Suv ostida sakson ming kilometr


  So‘z o y in i.  «Konsel»(consiel)  -   fransuzcham aslahatdegani



Download 9,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/167
Sana31.12.2021
Hajmi9,02 Mb.
#276285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167
Bog'liq
suv ostida 80 ming km

1  So‘z o y in i.  «Konsel»(consiel)  -   fransuzcham aslahatdegani.

22


ana shuning o'zidangina iborat edi. Turlarga bo'lish 

nazariyasini yaxshi bilardi-yu, amaliy bilimdan juda 

uzoq  edi.  Nazarimda  u  tashqi  ko'rinishdan  kitni 

kashalotdan ajrata olmasdi.

Shunga qaramay u ajoyib odam!

0 ‘n  yil  davomida  Konsel  butun  ilmiy  ekspedi- 

tsiyalarda  men  bilan  birga  bo'ldi.  Men  biron  marta 

uning safar  cho‘zilib  ketdi  yoki  charchadim  deb  no- 

liganini eshitmasdim. Konsel istagan daqiqada, qaysi 

mamlakat bo'lmasin -  Xitoymi yoki Kongomi surish- 

tirmay, hech narsadan cho'chimay ketaverardi.

Uning  salomatligi  juda  yaxshi.  Bundaylar  hech 

qanaqa  kasallikdan  qo'rqmaydilar.  U  mushaklari 

baquwat, asablari metin bir odam edi.

Konsel  o'ttiz  yoshda  edi.  Uning  yoshi  xo'ja- 

yinning yoshiga  o‘n beshning yigirmaga  nisbatiday 

gap.  Qirq  yoshimni  shu  qadar  murakkab  majoziy 

yo‘l bilan bildirganim uchun uzr.

Konselning  bir  kamchiligi  bor  edi.  U  ashaddiy 

rasmiyatchi, men bilan doim uchinchi shaxsda gap- 

lashardi.  Shunday  kezlarda  ko'pincha  yuragim  to- 

shib ketardi.

-   Konsel!  -   yana  chaqirdim  va  ayni  vaqtda 

shosha-pisha safar hozirligini ko'ra boshladim.

Konselning  menga  haddan  tashqari  sodiqligiga 

imonim  komil  edi.  Odatda  men  safarga  chiqish  ol- 

didan  hech  qachon  uning roziligini  so'rab  o'tirmas 

edim,  ammo  bu  gal  ekspeditsiyaning  qancha 

cho'zilishi  ham  ma’lum  emas,  buning ustiga bu  ish 

xavfli edi. Kemani pista po‘chog‘iday to'ntarib tash- 

lashga  qurbi  yetadigan  maxluqning  izidan  borish 

hazilakam  gap  emas!  Dunyodagi  eng  og‘ir-vazmin 

odam  ham  bir 

o 'y la b  

ko'rardi.  Ammo  Konsel  nima 

derkin?


-  Konsel!  -  uchinchi marta chaqirdim men.

23


Konsel kirib keldi.

-   Xo'jam  meni chaqirdilarmi?  -   so'radi u kirgan 

zahoti.

-   Ha,  azizim.  Safar jabdug'ini  hozirla.  Ikki  soat- 

dan keyin jo'naymiz.

-   Xo'jam  shuni  istasalar,  tayyorman,  -   deb  ba- 

maylixotir javob berdi Konsel.

-   Har  bir  daqiqa  g'animat.  Butun  kerakli  narsa- 

larni  -   ust-bosh,  ko'ylak,  paypoqlami  chamadonga 

sol.  Siqqanicha  joyla,  ammo  mumkin  qadar  tezroq 

bo‘1!

-   Xo'jamning  kolleksiyalari-chi?  -   luqma  tash- 



ladi Konsel.

-  Ularni keyinga qoldiramiz. Mehmonxonada tu- 

rib tursin.

-  Bug'u-to'ng'izni-chi?

-   0 ‘zlari  boqishaveradi.  Aytganday,  butun hay- 

vonotxonamizni Fransiyaga jo'natishlarini aytishim 

kerak.

Demak,  biz  Parijga  bormayotgan  ekanmiz- 



da? -  deb so'radi Konsel.

-  Nima desam bo'ladi,  -  deya mujmal javob qay- 

tardim  men,  -   biroz  aylanma  yo‘1  bilan  borishga 

to'g'ri kelyapti shekilli...

-   Xo'jam   shuni  istasalar,  har  qanday  aylanma 

yo‘l bosh ustiga.

-   Albatta  bu  hech  gap  emas!  Faqat  yo‘l  biroz 

olisroq  bo'ladi...  Biz  «Avraam  Linkoln»da  jo'nay­

miz.

-  Xo'jam  shuni istasalar,  -   deya vazminlik bilan 



tasdiqladi Konsel.

-   Bilasanmi,  og'ayni,  gap  bahaybat  maxluq... 

o'sha,  mashhur  narval  ustida  boryapti...  Biz  oke- 

anlarni  undan  xoli  etishimiz  kerak!..  «Okean  tubi- 

ning sirlari» ikki tomligining avtori kapitan Faragut

24



bilan  bo‘ladigan  safardan  bosh  torta  olmaydi...  Bu 

sharafli  vazifa,  ammo  shu  bilan  birga  xatarli  ham! 

Narval  bizni  orqasidan  qayoqqa  ergashtirib  bori- 

shi  noma’lum...  Bu  maxluq  juda  injiq  bo'lishi  ham 

mumkin.  Ammo  nima bo‘lsa  ham biz  boramiz!  Ka- 

pitanimiz -  zo‘r odam.

-   Xo'jam qayoqqa borsalar, men ham o‘sha yoq- 

qa boraveraman-da,  -  dedi Konsel.

-   Yaxshilab  oylab  ol!  Sendan  hech  narsani 

yashirmoqchi  emasman.  Bu  -   borsa  qaytish  qiyin 

bo'lgan safarlardan.

-  Xo'jam shuni istasalar...

Oradan  chorak  soat  o'tganda  chamadonlar  taxt 

qilib 


q o 'y ilg a n  

edi.  Konsel  hech  narsani  unutma- 

di.  Bu  ajoyib  odam  ko'ylak  va  ust  kiyimlarni  ham 

qush  va  sut  emizuvchilarni  turlarga  ajratgani  kabi 

ko'ngildagiday  joylaydi.  Yo'lak  mulozimi  yuki- 

mizni  mehmonxonaning  chiqaverishiga  olib  borib 

qoydi.  Men  pastki  qavatdagi  hamisha  odamlar  bi­

lan  liq  to'la  idoraga  tushdim  va  jonivorlar  hamda 

quritilgan  o'simliklar  joylashtirilgan  toylarni  Pa- 

rijga  jo'natish  lozimligini  aytdim.  Bug‘u-to‘ng‘izga 

yetadigan  miqdorda  kredit  ochdim  va  qarzlarimni 

to'lab,  nihoyat  aravaga  sakrab  chiqdim.  Bu  yerda 

Konsel o'tirar edi.

Ekipaj  Brodvey  boyidan  Yunion  xiyoboniga 

borib,  so'ngra  To‘rtinchi  avenyuga  qayrildi  va  un- 

dan  Katrinstritga  yetib,  nihoyat  0 ‘ttiz  to'rtinchi 

qirg‘oqda  to'xtadi.  U yerdan  parom  hammamizni -  

odamlami,  otlar  va  ekipajni  Bruklin-ga,  Gudzon 

daryosining  chap  qirg‘og‘ida  joylashgan  Nyu-York 

shahar  chekkasiga  olib  o'tdi.  Bir  necha  minutdan 

so‘ng  arava  to ‘g‘ri  ikkita  mo'risidan  halqa-halqa 

qalin  tutun  chiqarayotgan  «Avraam  Linkoln»ining 

ko'chma ko‘prikchasi oldiga kelib to'xtadi.

25



Yukimiz  bir  zumda  kemaga  ortildi.  Men  trap- 

dan yugurib bora turib, kapitan Faragutni  qayerdan 

topsa bo'ladi,  deb  so'radim.  Matroslardan biri  meni 

ko'prikkacha  boshlab  borib,  ochiq  chehrali  novcha 

dengizchini ko'rsatdi. U menga qo'lini uzatdi.

-  Janob Pyer Aronaksmi? -   so'radi u.

-   Xuddi  shunday,  -   javob  berdim  men.  -   Kapi­

tan Faragutmisiz?

-   Shaxsan  o'zlari.  Xush  kelibsiz,  janob  profes­

sor! Kayuta sizga muntazir.

Men ta ’zim qildim va ketish oldidagi dolzarb da- 

qiqalarda  kapitanga  xalaqit  bermaslik  uchun  mat- 

rosdan ajratilgan kayutani ko'rsatishini so'radim.

«Avraam  Linkoln»  nazarda  tutilgan  ekspeditsiya 

uchun juda mos edi.

U  tezlikni  soatiga  o'n  sakkiz-u  o'ndan  uch  mil- 

yagacha yetkaza  oladigan,  eng takomillashgan ma- 

shinalar bilan  jihozlangan  tezyurar kema  edi.  Sira- 

sini  aytganda,  shu katta tezlik ham gigant narvalni 

quvishga yetarli emasdi.

Remaning  ichki  jihozlari  ham  uning  dengizda  su- 

zish sifatlaridan qolishmas edi. Menga ajratilgan kayu­

ta  kemaning  quyruq  tomonidagi  ofitserlar bo'lmasida 

joylashgan bo'lib, u menga juda ma’qul edi.

-   Bu  yerda  yaxshilab  joylashib  olishimiz  mum­

kin,  -  dedim men Konselga.

-   Xo'jamning  ruxsatlari  bilan  aytmoqchiman- 

ki,  bu  yer  makonidan  ajralgan  qisqichbaqa  shil- 

liqqurtning  chig'anog'iga  joylashib  olganday  gap 

bo'lar  ekan-da,  -   dedi  mening  olim  xizmatkorim.

Men Konselni chamadondagi narsalarni chiqarib 

olish uchun kayutada qoldirib,  o'zim jo'nashga tay- 

yorgarlikni  ko'rish  maqsadida  kema  sahniga  chiq- 

dim.


Xuddi  shu  daqiqada  Faragut  «Avraam  Lin-

26


koln»ni  Bruklin  qirg'og'ida  saqlab  turgan  arqonni 

yechishga buyruq berdi. Chorak soat kechikkanimda 

«Avraam  Linkoln»  mensiz  suzib  ketib,  favqulodda 

qiziq ekspeditsiyaga ishtirok etolmas  edim.  Sirasini 

aytganda, har bir narsaga ishonchsizlik bilan qaray- 

digan  odamlar  bu  ekspeditsiyaning  eng  haqqoniy 

tafsilotiga ham ishonmasalar ajab emas.

Kapitan Faragut narvalga qarshi yurishni bir kun 

emas,  hatto  bir  soat,  loaqal  bir  daqiqaga  ham  ke- 

chiktirgisi yo‘q edi.

U kema injenerini chaqirdi.

-  Bug  bosimi yetarlimi? -  so'radi u.

-  Xuddi shunday, kapitan.

-  Sekin yurilsin!  -  buyruq berdi kapitan.

Siqilgan  havo  harakatga  keltirayotgan  telegraf

orqali  bu  buyruqni  olgan  mexanik  kemani  ishga 

tushiradigan richagni aylantirdi.

Bug‘  vishillab  silindrlarga  o‘tdi  va  porshenlar 

eshkakni  aylantiradigan vallarni  harakatga keltirdi.

,  Vintning yassi  parraklari  borgan  sari  tezroq  aylana 

boshladi va «Avraam Linkoln»ni kuzatuvchilar bilan 

liq  to ‘la  yuzlab  kema  va  shatakchi  paroxodchalar 

hamrohligida salobat bilan suzib ketdi.

Bruklin  qirgoqlari  tomoshaga  kelganlar  bilan 

to ‘lib ketgan  edi.  Minglab tomoqlarni  qirib chiqqan 

uch marta «ига» sadosi momaqaldiroqning gumbur- 

lashiday yangradi.  «Avraam Linkoln» Nyu-York joy- 

lashgan yarim  orol  chetidan  Gudzon  daryosi  suviga 

kirib olguncha minglab dastro'mollar olomon boshi 

uzra havoda hilpirab, kemani tabriklab turdi.

«Avraam  Linkoln»  Gudzon  daryosi  oqimiga  qa- 

rab  pastga  suzib,  hashamatli  uylar  zanjirday  tizi- 

lishgan  Nyu-Jersey  yoqalab  borib,  qo‘rg‘onlar  yo- 

nidan  o‘tayotganida,  ularning  to'pdan  o‘q  uzib 

berayotgan  salutlariga  javoban  quyruq  tomondagi

27



o‘ttiz  to'qqizta  yulduz  bilan  bezatilgan  bayrog'ini 

uch  marta  ko'tarib  tushirdi.  Shundan  so'ng  kema 

yurishini  sekinlatib,  dengiz  kanalining kemalar yu- 

radigan  va  bakenlar1  bilan  belgilab  qoyilgan  loy- 

qa  farvateriga  kirib,  yana  minglab  tomoshabinlar 

tabriklayotgan  qumloq  Sendi-Gukni  ortda  qoldirib, 

ochiq dengizga chiqib oldi.

Turnaqator  bo'lib  kelayotgan  kemachi  va  sha- 

takchilar  «Avraam  Linkoln»ni  chiroqlari  Nyu-York 

portiga  kiraverishni  yogdu  bilan  ko'rsatib  turgan 

suzgich mayaklargacha kuzatib kelishdi.

Kunduz  soat  uch  edi.  Lotsman  narvonchani 

tashladi,  eshkakli  qayiq  uni  tezda  kemaga  yetkazdi 

va «Avraam Linkoln» tezligini oshirib, Long-Aylend 

sohillari bo‘y lab suzib ketdi.

Kechqurun  soat  sakkizlarda  Fayr-Aylend  chi­

roqlari  ко‘rinmay  qoldi  va  kema  shitob  bilan  At- 

lantik  okeanning  qoramtir  suvi  bo‘y lab  ilgarilab 

ketdi.


Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish