Surxandaryo viloyati maktabgacha


-12Mavzu : O`zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya» moddalarini o`rganish va tahlil qilish



Download 1,45 Mb.
bet23/93
Sana20.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#828150
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bog'liq
Surxandaryo viloyati maktabgacha

11-12Mavzu : O`zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya» moddalarini o`rganish va tahlil qilish

Reja:

  1. O`zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya» moddalarini o`rganish

  2. O`zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya» moddalarini tahlil qilish.

8-modda - Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalaridan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va zarur bo'lsa uning shaxsini aniqlab berishi shart. Bu bolaning ismini, millatini, oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.
- 9-modda - Davlat bola o'z ota-onasidan ularning xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta‟minlaydi, ota- onaning bittasida yoki har ikkisidan ham ayrilgan bolaning ular bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar yoki to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bog'lab turish huquqini hurmat qiladi. Bola uchun zararli bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.
- 10-modda - Bola yoki uning ota-onasi oilani birlashtirish maqsadida boshqa davlatga kirish yohud undan chiqish uchun bergan arizalari shu davlat tomonidan ijobiy, insonparvarlik ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota- onasi bilan muntazam ravishda shaxsiymunosabatlar, aloqalar bog'lab turish huquqiga egadir.
- 11-modda - Davlat bolalarning g'ayriqonuniy ravishda ko'chirilishiga va chet eldan qaytmasligiga qarshi kurash olib boorish chora-tadbirlarini ko'radi. Bolani chegara ortida ota- onalardan biri yoki boshqa uchinchi shaxs tomonidan ushlab turgani yoki bolalarni o'g'irlagani uchun jazo berishi va ularning oldini olishi shart.
- 12-modda - Bolaga taalluqli bo'lgan barcha masalalar bo'yicha erkin fikr bildirishi va bu fikrlar inobatga olinishi shart.
- 13-modda - Bolalar har qanday chegaralardan qat'iy nazar ularni qiziqtiruvchi malumotlarni olish hamda o'z nuqtayi nazarlarini aytish huquqiga egadirlar. Bular bola shaxsi huquqlari va obro'sini hurmat qilish, davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini, aholining sog'lig'i yoki ma'naviyatini muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.
- 14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat qiladi. Ota-ona yoki qonuniy vasiylarning bolaga,uningrivojlanayotganqobiliyatlarigamuvofiqkeladigan usul orqali bola huquqini amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqiga egadirlar.
- 15-modda - Bolaning assotsiatsiya yig'ilishlar huquqini, ya'ni bolalar boshqalar bilan uchrashish huquqiga, tashkilotlardan chiqish yoki ularni o'zlari tuzish huquqiga egalar.
- 16-modda - Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz- ligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyli- giga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha'ni va obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas. Bola qonun yo'li bilan himoyalanish huquqiga egadir.
- 17-modda - Davlat ommaviy axborot vositalarining muhim mavqeyini e‟tirof etadi. Bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa ijtimoiy, ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand bo'lishini ta‟minlaydi, salbiy ta‟sir qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.
- 18-modda - Bola tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun ota-onaning umumiy bir xil javobgarligi, bolaning eng yaxshi manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy g'amxo'rlikning predmeti hisoblanadi. Bunda davlat ota-onalarni qo'llab-quvvatlaydi va bolalar muassasalari
tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. Ota-onasi ishlaydigan bolalar uchun mo'ljallangan xizmatlar hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish huquqi beriladi.
- 19-modda - Davlat bolaning jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning, haqoratlash va suiiste'molliklar, g'amxo'rlik ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g'amxo'rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy suiiste'molliklarga qarshi zaruriy qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy chora- tadbirlarni ko'radi. Davlat zo'ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko'rganlarni himoya qilish dasturlarini ishlab chikishi zarur.
- 20-modda - Oila mahrumligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo'lgan bolalar o'zlariga taalluqli bo'lgan madaniyatga muvofiq maxsus muassasalar qaroviga, muqobil oilalarga va maxsus himoya qilinish huquqiga egadirlar.
- 21-modda - Bolani farzandlikka olish imkoniyatiga ega bo'linsa, buni faqat bola manfaatlari to'liq e'tiborga olingan holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o'tkaziladi.
- 22-modda - Qochoq hisoblangan bolalar yoki qochoq statusini olmoqchi bo'lgan bolalar maxsus himoyaga loyiqdirlar. Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining boshqa a'zolarini izlashda, o'z oilasi bilan qo'shilishi uchun barcha zaruriy choralarni ko'radi.
- 23-modda - Aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o'zining qadr-qimmatini ta'minlaydigan, o'ziga ishonch tug'diradigan, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda to'laqonli hamda munosib tarzda yashash huquqiga ega. O'ziga nisbatan alohida g'amxo'rlik ko'rsatilishini talab qilish huquqi beriladi. Shuningdek, ta'lim, kasb-kor tayyorgarligi, tibbiyot, sog'liqni saqlash, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko'rish sohasidagi xizmatlardan samarali ravishda bahramand bo'lish, dam olish, bolani ijtimoiy hayotga jalb etish kabi imtiyozlardan foydalanadilar.
24-modda - Bolalar eng yuqori darajadagi andozalarda tibbiy yordam olish huquqiga, sog'liqni himoya qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga egalar.
- 25-modda - Davlat tomonidan bolalarni tarbiyalash, himoyalash yoki ruhiy davolash maqsadida joylashtirilgan muassasalar muntazam ravishda nazoratdan o'tkaziladi.
- 26-modda - Bolalar ijtimoiy sug'urtalanishga kiritilganlari holida, ijtimoiy himoyalanish imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egalar.
- 27-modda - Bolalar ma'naviy, ruhiy, jismoniy, aqliy rivojlanishiga muvofiq keladigan hayot darajalariga, turmush saviyasiga ega bo'lish huqquqiga egadir. Ota-ona zaruriy turmush sharoitinita‟minlashda javobgarlikni sezishlari kerak. Bu mas‟uliyatni amalga oshirishda davlat kafolat berishi shart.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish