Surxon vohasi ko‘chma uylari. Nabiyev Muhammadi Mamarasul o‘g‘li



Download 33,59 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2022
Hajmi33,59 Kb.
#677810
  1   2
Bog'liq
2 5372941440903026810


Surxon vohasi ko‘chma uylari.


Nabiyev Muhammadi Mamarasul o‘g‘li
TDShU magistranti
Tel: +998919091866
Email: mg9698@mail.ru


Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxon vohasida moddiy madaniyati merosining ajralmas qismi bo’lgan ko’chma uylar (o‘tovlar) haqida ma’lumot berilib, uning tarkibiy tuzilishi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Surxon vohasi ko’chma uylarining boshqa hududlar ko’chma uylaridan farqli jihatlari izohlangan. Shuningdek vohadagi asosiy ko’chma uylar turlari haqida alohida-alohida ma’lumot berilgan.
Tayanch so‘zlar: qora uy, yurt, keraga, jafsar, ko‘zanak, yel ko‘zanak, chinoq, keraga ko‘ki, turdi, chiy, uvuq, yetim uvuq, qasqoq, chang‘aroq solma, qur, kigiz, bov, erganak, g‘o‘r, oshirma, oq uy, kamar, to‘g‘ora, kapa, xos kappa, lochiq, chodir.
Аннотация: В данной статье приведены сведения о передвижных домах (пастбищах) в Сурхандарьинском оазисе, являющихся неотъемлемой частью наследия материальной культуры, а также о его устройстве. Объясняются отличия передвижных домов Сурхандарьинского оазиса от передвижных домов других регионов. Также есть информация об основных типах мобильных домов в оазисе.
Ключевые слова: черный дом, земля, керага, джафсар, козанак, ел козанак, чинак, кераг коки, турди, чий, увук, сиротский увук, каскак, ​​чангарак солма, кур, войлок, бов, ерганак, пещера, навес, белый дом, камар, догара, капа, своеобразная каппа, лочик, палатка.
Annotation: This article provides information about mobile homes (pastures) in the Surkhandarya oasis, which are an integral part of the heritage of material culture, as well as its structure. The differences between the mobile homes of the Surkhandarya oasis and the mobile homes of other regions are explained. There is also information about the main types of mobile homes in the oasis.
Keywords: grass, black house, earth, keraga, jafsar, kozanak, el kozanak, chinak, kerag koki, turdi, chiy, uvuk, orphan uvuk, kaskak, changarak solma, chickens, felt, bov, erganak, cave, canopy, white house, kamar, dogara, capa, a kind of kappa, lochik, tent.
Surxon vohasining yarmi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi chorvador aholisining asosiy turar joylari mavsumiy va vaqtinchalik bo‘lib, ularni lochiq, kapa, chum, chayla, chodir, yer tom, to‘la, cho‘pon to‘la, bog‘ tom, o‘tov, qora uy, oq o‘tov, qizil o‘tov kabilar tashkil etgan.1 Surxon vohasida mavsumiy va vaqtinchalik turar joylar ichidan eng ko‘p tarqalgani o‘tov (qora uy) bo‘lib, uning vujudga kelish tarixi bir necha mingyilliklarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi V asrda Gerodot o‘zining “Tarix” nomli asarida arg‘ipplarni mavsumiy va vaqtinchalik turar joy sifatida ko‘rgan, uy joy uchun qurilish anjomini tabiiy o‘sib turgan daraxtlardan foydalanganliklari haqida to‘xtalib: “har bir oila daraxt tagida yashaydi, qishda daraxt qalin oq kigiz bilan yopiladi, yozda esa kigiz olib tashlanadi”2, - deb qayd etgan. O‘g‘uzlarga o‘tov birinchi mingi yillikning oxirlarida kirib kelgan, muallifi noma’ lum “hudud al-olam” nomli asarda Irtish bo‘ylarida istiqomat qilgan qalmoqlar haqida: “Qishin yozin kishilar qora uylarda yashab, yaylov va suv axtarib, ko‘chib yuradilar” deyilgan. Demak, o‘tov ko‘chmanchi xalqlarning asosiy turar joy vositasi sifatida milodning birinchi mingyilliklari o‘rtalarida vujudga kelgan.
O‘zbekistonning turli hududlari aholisining o‘tovlari ba’zi bir elshunos olimlar tomonidan ham tadqiq etilgan. Ammo Surxon vohasi aholisining o‘tovlari esa o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Voha aholisining qora uy o‘tovlari ya’ni “yurt”lari ikki qismdan; a) tol (sariq tol) novdalaridan qilinib, bu uyning suyagi deb ataluvchi keraga, uvuq, va chang‘aroqdan; b) uyning ustini yopuvchi jihozlar-to‘rlik, uzuk va tuynukdan tashkil topgan. Uyning panjara qismi keraga bo‘lib, keragalar 48 boshdan 74 boshgacha bo‘ladi. Asosan bitta o‘tovda to‘rtta keraga bo‘lib, bu har bir keraga uyning to‘rtdan bir qismini egallagan hamda qanot deb nomlangan. Qanotlarning birlashgan joyini “jafsar” deb atashgan, jafsarlarga balandligi olti yarim, sakkiz yarim qarich uzunlikdagi jafsar qoziqlar qoqilgan va keragalar jafsar ip (bov)lar bilan jafsar qoziqlarga mahkamlangan. To‘rtala keraga birlashtirilib, o‘tovning panjara qismini tashkil etgan, keragalardan xosil bo‘lgan panjara kataklari ko‘zanak deb atalgan. Ko‘zanaklarning keng, ya’ni yel ko‘zanak hamda tor ko‘zanak kabi turlari bo‘lib, Surxon vohasining o‘troq, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholisi asosan tor ko‘zanakli uylar qurishgan. Vohaning yarim o‘troq aholisi esa yel (keng) ko‘zanakli uylar qurishgan, chunki, yel (keng) ko‘zanakli uylar nisbatan yengil va ixcham bo‘lib, ko‘chish chog‘ida ulov (tuya, ot yoki eshak)ga ixchamgina joy bo‘lgan. Har bir qanotda 12 tadan chinoq ya’ni quloq bo‘lsa, o‘tov 48 boshli, 16 tadan chinoq bo‘lsa 64 boshli o‘tov deb atalgan.3 Keraga panjaralari keraga ko‘ki, ya’ni ho‘kiz yoki tuya terisidan maxsus tayyorlangan tasmalar bilan bog‘langan. Shuningdek, keraga ko‘ki o‘tovning oshiq-moshig‘i sifatida ham ishlatilgan. Sho‘rchi tumanida yashovchi, o‘tov yasash bilan shug‘ullanuvchi insonlarning aytishicha, Ho‘jamulki, Shaldiroq, Obodon qishloqlarida keragalar yoyilganda 7 – 8 qarich balandligidagi panjaralarni tashkil etsa, Oltinsoy tumanida yashovchi, o‘tov yasash bilan shug‘ullanuvchi insonlarning aytishicha esa Qumpaykal, Qorluq qishloqlarida esa 6 qarichni tashkil etgan. Yig‘ishtirib olinganda balandligi 12 – 14 qarichni, eni esa 3 – 4 qarichni hosil qilgan.
O‘tovning eshigi “turdi”, ya’ni ustki, pastki hamda yon bo‘sag‘alardan iborat bo‘lib, keraganing old tomoni uy eshigining yon bo‘sag‘a, ya’ni yon ustuniga berkitilgan. Yon bo‘sag‘alarning ikki uchi turdi (tepa) va pastki bo‘sag‘alarning chuqurchasiga kiydirilgan, turdi (tepa bo‘sag‘a)ning ustki qismida beshta yetim uvuq uchun chuqurchalar qilingan. Ikki yon bo‘sag‘aning keragalarga kelib birlashtiriladigan joyi uzunasiga o‘yilib, ariqcha shaklida qazilgan va keragalar shu chuqurchaga joylashtirilgan. Besh olti qarich balandlikda qamishdan chiy to‘qilib, keragalarning tashqi qismiga tutilgan. Bunda ikki yoki uchta chiy yetarli bo‘lgan, chiy to‘qishda esa qamish po‘stlog‘idan ajratilib, besh yoki olti qarich uzunlikda qirqilgan hamda chiy to‘qish dastgohida echki qilidan yigirilgan shardoz (ip)lar bilan to‘qib chiqilgan. Qora uyning keraga va bo‘sag‘alari o‘rnatilib bo‘lgandan keyin keraganing qismidan eni 1 – 1,5 qarich bo‘lgan, rangga bo‘yalgan jundan to‘qilgan bog‘ish hamda o‘rta qismidan eni yarim qarichdan uzunroq bo‘lgan rangga bo‘yalgan jundan to‘qilgan jafsar bov, ya’ni ayil aylantirilgan va ikki uchi yon bo‘sag‘alariga tortib bog‘langan. Bular keragalarning o‘tirib qolmasligi, qolaversa jafsarlarning ochilib ketmasligi hamda keragalarning orqaga qarab qiyshaymasligi uchun qurilgan choradir.
Surxon vohasida o‘tovning uvuqlari tol novdasidan yasalib, Xo‘jamulki, Obodon, To‘la, Chaqar qishloqlarida o‘n qarichdan o‘n to‘rt qarichgacha bo‘lsa, Ipoq, Qumpaykal, Qorluq, Chep qishloqlarida sakkiz to‘qqiz qarich uzunlikni tashkil etib, diametri qo‘l o‘rta barmog‘ining bir yarim – ikki bo‘g‘in uzunligini tashkil etgan. Uvuqning egilgan joyi keraga chinoq (quloq)lariga mahkamlangan, uvuqlarning soni uyning necha boshli bo‘lishligiga bog‘liq bo‘lib, qora uy 52 boshli bo‘lsa, uvuq 52 ta yoki 74 boshli bo‘lsa uvuq ham 74 ta bo‘lgan. Albatta, yetim uvuqlar bunga kirmagan, yetim uvuq deb ustki bo‘sag‘aga, ya’ni eshik ustiga o‘rnatiladigan beshta uvuqqa aytilgan. Chunki, yetim uvuqlarning egilgan joyi qisqarok bo‘lib, bir qarichdan oshmagan, uchi esa chang‘aroq teshiklarga kiritilgan. O‘tovning chang‘arog‘i toldan doira shaklida egib qilinib, uning aylanasi 8 – 9 qarichni, qalinligi esa bir qarichni tashkil etgan, bu qasqoq deb atalgan. Chang‘aroq qasqog‘ining ustki qismiga toldan tayyorlangan tayoqlar gumbaz shaklida egilib chang‘aroq teparog‘idan o‘yilgan birinchi qator teshiklariga tiqilgan. Tayoqlar xoch shaklida kesishib, o‘rta qismi esa tuya yoki ho‘kiz ko‘ni (terisi)dan tayyorlangan tasma bilan bog‘langan. Chang‘aroqning asosi bo‘ylab “chang‘aroq, solma” deb nomlangan qizil ip – bov aylantirib tutilgan.
Surxon vohasida o‘tov suyagini ko‘tarishda, ya’ni tikka qilishda ikkita uvuqni echki shoxiga o‘xshatib, egilgan joylari bir-biriga qarama-qarshi holatda bog‘lab, chang‘aroq shuning yordamida balandlikka ko‘tarilgan hamda uch yoki to‘rtta ayol uvuqlarni chang‘aroqning pastki qator teshiklariga kiritib, pastki qismini keraga chinoq (quloq)lariga mustahkamlab bog‘lagan. Uvuqlar chang‘aroq teshiklariga kiritilib bo‘lgandan keyin eni 2 – 2,5 bo‘g‘in uzunlikda bo‘lgan, jundan guldor qilib to‘qilgan tizmalar bilan mustahkamlangan. Uvuqlarning egilgan joyidan, ya’ni tizmaning tagidan qur uyning butun aylanasiga tutilgan. Qur jundan guldor qilib to‘qilib, eni 1,5 – 2 qarich uzunlikda bo‘lgan. O‘tovning ichini chiroyli qip-qizil tusda ko‘rsatib turish uchun bir qarich enlikda qizil gulli qilib, jundan to‘rlab, sachoqlari qubbali qilib to‘qilgan guldurovuq qurning tagidan tugilgan.
O‘tovning ustki qismi kigiz (namat)dan tayyorlangan ikkita uzuk hamda to‘rtta to‘rlik bilan yopilgan, bunda ikkita uzuk bilan uyning ustki qismini chang‘aroq bo‘lgan joyini yopishgan. Uzukning yuqori qismi chang‘aroqqa moslab aylana holatda kesilgan, oldingi 6 – 8 ta po‘pakli qizil bov bilan orqa tomonga tortilgan. 8 – 10 ta bov bilan esa orqa uzukda uyning oldingi qismiga qarata uvuqlar ustidan tortiladi hamda oldini uzukning ustki qismidan bir-biri bilan kesishgan holatda uyning beldoviga bog‘langan. Uzuk oq bovi bir qarich enlikda bo‘lgan, shuningdek, eni yarim qarich bo‘lgan, 38 tadan 64 tagacha oq tag‘obchilari bo‘lgan. Bu tag‘obchilar pastga tortib olib kelinib, ola beldovga mahkamlangan, tag‘obchilar uyning chiroyli va oq bo‘lib ko‘rinishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. To‘rtta to‘rlik o‘tovning to‘rtta jafsari (qanoti)ga yopilgan hamda uzuklar tagiga to‘rliqlarning tepa qismi kiritilgan, keraganing pastki qismigacha to‘rliqlar yopib turgan. Yozning issiq kunlarida to‘rliqlar beldovga turib qo‘yilib, salqin bo‘lishi uchun chiylar ochib qo‘yilgan.
O‘tovda yorug‘lik tushishi, havo almashishi, sandal, o‘choqlarning tutunlari chiqishi kabi masalalar uchun qora uy chang‘arog‘ining tuynugi bo‘lib, tuynuk kigiz (namat)dan qilingan. Tuynukning to‘rtta uch quloq uzunlikdagi tuynuk bov (arqon)lari bo‘lib, uyning to‘rt tomonidan pastga tushib turgan, tuynukni ochib yopishda bu tuynuk bovlardan foydalanilgan. O‘tovning eshigi narvon shaklidagi ikki qanotli “erganak4 bo‘lib, erganak ustidan uch quloch uzunlikdagi maxsus chiy hamda chiy ustidan kigiz (namat) qoplangan eshik yopqich tayyorlangan. Eshik yopqichning tepa qismi uzukka birlashtirilgan bo‘lib, issiq vaqtlarda tepaga buklanib qaytarilgan holda ko‘tarib qo‘yilgan, sovuq vaqtlardagina tushirilib, uyning og‘zi berkitilgan. Yomg‘ir yoqqanda tashqaridan ichkariga suv kirib ketmasligi uchun uyning tashqi atrofidan “g‘o‘r”, ya’ni ariqcha qazilgan. Shuningdek, o‘tovning “oshirma” arqonlari bo‘lib, oshirma arqonlari chang‘aroq, ustidan oshirilgan va ikki tomoniga qoqilgan qoziqlarga bog‘lab, dovul va shamol bo‘lganda qo‘zg‘almasligi uchun mustahkamlangan. Surxon vohasida o‘tovlarning katta, kichik, baland bo‘lishi, bezaklarning turli xilda chiroyli bo‘lishi uy egasining iqtisodiy jihatdan baquvvatligidan kelib chiqib, ularning uylari ikki ustma-ust keraga, ya’ni qo‘sh qanotli bo‘lgan5. Surxon vohasiniig Qumpaykal, Qorluq, Jobu, Jaloyir, Oqqapchig‘ay, Xo‘jamulki, Shaldiroq, Obodon, To‘da, Xomkon, Besherkak, Munchoq kabi qishloqlarida o‘tovlarning eshigini janubga qaratib qurganlar. Chunki quyosh chiqqandan botgunga qadar uyning ichiga quyosh nuri (ayniqsa, kuz va qish fasllarida) tushib turishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari sharq – kun chiqish va g‘arb – kun botishi tomondan esadigan izg‘irinli shamollar va yog‘ingarchilik hisobga olingan.
Surxon vohasida yangi uylanayotgan yigitga oq uy (oq o‘tov) qilingan. Nikoh to‘yiga yangi o‘tov qilish odati xorazmliklarda, qipchoqlarda, laqaylarda ham mavjud bo‘lgan6. Oq o‘tovning suyagi va kigizlarini kuyov tomon, o‘tovning uy sozi, ya’ni ichki jihozlarini kelin tomon tayyorlagan. Oq o‘tovning kigizlari asosan oq jundan tayyorlangan. Vohada o‘tovni tiklash va buzish ishlarini faqat ayollar bajarishgan.
Qadimiy turar joylardan biri kamarlar bo‘lib, odamlarning ma’lum qismi uylar qurish uchun imkoniyati bo‘lmaganligi sababli tabiiy holatdagi tepaliklar, sun’iy ravishda tayyorlangan kamarlarning yonlariga sovuq, bo‘ron hamda yomg‘irdan saqlanish uchun “to‘g‘ora” to‘qib tutganlar va to‘g‘ora ustuni loysuvoq qilib yashaganlar, Chorvadorlar yem-xashagini to‘plab, uzoq yaylovlarda yomg‘ir va qorlardan saqlanish uchun kamarlarda yashaganlar.
Surxon vohasida o‘tmishdan mavjud bo‘lgan turar joylardan yana biri kapa bo‘lib, vohada o‘zbeklarda kapa “chayla” deb atalsa, qozoqlarda esa “kurke” deyiladi. Kapa vaqtinchalik va mavsumiy turar joy bo‘lib, tezda yig‘ishtirib olishga qulayligi hamda sodda tuzilganligi bilan ajralib turadi. Vohada kapalar yumaloq (gumbazsimon) va tik (konus) shaklida bo‘lib, o‘rtacha kattaligi eniga uch-to‘rt quloch, bo‘yiga beshi-olti quloch bo‘lgan. Kapani tikish uchun uzunligi uch-to‘rt quloch, diametri bir yarim, ikki bo‘g‘in keladigan tol (yoki tut, yulg‘un, archa, zarang), ya’ni “kapa cho‘p” yerga bir qarich uzunlikda, orasi uch qarich enlikda qoqilgan. Kapa cho‘plar bo‘shamasligi uchun ikki quloch yuqorirog‘idan jundan to‘qilgan tizma bilan bog‘lab chiqilgan. Jundan eni to‘rt quloch, bo‘yi olti – sakkiz quloch uzunlikda kigiz qilingan bo‘lib shamol, dovul ko‘tarib yubormasligi uchun to‘rt burchagiga jundan arqon qilinib, kapa cho‘pga bog‘langan. Pishiq qilib mustahkam tayyorlangan bu kigizlardan qor va yomg‘ir o‘tmagan, shuningdek, kigizdan tashqari qamish yoki ustidan somonli loy bilan loysuvoq qilganlar. Yozgi kapalar qamish bilan yopilgan7, ayrimlarining usti somonli loy bilan suvalgan. Eshik og‘ziga qish faslida kigiz, boshqa iliq kunlarda bo‘yra yoki sholdan to‘qilgan mato tutib qo‘yganlar. Ipoq, Qorluq qishloqlarida kapa tepasidan tutun chiqadigan tuynuk ham qilingan. Yerga chiy (bo‘yra) to‘shalib, ustidan kigiz yoki gilam to‘shaganlar. Kapaning devoriga taqab naparmach, bo‘g‘jama, ko‘rpa, yostiq hamda boshqa buyumlar qo‘yilgan. Kiraverishda eshikka yaqinroq joyda o‘choq bo‘lib, tutun tuynukdan chiqib turgan, shuningdek, kapada sandaldan foydalanilgan. Vohada kapalarning ustuni maxsus qamishdan to‘qilgan bo‘yralar bilan yopganlar, bu kapani vohaning yuz, do‘rmon, qarluq, barlos urug‘iga mansub aholi “xos kapa", qo‘ng‘irotlar esa “chum” deb ataganlar8.
Surxon vohasida yashovchi yuz, do‘rmon, qarluq va barloslarning o‘tov va kapaga nisbatan keng tarqalgan asosiy turar joylaridan biri lochiq hisoblangan. Lochiq turar joy sifatida turkiyalik yuruklarda, ozarbayjonlarda, qolaversa, qirg‘iz va turkmanlarda ham mavjuddir.9
Surxon hududlarida lochiqning bir necha turlari bo‘lgan, Surxon vohasining Chinor va Bodihavo qishloqlarida lochiqning devorlari keragali bo‘lib, bo‘yiga to‘rt besh quloch, eniga ikki qulochni tashkil etib, uzunasiga ayvonsimon egilgan o‘qlardan foydalanilgan. Vohaning Degrez, Chep qishloqlarida esa aylanasi besh-olti quloch, tepasi gumbazsimon bo‘lib, egilgan o‘qlardan tashkil topib, devor qismi o‘qlari ikki, ayrim hollarda uch qatordan bog‘lab chiqilgan. Do‘rmon, Chaqar qishloqlarida lochiqning aylanasi to‘rt besh qulochdan iborat bo‘lib, tepasiga chang‘aroqqa o‘xshash shaklda aylanasi bir quloch bo‘lgan ikkita tol novdasi egilgan halqa bo‘lgan. Bu halqa (tuynuk)ga 35 yoki 45 dona o‘q uchlari “tang‘ich” yordamida bog‘lanadi. Yuqori qismi ma’lum miqdorda egilgan “o‘q novdalari” “o‘q bov” bilan keraga boshiga mahkamlanadi. Bir quloch balandlikdagi keragalar asosan aylanasi ikki bo‘g‘in bo‘lgan tol novdasidan yasalib, ikki qanot uchun to‘rt donadan iborat bo‘lgan. Eshik “manglay tayoq”, ikkita “yon tayoq” hamda “pastki tayoq”lardan tashkil topgan bo‘lib, pastki tayoqlar ishlatilmagan hollarda ikki yon tayoqlar yerga qoqilib, qoziq vazifasini bajargan hamda keraga qanotlari shunga mahkamlangan. Lochiqlar keragasi mustahkam bo‘lishi uchun bir quloch uzunlikdagi olti sakkiz dona qoziqqa bog‘langan. Mol va itning kirmasligi uchun “erganak eshik” qo‘yilgan, shuningdek, uning ustidan kigiz hamda chiydan yasalgan “solma eshik” o‘rnatilgan. To‘rt dona kigiz “orqa uzuk” va “oldingi uzuk” deb nomlanib, uyning ustiga yopilgan. Rangli chiy keraga ustidan yon devorlariga tortilib, uning ustidan to‘rliq kigiz mahkamlangan. Uyning tuynug bog‘lari bo‘lgan yumaloq kigiz bilan yopilgan, “oq bov”lar uyning ustidan tortilib, uy atrofidagi qoziqlarga bog‘langan hamda kigizlar mustahkamlangan. Uyning ustidan bog‘langan “oq bov”lar uyni ola chipor ko‘rsatganligi sababli ham uni “olachi”, “lochiq” deb ataganlar.
Surxon vohasida ko‘chma turar joylarning yana bir turi chodir bo‘lgan, undan vaqtincha turar joy sifatida foydalanganlar10. Hozir ham Surxon vohasida yashovchi luli(jugi)lar bu vaqtinchalik turar joy turidan yoz oylarida ko‘chib yurganlarida foydalanadilar11. Vohada aholi yangi uyni qurishda kun o‘nglab, oyning chorshanba kunlarida boshlashgan. Bu kunni “sahatli kun” deb atashgan. Yangi uyga ko‘chish ham o‘sha sahatli kunda o‘tkazilgan. Uy qurishni boshlashganda imkoni borlar qo‘y so‘yganlar, buni “qon chiqarish” deb atashgan, chunki qon chiqarilsa, ish o‘ngidan keladi, uy yaxshi quriladi hamda bu uyda yashovchilarning hayoti yaxshi bo‘ladi deb o‘ylashgan. Agar sahatli kunda uyga imkoni bo‘lmasa, o‘sha kuni shu uyga tuz olib borishgan va boshqa kunlarda ko‘chib o‘taverishgan. Yangi uyga ko‘chib o‘tishda isiriq tutatishgan, shunday qilinsa, yovuz kuchlar qochar ekan. Yangi uyga ko‘chib o‘tilgach, qarindosh urug‘ va qadrdonlar har kim topganini olib kelishgan (ayollar ikkitadan non). Uy to‘yiga kelganlar ham uy egasiga yaxshi niyatlar tilashgan. Hozrgi kunda Surxon vohasida o‘tovdan foydalanish kamdan-kam holatda uchraydi, asosan chorvador aholi kunlar isishi bilan mol va qo‘ylarni boqish uchun dalaga chiqadi, shunda ular ba’zi holatlarda o‘tov, ba’zi holatlarda chodir, ba’zan esa kapa va chayladan foydalanadi. Surxon vohasining shimoliy qismida o‘tovni ko‘proq ramziy ma’noda “Navro‘z” bayramida, boshqa bayram va sayllarda milliylikni ko‘rsatish maqsadida o‘rnatilganini ko‘rishimiz mumkin. Vohaning janubiy qismida esa yuqorida ko‘rsatilganidek faqat ma’lum bir chorvador aholi dalaga chiqqan vaqtlardagina foydalanadi. O‘tovlarning transformatsiyasini kuzatsak, deyarli zamonaviy turar joylar o‘tovni siqib chiqarib bo‘lgan. Buning asosiy sabablaridan biri, zamonaviy turar joylar iqlim sharoitidan, tashqi va ichki qismlarining chiroyliligi va boshqa ko‘plab qulay jihatlari bilan ajralib turadi. Chodirdan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Chodirdan asosan chorva bilan shug‘ullanuvchi cho‘ponlar quyosh nuridan va yog‘ingarchilik kunlaridan saqlanish uchun foydalanadilar. Chodir ko‘chirish olib yurish uchun qulayligi uchun asosan cho‘ponlar chorvador aholi foydalanadilar. Chodirning ba’zi transformatsiyalarini ham ko‘rish mumkin. Bunda chodir o‘rniga suv o‘tkazmaydigan plastik mahsulotdan ishlangan zamonaviy chodirlardan foydalanishlarni ham uchratish mumkin. Chayla Surxon vohasining chorvador va dalada dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholisi hozirda ham faol foydalanadigan mavsumiy turar joyi hisoblanadi. Chaylalar transformatsiyasini asosan yog‘ochlar, has, cho‘plar o‘rniga temir ustun va zamonaviy panel mahsulotlaridan ko‘proq foydalanilganini ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Surxon vohasi aholisi turar joylarining aksariyati boshqa O‘rta Osiyo xalqlarinikiga o‘xshaganligi kuzatiladi. Ammo voha turli etnik guruhlarining turar joylari ba’zi jihatlari bilan ajralib o‘zini, qadimiy an’analarini saqlab qolgan.


Download 33,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish