Kemiravchilar (Rodentia) turkumi vakiliari hozirgi zamonda yashab turuvchi sutemizuvchilar orasida eng ko’p, ya'ni 2000 dan ortiq turlarni o’z ichiga oladi. Ular juda keng tarqalgan, tuproq, yer ustida va daraxtlarda yashaydi. Ularning kurak tishlari juda yirik, lekin ildizi bo’lmaydi. Kurak tishlari o’sib turadi. Qoziq tishlari yo’q, shu sababli kurak va oziq tishlari orasida tishsiz bo'shliq — diastoma bo’ladi. Kemiruvchilar asosan simlik ildizi, Po’stlog'i, novdasi, bargi, doni va maysasi bilan oziqlanadi. Kemiruvchilar har yili bir necha marta va ko’p bola tug'adi. Bolalari tez voyaga yetadi. Ko’pchilik kemiruvchilar qishloq xo’jaligi ekinlariga (sichqon, dala sichqonlari, yumronqoziqlar) va g'amlab qo’yilgan oziq —ovqat mahsulotlariga (sichqon, kalamushlar) jiddiy zarar yetkazadi. Ba'zi kemiruvchilar (sug'urlar, qumsichqonlar, kalamushlar) yuqumli kasalliklarni (masalan, o’lat) tarqatadi. Olmaxon, sug'ur, nutriya, ondatra ovlanadigan eng muhim mo’ynali hayvonlardan hisoblanadi. Sut emizuvchilarning ajdodlari paleozoy davrida yashagan, hali reptiliyalarga xos bo’lgan spetsifik belgilarga ega bo’lmagan reptiliyalar bo’lgan. Aksariyat turlarida ikkilamchi suyak tanglay bo’lgan. Kvadrat suyak va pastki jag’ning qo’shuvchi suyaklari reduksiyalangan.
Sut emizuvchilar evolyutsiyasining progressivlanishi ularda tana temperaturasining baland bo’lishi, termoregulyatsiya, tirik tug’ish va asosan nerv sistemasining yaxshi rivojlanishi natijasida bo’lgan. Bu holatlar darrandalarda turli-tuman sharoitga tez moslashish va tez javoba qaytarish imkonini bergan.
Morfologik nuqtai nazardan qaraganda,bu yurakning to’rt kameraga bo’linishi, arterial va venoz qonning qo’shilishiga imkon bermaydigan o’ng aorta yoyi paydo bo’lishi, oziqni yutish vaqtida ham nafas olishga imkon beruvchi ikkilamchi tanglay bo’lishi, termoregulyatsiyada katta rol o’ynaydiganteri qoplamining murakkablashuvi va ikkilamchi miya gumbazi hosil bo’lishida ko’rinadi. Sut emizuvchilar ajdodlariga ancha yaqin bo’lgan formalar yerda, yura davrining o’rtalarida paydo bo’lgan deb faraz qilinadi. Ular biologik nuqtai nazardan hashorotxo’rlarga yaqin bo’lgan. Bosh miyasi kichik bo’lishiga qaramasdan, har holda yirtqichyitrqich tishli reptiliyalarnikidan kata bo’lgan. Uch tepalilarning asosiy guruhi pantoteriyalar . Ular haltalilar va plantosentalilarning boshlang’ich formalari bo’lgan. Hozirgi vaqtda sut emizuvchilar sinfi polifiletik, ya’ni ularning ayrim guruhlari, bir necha yirtqich tishli reptiliyalar turlaridan kelib chiqqan degan fikr alohida o’rinni egallaydi. Bu fikr ko’p tepachalilar guruhidan kelib chiqqan bir teshiklilarga daxldor. Sghu bilan bir qatorda xaltalilar va plasentalilar qirilib ketgan pantoteriyalar bilan birga kelib chiqishi umumiy bo’lgan tabiiy guruh ekanligi shubha hosil qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |