Surxandaryo viloyati maktabgacha


-Mavzu : Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi.Shaxsni rivojlantirishhaqida tushuncha.Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o'rni



Download 1,45 Mb.
bet11/93
Sana20.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#828150
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
Surxandaryo viloyati maktabgacha

5-Mavzu : Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi.Shaxsni rivojlantirishhaqida tushuncha.Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o'rni.

Reja
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi.
2.Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha
3.Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o'rni.

Shaxsning rivojlanishi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va egallangan miqdor, sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.Jismoniy rivojlanish o‘sish, vaznning, kuchning ortishi, sezgi


a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to‘g‘ri boshqara bilish bilan bog‘liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional-irodaviy,bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiyrivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularningmustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarak-atrofdagi tabiat, ijtimoiy hayot, kishilar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.
Agar ta’lim jarayonida 3—4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to‘g‘risidagi aniq faktlarga qaratilsa, 5—6 yoshli bolalarga ta’limberishda asosiy e’tibor muhim bog‘liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular
orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o‘qish asosiy faoliyat bo‘lib qoladi va bufaoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyati faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o‘zini maktab o‘quvchisi deb tushuna boshlaydi .Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalaridava oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bularga, albatta, bolalarfaoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim, malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.Inson shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o‘ziga munosabat sistemasini izchilo‘zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uningbutun hayoti davomida ro‘y beradi. Bunda bolalik va o‘smirlik yoshi, ayniqsa, muhimdir.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniyva ma’naviykuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg‘ular (burch, vijdon,mas’uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir etadi.Psixologiya va pedagogika inson shaxsi faoliyat va muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi, deb ta’kidlaydi. Agar inson ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o‘quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralabqo‘ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi yoki uningrivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida rivojlanadi. Shaxs ma’naviyati shaxsning o‘z ichki ishining yakuni bo‘lib, bu jarayonda tashqi ta’sirlar qayta ishlanadi va o‘zlashtiriladi.Insonning rivojlanishi miqdor va sifat o‘zgarishi, eskining yo‘qbo‘lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo‘lib, uning manbayi va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.Inson jismonan butun umri davomida rivojlanadi va o'zgaradi. Bu rivojlanish va o‘zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo'ladi.
Taniqli pedagog A.S. Makarenko pedagogning roli va mas’uliyatini ta’kidlab, shunday yozgan edi: «Tarbiyaviy ta’sirning g‘oyat qudratli ta’sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u o‘z bolaligida tarbiya topganidan qarzdordir».

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish