26-Mavzu:Jismoniy tarbiya shartlari va vositalari MTTda kun tartibini tashkil etishni o`rganish.
Reja:
Jismoniy tarbiya shartlari va vositalari.
MTTda kun tartibini tashkil etishni o`rganish.
Jismoniy tarbiya shartlari. Asab sistemasini muhofaza qilish bolani to‘laqonli jismoniy va ruhiy rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Dastawal u faoliyatning turli xillarini almashtirishni belgilab beruvchi oqilona rejimni tashkil etish orqali ta’minlanadi, bunda turli shakllardagi harakatlarga katta o‘rin beriladi. Bolaning kunduzgi va tungi to‘laqonli uyqusini ta’minlash ham juda muhim ahamiyatga egadir, bu yakka tartibdagi ehtiyojlar va oliy asab faoliyatining ishi xususiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola egallashi lozim bo‘lgan madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarning quyidagi guruhlari ajratiladi:
a) ovqat yeyish ko'nikmalari (ovqatni tartib bilan olish, yaxshilab chaynash, qoshiqdan, sanchqidan, salfetkadan foydalanish va h.k.);
b) o‘z tanasini parvarish qilish ko‘nikmalari (yuvinish, soch tarash va h.k.);
d) xonada tartibga rioya etish, kiyimlardan foydalanish va unga qarash ko‘nikmalari (tez kiyinish va yechinish, kiyimlarni tartibli, ozoda saqlash va h.k.).
Bolalar harakat ko‘nikmalari va malakalarini egallaydigan jismoniy mashqlar ham belgilangan:
a) asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, uloqtirish, muvozanatni saqlash mashqlari);
b) umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, safga turish va qayta safga turish;
d) sport mashqlari (suzish, chang‘ida yurish, konki uchish vah.k.).
Rejim (tartib). Bolalar hayotining tartibi, bu — bedor yurish, uxlash, ovqatlanish, faoliyat xilma-xil turlarining har kuni muayyan izchillikda takrorlanib, oqilona almashinib turishidir. Tartib uchun qulay sharoit ta’minlash kerak, shuning uchun u bolaning yoshi, uning salomatligi, kattalar mehnatining xususiyatlari, bola tarbiyalanayotgan oila turmushi va muassasaga bogliq tarzda o‘zgaradi.Muayyan vaqt ichida rejimning asosiy tarkibiy qismlari bir maromda va doimiy bo'lishi uning ajralmas xususiyatlaridir. Tar-tibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi, organizm faoliyatining maromiga asoslanadi. Bu bedor yurish va uxlashning, tana haroratining o‘zgarishi, nafas olish, yurak urishining qisqarish maromida, ovqat hazm qilish traktining ish maromida namoyon bo‘ladi va hokazo.Oqilona tartib bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati asosida quriladi, bu vaqtda bosh miya qobig‘i uchastkalari o‘rtasidagi vazifalar qayta taqsimlanadi, olingan axborot qayta ishlanadi, aqliy va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat hazm qilish maromini hisobga olish asosida quriladi.Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan birga uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat hazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlari asabiy bolalar va asab tizimi zaif bo'lgan
bolalar ko‘proq uxlashlari kerak.
4. Yil fasli, iqlim sharoitlarini bolalar uyqusini tashkil etishda
hisobga olish lozim.
Ovqatlanish. To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish bolalarni to‘laqonli jismoniy tarbiyalashning muhim jihati hisoblanadi. Ovqatlanish o‘sib borayotgan organizm uchun g‘oyat muhimdir, chunki u barcha to'qimalaming normal o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.Chiniqtirish deganda organizmning atrof-muhitdagi turli tabiiy ta’sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri darajasining o‘zgarishi)ga eng ko‘p chidamlili- gi, moslashishini tarbiyalash tushuniladi.Bolada faqat harorat, iqlim o‘zgarishlariga tez ta’sir bildirishgina tarkib topmasdan shu bilan birga gemoglobin miqdori oshadi, ularning immun tizimi yaxshilanadi. Bolalar turli kasalliklarga kamroq chalinadilar va ularning organizmlari kasalliklarni tezda yengadi.Chiniqtirishni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Chiniqtirishni butun yil davomida mavsumiy holatlarni hisobga olib, muntazam o‘tkazish kerak.
2. Ta’sir etuvchi vositalarning kuchini asta-sekin kuchaytirish zarur.
3. Bolaning salomatligini, yosh xususiyatini, hissiy holatini, uy va maktabgacha ta’lim muassasasining sharoitini hisobga olish zarur.
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada harakatlar hamda topshiriqlarni bajarish uchun qulay vaziyatni (qulay mebel, jihozlar) yaratish.
2. 0 ‘zlashtirilayotgan madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni qat’iy belgilangan tartibda bir vaqtda bajarishga o‘rgatish.
3. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.
4. Bolalarni madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarini
nazorat qilib borish.
5. Bolalarni kattalarning gigiyena va axloqqa oid barcha talablarini so‘zsiz bajarishga o‘rgatish.
1. Ilk yoshdagi bolalarning birinchi guruhida uchta kichik yosh guruhi uchun tabaqalashtirilgan tartib tashkil etiladi: 2,5—3 oydan 5—6 oygacha; 5—6 oydan 9—10 oygacha; 9—10 oydan 1 yoshgacha.2. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida 2 ta tartib mavjud. 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar 2 marta uxlaydilar1,5 yoshdan keyin esa bolalar bir marta uxlashga o‘tkaziladi.3. 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar 1 ta tartibga o‘tadilar.Ovqatlantirish. Ilk yoshdagi bolalar har 3—3,5 soatda gigiyeniksharoitda, belgilangan vaqtda ovqatlantiriladi. 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalarni ovqatlantirishda ular kichik guruhlarga bo‘linadi. 3 yoshli bolalar esa ovqatlarni mustaqil va tartibli yeyishga o‘rgatib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |