Jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichi urug’lanish bo’lib, bunda spermatozoid xromosomasi zigotalanishini belgilaydi. XY-xromosomali zigota erkaklik jinsini belgilasa ham, zigotaning dastlabki davrida erkaklik va urugchilik zigotasining taraqqiyoti bir xil kechadi. Y-xromosomaning asosiy vazifasi indifferent gonadani urug’don hosil bo’lishi tomonga buradi. Bu birlamchi jinsiy hujayraning gonadaga migrasiyasidan keyin sodir bo’ladi. Y-xromosomaning bu vazifasi, undagi NY-antigen orqali bajariladi. Bu antigen bo’lmasa, gonada tuxumdonga aylanadi. Shu bilan jins differensiasiyasining ikkinchi, ya’ni gonada jinsini aniqlash bosqichi tugallanadi. - Jinsiy organlar taraqqiyotining dastlabki bosqichi urug’lanish bo’lib, bunda spermatozoid xromosomasi zigotalanishini belgilaydi. XY-xromosomali zigota erkaklik jinsini belgilasa ham, zigotaning dastlabki davrida erkaklik va urugchilik zigotasining taraqqiyoti bir xil kechadi. Y-xromosomaning asosiy vazifasi indifferent gonadani urug’don hosil bo’lishi tomonga buradi. Bu birlamchi jinsiy hujayraning gonadaga migrasiyasidan keyin sodir bo’ladi. Y-xromosomaning bu vazifasi, undagi NY-antigen orqali bajariladi. Bu antigen bo’lmasa, gonada tuxumdonga aylanadi. Shu bilan jins differensiasiyasining ikkinchi, ya’ni gonada jinsini aniqlash bosqichi tugallanadi.
Keyin embrionning morfologik (somatik) jinsiy belgilari shakllanadi. Embrion taraqqiyotining dastlabki boshqalarida ikki juft jinsiy kanal bo’ladi. Bulardan biri. mezonefros kanal, ikkinchisi, paramezonefros (myuller) kanaldir. Urug’donning testosteron gormoni ta’svirida mezonefros kanaldan urug’ olib ketuvchi kanal hosil bo’lib, siydik kanaligacha davom etadi. Prostata bezi va urug’ saqlovchi xalta ham, testosteron bilan bog’liq. Urug’chilik paramezonefros (myuller) kanalining regenerasiyasi urug’doiming boshqa gormoni - myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni ta’svirida sodir bo’ladi. Urg’ochi embrion gonadasi bu gormonlarni ishlab chiqarmaydi. Testosteron yo’qligi tufayli mezonefros kanal regenerasiyaga uchraydi, myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni yo’qligi tufayli esa, myuller kanalidan tuxum yo’li, bachadon va qinning bir qismi hosil bo’ladi. Tashqi jinsiy organlar ham dastlab, indifferent hollda taraqqiy etadi. Keyinchalik testosteron gormoni borligi tufayli erkaklik, testosteron yo’qligi tufayli esa urugchilik tashqi jinsiy organlar hosil bo’ladi. - Keyin embrionning morfologik (somatik) jinsiy belgilari shakllanadi. Embrion taraqqiyotining dastlabki boshqalarida ikki juft jinsiy kanal bo’ladi. Bulardan biri. mezonefros kanal, ikkinchisi, paramezonefros (myuller) kanaldir. Urug’donning testosteron gormoni ta’svirida mezonefros kanaldan urug’ olib ketuvchi kanal hosil bo’lib, siydik kanaligacha davom etadi. Prostata bezi va urug’ saqlovchi xalta ham, testosteron bilan bog’liq. Urug’chilik paramezonefros (myuller) kanalining regenerasiyasi urug’doiming boshqa gormoni - myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni ta’svirida sodir bo’ladi. Urg’ochi embrion gonadasi bu gormonlarni ishlab chiqarmaydi. Testosteron yo’qligi tufayli mezonefros kanal regenerasiyaga uchraydi, myuller nayi faoliyatini to’xtatuvchi omil gormoni yo’qligi tufayli esa, myuller kanalidan tuxum yo’li, bachadon va qinning bir qismi hosil bo’ladi. Tashqi jinsiy organlar ham dastlab, indifferent hollda taraqqiy etadi. Keyinchalik testosteron gormoni borligi tufayli erkaklik, testosteron yo’qligi tufayli esa urugchilik tashqi jinsiy organlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |