Baxchilik uchun ko`p qo`llanadigan cholg`u asboblari Dostonlarda qahramon ruhiyati, lirik kechinmalari, ichki his-tuygularini yoritishda, albatta nazmiy misralarning o`rni beqiyosdir. Ammo bu jarayon bevosita baxshining badiiy salohiyatiga, nazmiy misralar ohangdorligini ijro jarayonida bera olish qobiliyatiga bog`liq. Garchi Janubiy O`zbekiston baxshilari repertuaridagi an’anaviy dostonlar she’riy tuzilishida ham nazmiy ohangdorlik kuchli, obrazli tasvirlansa-da, ularda lirik tasvirning epik an’analar asosida saqlanganligini kuzatish mumkin. Ma’lumki, o`zbek xalq dostonlari uchun xos bo`lgan nazmiy tuzilish barmoq vaznining 7, 8, 11 bo`g`inli ko`rinishi umumiy tipik hol bo`lib, qahramon ruhiyati, holati va xatti-harakatining voqealar jarayoniga, tasvirlanishiga qarab erkin tarzda o`zgarib boradi. Bunda dostonlar tekstida qofiya va band tuzilishi ma’lum tartiblilik asosida emas, balki erkin harakat va voqeaband tuzilish ko`rinishida ijro etilganligi bilan farqlanib turadi. Umir shoir Safarov repertuaridagi «Alpomish» dostonida Alpomish qalmoq yurtidan qaytib kelayotganida Oqdaryoga duch keladi. - Dostonlarda qahramon ruhiyati, lirik kechinmalari, ichki his-tuygularini yoritishda, albatta nazmiy misralarning o`rni beqiyosdir. Ammo bu jarayon bevosita baxshining badiiy salohiyatiga, nazmiy misralar ohangdorligini ijro jarayonida bera olish qobiliyatiga bog`liq. Garchi Janubiy O`zbekiston baxshilari repertuaridagi an’anaviy dostonlar she’riy tuzilishida ham nazmiy ohangdorlik kuchli, obrazli tasvirlansa-da, ularda lirik tasvirning epik an’analar asosida saqlanganligini kuzatish mumkin. Ma’lumki, o`zbek xalq dostonlari uchun xos bo`lgan nazmiy tuzilish barmoq vaznining 7, 8, 11 bo`g`inli ko`rinishi umumiy tipik hol bo`lib, qahramon ruhiyati, holati va xatti-harakatining voqealar jarayoniga, tasvirlanishiga qarab erkin tarzda o`zgarib boradi. Bunda dostonlar tekstida qofiya va band tuzilishi ma’lum tartiblilik asosida emas, balki erkin harakat va voqeaband tuzilish ko`rinishida ijro etilganligi bilan farqlanib turadi. Umir shoir Safarov repertuaridagi «Alpomish» dostonida Alpomish qalmoq yurtidan qaytib kelayotganida Oqdaryoga duch keladi.
- Dostonning har bir sahifasidan bu xildagi unsurlarni topish mumkin. Misol uchun, chaqaloq Yodgorga nom qo`yishdagi yig`ilish shunday tasvirlanadi: «Barchinoyning koshonasi qarindosh-uruqqa to`ldi. Hamma Barchinoyning donoligini bildi, shu kecha o`yin-kulgini qildi... Ertasiga hamma qarindosh qutlug` qadamlar, ulug duolar, shirin orzu-umiddar bilan Alpomishni eslab tarqaldilar». Dostondagi ushbu tasvir qandaydir tantanali marosimdagi nutqqa o`xshaydi. An’anaviy dostonlarda esa bunday til uslubi tasvirlanmaydi. Bu kabi dostonda «Alpomish»dagi ruh, g`oyaviy maqsad butunlay o`zgartirib yuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |