Funksiya grafiklarini chizish.
Biz ushbu bobning o’tgan paragriflarida funksiyaning o’zgarish harakterini
hosilalari yordamida keltirdik. Bu hol funksiyani yaqqol tasavvur etishda,
shuningdek, funksiya grafigini aniqroq yasashda qo’l keladi.
Funksiyanitekshirish va ularni grafiklarini yasashni quyidagi sxema
bo’yicha olib borish maqsadga muvofiqdir:
Funksiyaning aniqlanish sohasini topish;
Funksiyani uzluksizlikka tekshirish va uzulish nuqtalarini topish;
Funksiyaning juft, toq hamda davriyligini aniqlash;
Funksiyani monotonlikka tekshirish;
Funksiyani ekstremumga tekshirish
Funksiya grafigining qavariq hamda botiqligini aniqlash, egilish nuqtalarini
tekshirish;
Funksiya grafigining asimptotalarini topish;
Funksiyaning haqiqiy ildizlarini (agar ular mavjud bo’sa), shuningdek
argument x ning bir nechta harakterli qiymatlarida funksiyaning grafigini
yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |