Oqiziqlari. Oqiziqlarning yillik miqdori jihatidan Amudaryo yer sharidagi daryolar orasida dastlabki o`rinlardan birini egallaydi. Uning oqiziqlar miqdori Karki yonida (yuqori oqimida) mashhur Nil daryosinikidan ortiq va taxminan Kolorado daryosining deltadagi oqiziqlar miqdoriga teng;
Kolorada daryosi esa suvining g`oyat loyqa bo`lganligi bilan mashhurdir. Kichik-kichik soy va jilg`alarni etiborga olmaganda, suvning loyqaligi jihatidan O`rta Osiyoda Amudaryodan faqat Kashan, Kushka, Murg`ob, Tajan, Atrek, va Vaxsh daryolari ustun turadi, holos. Biroq oqiziqlar miqdori jihatidan bu daryolar Amudaryodan ancha keyinida turadi, chunki ularda Amudaryoga nisbatan bir necha martaga suv kam oqadi.
Amudaryoning oqiziqlari miqdori Termiz shahri yonida o`rta hisobga 210 mln tonnani tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |