Umumo`zbek dostonchiligida bo`lgani kabi Janubiy O`zbekiston baxshilari repertuarida ham “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, “Avazxon”, “Nurali” turkumiga oid an’anaviy dostonlar kuylanib kelingan. Ayniqsa, “Alpomish” dostoni umumo`zbek dostonchilik maktabi baxshilari repertuaridan alohida joy olgan va har bir baxshi ushbu dostonni mehr bilan ijro etgan. Dostonning Janubiy O`zbekistonda yashab ijod qilgan Mardonaqul Avliyoqul o`g`li, Mamadrayim yuzboshi, Umir shoir Safarov, Bo`riboy Ahmedov, Abdulla shoir Nurali o`g`li, Hamro Ergash o`g`li, Zohir Qo`chqorovdan yozib olingan variantlari professor T.Mirzayev tomonidan yetarlicha tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda doston variantlari biz yuqorida tilga olgan savodli baxshilar repertuaridan ham yozib olingan. - Umumo`zbek dostonchiligida bo`lgani kabi Janubiy O`zbekiston baxshilari repertuarida ham “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, “Avazxon”, “Nurali” turkumiga oid an’anaviy dostonlar kuylanib kelingan. Ayniqsa, “Alpomish” dostoni umumo`zbek dostonchilik maktabi baxshilari repertuaridan alohida joy olgan va har bir baxshi ushbu dostonni mehr bilan ijro etgan. Dostonning Janubiy O`zbekistonda yashab ijod qilgan Mardonaqul Avliyoqul o`g`li, Mamadrayim yuzboshi, Umir shoir Safarov, Bo`riboy Ahmedov, Abdulla shoir Nurali o`g`li, Hamro Ergash o`g`li, Zohir Qo`chqorovdan yozib olingan variantlari professor T.Mirzayev tomonidan yetarlicha tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda doston variantlari biz yuqorida tilga olgan savodli baxshilar repertuaridan ham yozib olingan.
Qahramonlik shartlari Umir shoir variantida uchta bo`lsa, Qodir baxshida to`rttadir. Barchin obrazi yanada kuchaytirilgan. Bu holni Qultoy qiyofasidagi Alpomishning Barchin bilan yor-yor aytishuvi tasvirida yaqqol ko`rish mumkin: - Qahramonlik shartlari Umir shoir variantida uchta bo`lsa, Qodir baxshida to`rttadir. Barchin obrazi yanada kuchaytirilgan. Bu holni Qultoy qiyofasidagi Alpomishning Barchin bilan yor-yor aytishuvi tasvirida yaqqol ko`rish mumkin:
- Qultoy:
- Sumbul-sumbul sochingdi
- Dol qo`yag`ay, yor-yor,
- Xapamating bandini
- Xo`p tuyag`ay, yor-yor,
- Ultontoz ham yaxshi qul,
- Sen tiyag`ay, yor-yor,
- O`ng tizzangga ullar olib,
- Ham suyag`ay, yor-yor,
- Sumbil-sumbil sochingdi,
- Yana sumbul sochingdi
- Tarag`ayda, Barchinjon,
- Oyna olib oq yuzingga
- Qaragayda Barchinjon.
Barchin:
Lochin qo`ngan to`shimga
Qarg`ani keltirma-yey,
Tulpor yurgan dashima
Eshakni keltirma-yey,
It bolasi it bo`lar,
Ot bo`lmaydi, yor-yor,
Alpon to`ram ketganini
Hech bildirma, yor-yor.
Sumbul-sumbil sochimdi,
Yana sumbul sochimdi,
Taramay o`lay, boboya,
Oyna solib oq yuzimga
Qaramay o`lay, bobo-ya.
Do'stlaringiz bilan baham: |