10-Mavzu: «Bola huquqlari tug`risidagi konvensiya»ning maqsad va vazifalari. Konvensiya huquqlarini toifalash
Reja:
1. “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya”ning maqsad va vazifasi
2. Konvensiya huquqlarini toifalash.Konvensiyaning tamoyillari
3. Bola huquqlari to‟g‟risidagi konvensiya
Konvensiya - bolalar rivojlanishining turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi. Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
l. Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarinio'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir.
1. Rivojlanish huquqi - bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivoj- lantirishga erishishlari uchun zarur. Ya‟ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar,axborot olish va vijdon erkinligi qonunlaridir.
2. Bolalar zo'ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo'lishlari shart. Bu borada qochoq bolalar masalasidagi muamolarga; adliya tizimidagi zo'ravonliklar va qiynoqlarga; bolalarni qurolli nizo- larga jalb etish; bolalar mehnati;
balog'atyoshigayetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish; o'smirlarning giyohvand moddalarini iste'mol qilishi muammolariga alohida e'tibor qaratish.
3. Ishtirok etish huquqi: Bolani mamlakat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga da'vat etadi. Bunda bolalarning hayotiga taalluqli muammolar bo'yicha jahonshumul anjumanlarda va tadbirlarda ishtirok etish huquqi va o'z fikr- mulohazalarini ifoda etishdagi huquqlarini ta‟minlaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1948-yilda"Insonhuquqlarihaqidagi umummilliydeklaratsiya" ni qabul qildi. Bunda bolalahuquqlari ham o'z aksini topadi va ko'p o'tmay bu huquqlar xalqaro shartnomada qayd etilishi lozimligi belgilanadi. 1959-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilinadi. Bu hujjatning yuzaga kelish tarixi uzoq yillarni o'z ichiga oladi.
"Bola huquqlari Deklaratsiyasi” bo'yicha asosiy sanalar:
1923-yil - Birinchi "Bola huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi. 1924 yil - "Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi" Millatlar ittifoqi tomonidan qabul qilindi. 1948-yil - Birlashgan MillatlarTashki -lotining Bosh Assambleyasi "Inson huquqlari haqidagi umummilliy dekla- ratsiya"ni qabul qildi. 1959-yil - Birlashgan Millatlar Tashki- loti ikkinchi "Bola huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi.
1978- yiI - Polsha hukumati "Bola huquqlari haqida konvensiya"ning yangi loyihasini ishlab chiqadi va uni BMT ning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganibchiqish uchun tavsiya etadi.
1979- yil - Xalqaro bolalar yilida "Bola huquqlari haqida Konvensiya" matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan ishchi guruh tuzildi. 10 yil davomida bu guruh izchillik bilan mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.1989- yil 20-noyabrda - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan "Bola huquqlari haqida Konvensiya" qabul qilindi. 1990- yil 2-sentabrda - Konvensiya xalqaro qonun sifatida kuchga kirdi. Deklaratsiya ruhini saqlab qolgan ushbu "Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" oxirgi 30-yillar ichida kelib chiqqan zamonaviy muammolarni:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish;
- Giyohvand moddalardan saqlanish;
-Turli xildagi bolalar zo'ravonligining oldini olish kabi muammolarni o'zida ifoda etadi.
O'zbekiston Respublikasi 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi va “Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.
1. Bola huquqlarini o'rganish - bunda muammo bo'yicha axborot materiallarni tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;
2. To'plangan materiallarga e‟tibor qaratish - istiqbolli yo'nalishlar bilantanishish, huquqiy muammolarni insonlar tomonidan qabul qilinish hissini shakllantirish, xayrixohlik hissini tarbiyalash, mashg'ulotlarga qiziqishini rivojlantirish.
3. Bolalar muayyan hayotda ro'y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishlari orqali kichik muammolardan global muammolar kelib chiqishini, ular ham dunyoda adolat va konstruktiv o'zgarishlar bo'lishi uchun qilinayotgan harakatlarda ishtirok etayotganlarini his
qilishlari shakllantiriladi.
Bu jarayonlarda bolalar inson huquqlari bu - ulardan uzoqdagi qandaydir kishilarning huquqlari. bo'lgan mavhum tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan muayyan muhitga tegishli ekanligini tushunadilar.
"Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya”ning asosiy vazifalari:
- Yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikning asosi - teng huquqlilik, jamiyat a‟zolarining o'ziga xos bo'lgan qadr- qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;
- Insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha‟ni va qadr-qimmatiga bo'lgan ishonchlarini tasdiqlaydi;
- Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, siyosiy va boshqa e‟tiqodlari,milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa holatlar bilan bog'liq belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat‟iy nazar o'z huquq va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;
- Har bir insonning irqi, jinsi, terisining rangi, tili, dini, siyosiy va boshqa e‟tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi va boshqa holatlar bilan bog'liq belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat‟iy nazar o'z huquq va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;
- Maxsus tarbiyaga muhtoj bolalarga tug'ilgunga qadar va tug'ilgandan keyin ham munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;
- Bolaning himoya qilinishi va uyg'un ravishda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
- Bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish Konvensiyaning asosiy mazmun mohiyatidan iboratdir.
Konvensiyada bolalarning huquq va majburiyatlari quyidagicha aks etadi:
- "18 yoshga to'lmagan har bir inson bola hisoblanadi. Barcha huquqlar hamma bolalarga taalluqli. Bolalar diskriminatsiyaning barcha shakllaridan himoyalangan bo'lishlari shart” -deyiladi. Bunda voyaga yetganlik yoshi 18 yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |