Sut, go’sht, tuxum va baliq mahsulotlari mikroflorasi


Sutda mikroblar ko’payishining oldini olish



Download 89 Kb.
bet4/14
Sana20.12.2022
Hajmi89 Kb.
#891901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1363876488 42740

Sutda mikroblar ko’payishining oldini olish. Sutni bakteriyalardan sovuq, yoki issiq ta‘siri bilan saqlash mumkin. Ammo shuni aytib o’tish kerakki, sutda uni muzlatishdan oldin mikroblar bo’lgan bo’lsa, sutni eritish va isitish paytida ular rivojlanadi. Sekin muzlatilish sutning tarkibidagi moddalarning o’zgarishiga olib keladi, tez muzlatish esa bunday o’zgarishlarni hosil qilmaydi. Sut –25 darajada saqlanganda o’zgarmaydi, undagi kimyoviy–fizikaviy jarayonlar to’xtaydi.
Issiq sovuqqa qaraganda boshqacha ta‘sir etadi va mikroorganizmlarni halokatga olib boradi. Shuning uchun issiq ta‘sir ettirib, sutni saqlash usullari ko’proq qo’llanadi. Ammo bunda mikroorganizmlar halok bo’lishi bilan birga sutning o’zi ham o’zgaradi. Uning tarkibidagi oqsil, yog’, vitamin va fermentlar ham o’zgarishga uchraydi.
Bu o’zgarishlar issiq ta‘sir etish muddatiga va uning baland yoki past bo’lishiga bog’liq. Issiq qancha yuqori bo’lsa, sutning tarkibidagi moddalar shuncha ko’p o’zgaradi. Shularni hisobga olib, sutni sog’ishda tozalikka rioya qilish kerak.
Sutni so’zish. Molxonada sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, sutga hayvonning juni, yem–xashak qoldiqlari, axlat, to’shama qismlari va ular bilan birga g’oyat ko’p mikroblar tushadi. Sut birinchi marta chelaklardan flyagaga quyilganda filtr orqali tozalanadi. Ikkinchi marta esa sutni fermadan jo’natilayotganda tozalanadi. Sutni tozalash uchun sintetik to’qima lavsan yoki enant qo’llanadi.
Sutni sovutish. Yangi sog’ib olingan sut juda yaxshi antimikrobli xususiyatga ega. Sutga tushgan mikroorganizmlar soni qancha kam bo’lsa, sutning antimikrobli xususiyati ham shuncha uzoqqa cho’ziladi. Antimikrobli fazaning cho’zilishi sutni saqlash temperaturasiga ham bog’liq. Sutni sovutish uchun bir necha tanker va sovutish agregatlaridan iborat qurilmalar bor. Ammo sutni sovutishning eng oddiy usuli sut to’ldirilgan idishlarni betondan yasalgan ariqchaga yoki hovuzga qo’yishdir. Buning uchun sizot suvdan foydalanish ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Chunki sizot suvning temperaturasi odatda –10 daraja va undan ham past bo’ladi. Ariqchadagi suvning sathi flyagadagi sutning sathidan yuqori bo’lishi kerak. Flyaganing og’zi ochiq bo’lishi, sirtdagi gazlar chiqib ketishi kerak. Sutni jo’natishga qadar xo’jalikda maxsus vanna – tank, bak yoki flyagalarda sovutilgan holda saqlash lozim. Davlatga sotiladigan sutning temperaturasi +10 darajadan yuqori bo’lmasligi kerak.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish