Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi



Download 0,57 Mb.
bet7/21
Sana23.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#696376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
SUT EMUZUVCHILAR BIALOGIYASI, GEOGRAFIYA TARQALISHI VA EKOLOGIYA GURUHLARI

KASHALOT (Phuseter catodon) — tishli kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi suv hayvoni. Uz. urgʻochisi 13 m gacha, erkagi 21 m gacha, ogʻirligi 30 — 70 t. Boshi juda katta, tanasining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tanasining old tomoni toʻmtoq. Ingichka va uzun pastki jagʻida 18—30 juft tishi bor; yuqori jagʻida tishi yoʻq. Kashalot qoʻngʻirdan to toʻq jigarrang tusda. Okean va ochiq dengizlarda tarqalgan. Baʼzan Barens dengizi va Kamchatka sohillari yaqinida uchraydi. Kashalot — poligam hayvon. 5 yoshida voyaga yetadi. 50 yilcha yashaydi. Kalmarlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Oziq topish uchun 2 km gacha chuqurlikka shoʻngishi, suv ostida 1,5 soatgacha turishi mumkin. Iqtisodiy ahamiyati katta. Bitta Kashalotdan 9—10 t yogʻ olinadi. Ovlash man etilgan.
Kurakoyoqlilar, kurakoyoqli sut emizuvchilar (Pinnipedie) — sut emizuvchilar sinfining bir turkumi. Bu turkumga morj, dengiz arslonlari, kulokli tyulen, tojli tyulen, dengiz quyoni, qoʻngʻir tyulen, xoldor tyulen, asl tyulenlar kiradi. . Kurakoyoqlilar suvda yashaydi. Juni qisqa. Oyoqlari suvda suzishga moslashib, koʻrak (eshkak)ka aylangan (nomi ham shundan). Kurakoyoqlilar yerda zoʻrgʻa sudralib yuradi. Tishlari, asosan, konus shaklida. Dumi juda qisqa, terisi ostida qalin yogʻ qatlami bor. Bu qatlam hayvonlarni sovuqdan saqlaydi. Ular och qolganda yogʻ qatlam hisobiga yashaydi. Koʻzlari suv ostida koʻrishga moslashgan. Quloq suprasi juda kichkiva yoki boʻlmaydi. Burun teshiklarifaqatnafasolgandaochiladi. Kurakoyoqlilarsuvyuzasidadamoladivauxlaydi. Suvtagidauzoqturaoladi. Kurakoyoqlilarsuvdaoziqlanadi, ozigʻinichaynamayyutadi(mollyuskalarning chigʻanogʻini tishidamaydalaydi). Kurakoyoqlilarurchish, tullash, tugʻishvabolasiniemizish, damolish uchun quruqlikka yoki muz ustigachiqadi. , kurakoyoqlilarningengkichikturiningboʻyi 1,3 m (halqanaqshlityulenyoki nerpa), engkattasiniki 5,5 m (dengizfili). kurakoyoqlilarning 31 turi maʼlum 3 oilaga: morjlar, quloqlityulenlar vaasl tyulenlarga boʻlinadi. Okeanlarda, sovuqvaoʻrtamintaqadagidengizlarda, jumladan, Qoradengiz va Kaspiydengizda uchraydi. Ayrim turlari koʻllar (mas, Ladoga va Baykal)da ham yashaydi. 6 turi va 3 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan






Dengiz sutemizuvchilari bo’lmish kitsimonlarning ilgari quruqlikda yashagani barchangizga ma’lum. Ularning qadimgi ajdodlari quruqlikda yashaganligi hozirgi kitsimonlarning o’pka bilan atmosfera havosidan nafas olishidan, suzgich qanotlarining suyaklari quruqlikda yashaydigan sutemizuvchi hayvonlar suyak tuzilishi bilan o’xshash ekanligidan ma’lum. Aynisa harakatlanish vaqtida dumni silkitib, umurtqa pog’onasini vertikal holatda bukib yozishlari ularni baliqlardan ko’ra quruqlikdagi yuguruvchi sutemizuvchilarga yaqin ekanliklarini ko’rsatadi.Uzoq vaqt davomida biologlar dengiz sutemizuvchilarining qanday qilib evolutsiyalanganligini tushuna olishmaydi.
Ularning qazilma holdagi ajdodlari haqida hech qanday ma’lumot bo’lmaganligi bois bu mavzu fanning qorong’i yo’laklarida qolib ketgan edi. Bundan salkam 30 yil muqaddam Pokistondan topilgan qazilma holdagi hayvon barcha yashirin savollarning javobini topishga yordam berdi. Unga pakitset (Pakicetus – Pakistan+cetus – kit, ya’ni Pokiston kiti) deb nom berishdi.
Kitsimonlar ko’p jihatdan hozirgi juft tuyoqli sutemizuvchilar turkumiga yaqin turadi. Kitsimonlar evolutsiyaga oid an’anaviy qarashlarga ko’ra ularning ajdodi yirtqichlik bilan hayot kechirgan hozirda qirilib ketgan yirtqich tuyoqlilar turkumiga mansub mezonixiyalar hisoblanar edi. Ushbu hayvonlar tashqi ko’rinishidan hozirgi bo’rilarga o’xshar, faqat oyoqlarida tirnoq o’rnida tuyoqlari bor edi. Ushbu hayvonning tishlari xuddi hozirgi kitsimonlarniki kabi konussimon tuzilishda bo’lgan. Shu bois ham biologlar kitsimonlarni mezoxiniyalarning biror ajdodidan kelib chiqqan deb taxmin qilishar edi. Biroq keyinchalik o’tkazilgan molekulyar-genetik tahlillar kitsimonlarni hozirgi juft tuyoqlilarning, ayniqsa suv ayg’irlarining yaqin qarindoshi ekanligini ko’rsatdi. Ushbu kashfiyotdan keyin kitsimonlar va juft tuyoqli sutemizuvchilar turkumini evolutsion daraxtda monofiletik kelib chiqishi hisobga olgan holda umumiy kladada ifodalash va ularga kit-jufttuyoqlilar (Cetartiodactyla) nomini berish taklif qilindi. Lekin hozirgi begemotlarning dastlabki ajdodi hisoblangan antrakoteriyalar qazilma holda topilgan qoldiqlarining yoshi kitsimonlarning ajdodi hisoblangan pakitsetlarning yoshidan bir necha mln yilga yosh ekanligini ma’lum bo’ldi.
Pakitsetlarning ochilishi kitsimonlar evolutsiyasini o’rganishni to’g’ri yo’nalish olishiga imkon berdi, buni molekulyar-genetik tahlillar ham isbotlab berdi. Pakitsetlar skelet tuzilishining ko’rsatishicha kitsimonlar mezonixidlarning to’g’ridan-to’g’ri avlodi hisoblanmaydi. Aksincha juft tuyoqlilar mezonixiyalar bilan umumiy ajdodidan ajralayotgan vaqtida kitsimonlar juft tuyoqlilardan ajralib suvdagi hayot tarziga moslashib bo’lgan edi. Shunday qilib protokitsimonlar juft tuyoqlilarning dastlabki formalari bo’lib, hozirgi juft tuyoqlilarda yo’qolib ketgan mezonixiyalarga xos konussimon tishlar ularda saqlanib qolgan.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish