazariyala- 

rim   va  jum la  tuzishlarim ga  e ’tiroz  bildirilgan  edi. 

Ammo  kapitan  Nemo  xatolarim ni  belgilab  qo'yish 

bilangina  qanoatlanar,  m en  bilan  esa  bahslashm as 

edi.


Ba’zan uning organ chalayotganini eshitar edim. 

U  juda  hayajonlanib,  m ahorat  bilan,  am m o  faqat 

tu n d a,  ham m a yoqni  zulm at pardasi  qoplab,  «Nau­

tilus» okean sahrosida qattiq  uyquga ketganda cha- 

lar edi.

Shu  kunlarda  biz  ko'pincha  okean  sathida  suz- 

dik.  Dengiz  b o 'm -b o 'sh   edi.  A hyon-ahyondagina 

uzoqda  allaqanday yelkanli  kem a  H indistonga yoki 

Yaxshi Umid buruni  tom on shoshilib ketayotganini 

ko'rib qolar edik.

I  Bir  kuni  ortim izdan  kit  ovlaydigan  kem a  qu- 

vib  qoldi,  aftidan,  bizni  juda  katta  kit  deb  o'yladi, 

shekilli.  Ammo  kapitan  Nemo  sho'rlik  dengizchi- 

larning  bekordan  bekorga  vaqt  va  m eh n at  sarf- 

lashlarini istam adi va suvga sh o 'n g 'ib  qo'ya qoldi.

Bu  voqea  Ned  Lendni  juda  qiziqtirib  qoldi.  Me­

nim cha  kanadalik  bizning  tem ir  kitim izni  gar­

p u n   sanchib  o'ldirib  bo'lm asligiga  astoydil  afsus- 

lanayotgan edi, desam  xato qilm agan bo'lam an.

Bu  yerning  baliqlari  shimoliy  kengliklarda 

ko'rgan  baliqlarim izdan  kam  farq  qilar  edi.  Ba’zan

397



yonim izdan dengiz itlari -  baliqchilarning aytishla- 

richa, nihoyat darajada yuxoliklari bilan farq qiladi- 

gan k atta baliqlar suzib o 'ta r edi.

0 ‘ynoqi  delfinlar  bizni  kun  bo'yi  kuzatib  bo- 

rishar edi. Ular bo 'rilar qishda ovga chiqqanlari kabi 

besh-oltitadan bo'lib suzib borishardi. Delfinlar yu- 

holikda dengiz itlari dan qolishm as edi.

Delfinlar  oilasining  o‘n  tu ri  bor.  Biz  uchratgan 

nusxalar  oddiy  delfinlar  turiga  m ansub  edi.  Ular­

ning  old  tom oni  ingichkalashib  borgan  boshlari 

uncha  k atta  bo'lm ay,  basharalari  tum shuqsim on 

ensiz  edi.  T analarining  uzunligi  taxm inan  ikki 

m etrga borardi.

Bu  dengizlarda  tikan  patli  baliqlar  guruhiga 

m ansub  gorbillar  yoki  qora  ssiyenlar  singari  ajoyib 

nam unalar  uchradi.  Ba’zi  bir  avtorlar  -   olim lardan 

ko'ra  ko'proq  shoirlarning  ta ’kidlashlaricha  bu  b a­

liqlar  ohang  taratib   ashula  ayta  olarm ish  va  u la r­

ning to'd alari  eng yaxshi  ashulachilar ansam blidan 

durustroq  konsert  berishi  m um kin  em ish.  Bu  gap 

yolg‘on  deyishga  jur’a t  etolm aym an,  biroq  afsuski, 

yo‘lda  uchratgan  ssiyenlar  bizga  serenada  kuylab 

berishgani yo'q.

Nihoyat,  juda  ko'p  m iqdorda  uchar  baliqlarni 

uchratganim izni  ham   aytib  qo'yay.  Delfinlarning 

ana  shu  uchar  baliqlarni  ovlashidan  ko'ra  ajoyib- 

roq  tom osha  bo'lm asa  kerak.  Delfinlarning  hisob- 

lari juda aniq: uchish trayektoriyasi qanchalik uzun 

bo'lm asin,  baribir  uchib  ketayotgan  baliq  chor- 

nochor  delfinlarning ochib  tu rg an   og'ziga kelib  tu - 

shadi!

Biz  uchratgan  baliqlam ing  ko'pi  trigl  turiga 



m ansub  edi.  Tunda ular uchar yulduz  singari havo- 

da egri chiziqli yog'du hosil etar edilar.

Sayohatimiz  boshlanganidan  buyon  biz  o 'n   uch

398



m ing lyo yoki ellik m ing kilom etr yo‘1 bosdik.  Hozir 

biz  janubiy  kenglikning  45-gradus  37-m inutida  va 

g'arbiy uzunlikning 37-gradus 53-m inutida edik.

Bu  joylarda  «Gerold»  kapitani  Dengem  tashla- 

gan  zond  o‘n  to 'rt  m ing m etrda ham   dengiz  tubiga 

yetm agan.  Xuddi  shu  yerning  o'zida  Amerikaning 

«Kongress»  kem asidan  ley ten an t  Parker  h a tto   o‘n 

besh m ing bir yuz qirq m etrda ham  tubini topolm a- 

gan ekan.

Kapitan  Nemo  ana  shu  o'lchovlarning  to 'g 'rili- 

gini  bilish  uchun  «Nautilus»da  oxirgi  chuqurlik- 

kacha sho'ng'ishga qaror qildi.

Salon derazalaridagi to 'siq lar ochildi va m en as- 

boblardagi  ko'rsatkichlarni  yozish  va  kuzatuv  olib 

borish uchun deraza yoniga o'tirdim .

«Nautilus»  bu  k atta  chuqurlikka  tu shish  uchun 

hozirlik ko'ra boshladi.  O 'z-o'zidan ayonki, bu chu­

qurlikka  rezervuarlarni  to 'la tish   yo'li  bilan  tushish 

haqida  gap  ham   bo'lishi  m um kin  emas.  Hech  q an ­

day  qo'shim cha  ballast  ham   bu  m aqsadni  am al- 

iga  oshirish  uchun  yetarli  bo'lm asligini  aytib  ham  

o'tirm aym iz.  Yana  bir  narsani  unutm aslik  kerakki, 

dengiz  sathiga chiqish uchun suv tubida rezervuar- 

lardagi barcha  suvlarni  siqib  chiqarishga to 'g 'ri ke- 

lardi,  bunga  esa kuchli tashqi bosim  tufayli  -   h a tto  

«Nautilus» nasoslarining kuchi ham  yetm as edi.

Kapitan  Nemo  okean  tubiga  qiya  diagonal 

bo'ylab  tez  suzib  tushishga  qaror  qilgan  edi.  Chu­

qurlik  rullari  45  gradus  qiyalikka  qo'yilib,  vin t 

so'nggi tezlikda  aylanar edi.  Uning parraklari  suvni 

zo 'r kuch bilan kesardi.  Bu  qudratli kuchdan b u tu n  

kem a qaldirab,  o 'sh a zahoti itoatkorlik bilan pastga 

uchib ketdi.

Kapitan Nemo m ening yonim ga keldi va biz bir- 

galikda tez harakat qilayotgan m anom etr m ilini ku-

399



zatdik.  «Nautilus»  tez  orada  baliqlar  yashaydigan 

zonadan o ‘tib ketdi.

Baliqlarning ayrim turlari  okeanning sathiga ya­

qin  yerida  yoki  daryolarda  yashasa,  b a ’zilari  faqat 

chuqur suv qatlam laridagina yashaydi. Ana shu k at­

ta   chuqurliklardagina  yashaydigan  baliqlar  orasida 

m en  geksanxlarni  -   olti  jabrali  eshkaksim on  tishli 

har xil  akulalam i,  ko'zlari k atta-k atta teleskoplarni 

va  nihoyat bosim  bir yuz yigirm a  atm osferaga  ten g  

keladigan  bir  m ing  ikki  yuz  m etr  chuqurlikda  ya­

shaydigan grenderlarni uchratdim .

Men kapitan Nemodan, katta chuqurliklarda sira 

baliq uchratganm isiz, deb so'radim .

-   Baliq?  -   qaytardi  u.  -   Bu  chuqurliklarda  ular 

juda  kam   bo'ladi.  Xo'sh,  bu  haqda  hozirgi  zam on 

fani qanday fikrda?

-  Bu haqda quyidagilarnigina bilamiz:  suv sathi-  , 

dan  uning  pastki  qatlam lariga  tushgan  sari  hayvo- 

no td an   ko'ra  o'sim lik  olami  tezroq  yo'qola  boradi. 

Biz  bilamizki,  hali  tirik  m avjudotlar  uchraydigan 

yerlarda, biro n ta ham  o'sim lik topib bo'lm aydi. Biz­

ga m a’lumki, ustritsalar ham da boshqa chig'anoqlar 

suv ostida  ikki m ing m etr chuqurlikda ham  yashay- 

dilar  va  qutb  dengizlarining  qahram oni  Mak  Klin- 

tok bir kuni ikki yarim  m ing m etr chuqurlikdan tirik 

dengiz  yulduzini  qarm oqqa  ilintirdi.  Nihoyat,  shu 

narsa ham  m a’lumki, «Buldog» ingliz kemasi ekipaji 

ham   to 'r t  m ing  m etr  chuqurlikda  tirik  dengiz  y ul­

duzini qarm oqqa ilintirgan edi. Biz biladigan narsa- 

larning ham m asi ana shulardan iborat. Biroq siz ka­

p itan  Nemo, bizning fanimiz hech narsani bilmaydi, 

deyishingiz mum kin, albatta, to'g'rim i?

-   Yo'q,  janob  professor,  m en  bunday  beadab- 

likka borm aym an. Ruxsat bersangiz, yana bir narsa-



400


ni  so'rab  olsam,  tirik m avjudotlar  shunday chuqur­

likda ham  yashay olishini qanday izohlaysiz?

-   Bu  -   ikki  narsa  bilan  izohlanadi,  -   deb  javob 

berdim   m e n .-  Birinchidan,  suvning tuzi  va  zichligi 

turlicha  bo'lgan  h ar  xil  chuqurliklarda  tik  oqimlar 

dengiz  tipratikanlari va yulduzlarining oddiy hayot 

kechirishi  uchun  yetarli  m iqdorda  harakatlanib  tu ­

radi...


-  To‘g‘ri,  -  dedi kapitan.

-   ...va  ikkinchidan,  hayot  uch u n   eng  zarur 

b o 'lg an   suvda  erigan  kislorodning  m iqdori  chuqur 

qatlam larda  kamaymaydi,  aksincha  ko'payadi,  bu 

qatlam lardagi  yuqori  bosim   esa  uning quyuqlashu- 

viga im kon beradi.

-   T o 'p p a-to 'g 'ri,  siz  buni  ham   bilasizm i?  -   xi- 

tob  qildi  kapitan  Nemo  taajjublanganini  yashir- 

may.  -   Bu  narsa  sizga  m a’lum   bo'lganidan  g'oyat 

m am nunm an,  chunki  fakt  aniq,  isbotga  m uhtoj 

emas.  Men  faqat  shuni  qo'shib  qo'ym oqchim anki, 

uncha  chuqur  bo'lm agan  joylardan  ushlab  olingan 

baliqlarning  suzgich  qovug'ida  kislorodga  nisbatan 

azot ko'p bo'ladi,  chuqur  joylardan  ovlangan xuddi 

o 'shanaqa  baliqlarda  esa  ham isha  azotga  nisbatan

|kislorod  ko'p.  Bu  sizning  taxm iningiz  to'g'riligini 

ko'rsatadi. Keling, yaxshisi kuzatuvlarim izni davom 

ettira qolaylik.

Men yana  m anom etrga  qaradim .  Uning mili  olti 

m ing  m etr  chuqurlikni  ko'rsatib  tu ra r  edi.  Biz  bir 

soatdan buyon suzayotgan edik va diagonal bo'ylab 

sirg'alib  tushayotgan  «Nautilus»  ham on  suvga 

sh o 'n g 'ish n i davom e ttira r edi.  Bu yerda suv baland 

to g ' havosidan tiniqligi bilan ajralib tu ra r edi.

Yana  bir  soat  o'tgach,  biz  o 'n   uch  m ing  m etr 

chuqrlikka yetdik,  am m o  okean tubi  hali  ko'rinm as 

edi.

401



Biroq  biz  o‘n  to ‘rt  m ing  m etr  chuqurlik­

ka  tushgach,  m en  olisdan  suvda  ajralib  turgan 

tog  cho'qqilarini  ko'rdim .  Sirasini  aytganda,  bu 

cho'qqilarning  balandligi  Himolay  yoki  M onblan 

tog'larichalik,  balki ulardan ham  yuksakroq bo'lishi 

mumkin.  Biz  ilgarigiday bu  tubsiz  suvning chuqur - 

ligini aniqlay olmadik.

«Nautilus»  juda  k atta  bosim ga  duch  kelayot- 

ganiga  qaramay,  biz  sh o 'n g 'ish n i  davom  ettira- 

yotgan  edik.  Men  suvosti  kemasi  tem ir  qopla- 

m asining  parchinlari  qaldirayotganini,  vertikal 

kuch  ta ’sirida  gorizontal  bosim ning oshib  borayot- 

ganini,  devorlarning  dirillashini,  salon  derazalari 

suv  bosim idan  egilayotganini  his  etib  tu ra r  edim. 

Agar  kem am iz  yaxlit  quymaligi  uchun  m ustahkam  

bo'lm aganida, bir onda pachog'i chiqib ketar edi.

Biz  suvda,  qorayib  tu rg an   tog  qiyaliklari  yaqi- 

nidan  o'tayotganim izda  m en  unda  bir  necha  chi­

g'anoq  va  dengiz  yulduzini  ko'rdim .  Biroq  ko'p

- o'tm ay  hayvonot olam ining ana  shu  so'nggi nam u- 

nalari  ham   yo'qolib,  «Nautilus»  nafas  olsa  bo'ladi- 

gan qatlam dan chiqib ketgan havo  shari  singari h a ­

yot mavjud bo'lgan joy chegarasidan o'tdi.

Biz  endi  o 'n   olti  m ing m etr  chuqurlikda  edik va 

«Nautilus»  qoplam asi  bir  m ing  olti  yuz  atm osfe- 

ra,  boshqacha  qilib  aytganda,  o'z  sathining h ar bir 

kvadrat  santim etriga tushayotgan bir m ing olti yuz 

kilogram m  bosim ga bardosh berib tu ra r edi.

-  

Taajjub:  sira  hayot  bo'lm agan  joyda  suzishi- 



mizni  qarang!  -   deya  xitob  qildim  men.  -   Qarang, 

kapitan,  m ana  bu  ulug'vor  qoyalarga,  tirik  mavju- 

dot  ko'rinm aydigan  tog'larga,  zarracha  hayot  ni- 

shonalari haqida so'z ham  yuritib bo'lm aydigan oke­

anning  so'nggi  nuqtasiga  qarang!  Afsuski  bu  haqda 

bizda noaniq xotiralargina saqlanib qoladi, xolos.



402


-   Shu  xotiralarni  aniq  qilish  ham   m um kin,  -  

dedi kapitan.

-  Bu bilan nim a dem oqchisiz?  -   so'radim  m e n .- 

Gapingizni tushunm ayapm an.

-   Aytmoqchimanki,  ana  shu  m anzaraning  foto- 

suratini olishdan ko'ra osonroq narsa yo'q.

Men kapitan Nem oning bu yangi taklifidan taaj- 

jublanishga  ham   ulgurm ay,  bir  m atros  salonga  fo- 

tografiya apparatini olib kirdi.

Projektor yorqin nurlarida yastanib yotgan m an ­

zara  ko'z  oldim izda  odam ni  hayratga  soladigan 

darajada  tin iq   va  aniq  nam oyon  bo'ldi.  Tiniqlik  va 

suvning  qilt  etm ay  harakatsiz  turishi  fotosuratga 

olish uchun h a tto  tabiiy,  quyosh nurlari tushib tu r- 

ganidan  ham   yaxshiroq  sharoit  yaratib  bergan  edi. 

Biz  apparat obyektivini  suvosti tog'iga  qaratib,  ajo­

yib bir surat oldik.

Kun  yorug'ini  sira  ko'rm agan  qadimgi  qoyalar 

yer  sathining  ustki  granit  qavati,  tog'  jinslarining 

uyilishidan  hosil  bo'lgan  chuqur g 'orlar va  nihoyat 

suv  fonida  flamandiyalik  rassom   qo'li  bilan  yara- 

tilganday  juda  aniq ko'rinayotgan  cho'qqilar  shakli 

fotosuratda alohida ajralib turardi.

Biroq  surat  qum loq  o'zanda  m ahkam   o'rnashib, 

projektor  nurlarida  yarqirab  tu rgan  ana  shu  qora, 

ataylab  yo'nilganday  silliq,  zarracha  ham   dog'i 

bo'lm agan  tam om an  bir  xildagi  qoyalarda  hayot 

nishonasi  sira  yo'qligidan  olingan  taassu ro tn i  aks 

ettirolm agan edi.

Kapitan Nemo suratga olib bo'lgach, m enga m u- 

rojaat qildi:

-   K o'tarilishga  to 'g 'ri  keladi,  janob  professor. 

«Nautilus»  korpusini  bunday  bosim   ostida  uzoq 

vaqt saqlab bo'lm aydi.

-  Fikringizga qo'shilam an, kapitan.

403



-  0 ‘zingizni m ahkam  tu ting, -  dedi u.

Men  kapitan  N em odan  bu  bilan  nim a  demoq- 

chiligini va nega m en o'zim ni m ahkam  tu tishim  ke- 

rakligini  so'rab  ulgurm ay,  to 'sa td a n   polga  ag'anab 

ketdim.

Kapitan  N em oning  buyrug'i  bilan  «Nautilus» 

vinti  to 'xtatilib,  chuqurlikka  olib  tushadigan  rullar 

tik holatga keltirilgan edi. «Nautilus» o'sh a sekund- 

ning  o'zidayoq  havo  shari  singari  vizillab  yuqoriga 

ko'tarilib  ketdi.  K o'tarilish  tezligi  chindan  ham   ki- 

shini  esankiratib  qo'yardi.  U  suvni  b o 'g 'iq   ovoz  b i­

lan kesar edi.

Atrofdagi  narsalarni  ajratib  bo'lm as  edi  -   to 'rt 

m inutda u o 'n  olti m ing m etr yerga ko'tarilib, uchar 

baliq  singari  suvdan  sakrab  chiqib  yana  tushdi  va 

yon-beridan  suvni  ko'tarib  juda balandga  sachratib 

yubordi.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish