Sultonxonov asrorning „



Download 0,65 Mb.
bet1/6
Sana23.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#843065
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SULTONXONOV ASROR O\'quvchining musiqa san’atiga va tavsiya qilingan xalq cholg\'usiga bo\'lgan munosabatini tarbivalash.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKULTETI
SIRTQI MUSIQIY TA’LIM yo’nalishi 3-kurs ___-guruh talabasi
SULTONXONOV ASRORNING
______________________________________________________________________________________________________ “ fanidan
" O'quvchining musiqa san’atiga va tavsiya qilingan xalq cholg'usiga bo'lgan munosabatini tarbivalash."
mavzusida yozgan
Tasdiqlayman“
Milliy libos va san’at fakulteti
dekani A.Turaqulov___________________
___“___________2022y
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: ____________________

Termiz-2022


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB.CHOLG‘U IJROCHILIGINI O’QITISH USLUBIYOTI
1.1.Tarixiy-amaliy ma’lumotlar……………………………………………………6
1.2.Manbalar va adabiyotlar bilan tanishish ………………………………………14
II BOB. O'QUVCHINING MUSIQA SAN’ATIGA VA TAVSIYA QILINGAN XALQ CHOLG'USIGA BO'LGAN MUNOSABATINI TARBIVALASH XUSUSIDA MA'LUMOTLAR
2.1.O‘quvchining musiqa san’atiga va tavsiya qilingan cholg‘uga bo‘lgan munosabatini tarbiyalash…………………………………………………………20
2.2.O‘quvchilarning xalq cholg‘ulariga bo‘lgan qadriyatli munosabatini tarbiyalash………………………………………………………………………...24
XULOSA…………………………………………………………………..……..30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..32
ILOVALAR……………………………………………………………………...33












KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilariga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi.
Musiqa fani o‘qituvchilarining milliy cholg‘ulardan kamida bittasini, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi.Ularga asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars o‘tish va to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida «Hayotimga hamrohdir cholg‘u» shiori ostida «cholg‘u ijrochiligi» mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi.Maktablarni notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2022−2024-yillar davomida 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Buning uchun respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda jami 205 mlrd so‘m ajratiladi.Shuningdek, o‘quvchilar uchun milliy musiqa cholg‘ulari, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar tashkil etish uchun 2022 yilning o‘zida 92 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan cholg‘u asboblari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus liboslar O‘zbekistonga olib kirilishiga 2025-yil 25-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi shartligini aytib o‘tgan edi.O‘zbek xalq cholg‘ylarida zamonaviy ijrochilik san’ati o‘z taraqqiyotining ko‘p asrlik an’analariga ega. Bu meros ildizlari qadim-qadim davrlarga borib taqaladi.
Eramizning boshlarida turli-tuman xalq cholg‘ularidan kundalik turmushda, saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarida, xalq sayllarida foydalanilgan.
Xalq cholg‘u asboblari asrlar davomida insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirib, undagi ijro tadrijiy ravishda rivojlandi va takomillashdi.
O‘rta asrlarda musiqa ijrochiligi bir-biridan farqli o‘laroq, uch xil mustaqil uslub kasb etadi. Ularning birinchisi Farg‘ona-Toshkent ijrochilik yo‘nalishi, ikkinchisi Xorazm ijrochilik yo‘nalishi, uchinchisi Buxora-Samarqandd ijrochiligi uslubidir.
An’anaviy ijrochilik san’ati bugungi kunda ham tinglovchilarning e’tiborini qozonmoqda. Shu bois musiqa madaniyatining ijtimoiy hayot bilan bevosita aloqadorligini nazarda tutgan holda, uni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

  1. Musiqa ibtidoiy jamiyatda xalq turmushi va mehnat jarayoni bilan uzviy bog‘langan: Bunda cholg‘u asbobolari keng qo‘llanilgan. Masalan, «Navro‘z» tantanalarida cholg‘uchilar tanbur, dutor, nay, chang, rubob, doira (daf, childirma) singari cholg‘ularida ajoyib kuy va qo‘shiqlar ijro etishgan.

  2. Eng qadimgi xalq og‘zaki musiqiy, she’riy ijodiyotning shakllanishi xalq cholg‘ulari taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.

  3. O‘rta asrlarda xalq cholg‘ulari, turlarining paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi jamiyat taraqqiyoti yo‘nalishining samarasi bo‘lgan.

  4. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi xalq cholg‘ularida ijrochilik san’atining rivojlanishi yangi ijtimoiy-siyosiy sharoit hamda Evropa madaniyati ta’siri bilan bog‘liqdir.

  5. 1917 yilgi to‘ntarishdan keyingi davrda ijrochilik san’atining rivojlanish davri.

Shunday qilib, o‘zbek xalq cholg‘ularining paydo bo‘lishi va takomillashishining boy tarixi bilan bog‘liq bilimlar yosh ijrochilarga yakkanavoz, ansambl ijrochiligi yo‘llari va ijrochilik texnikasi imkoniyati taraqqiyoti qonuniyatlarini ochishga yordam beradi. Ushbu darslik bo‘lajak mutaxassisni mashhur xalq cholg‘uchilari, ijrochilik san’ati ustalarining pedagogik va ijrochilik
prinsiplari bilan, shuningdek, Respublika bastakorlarining o‘zbek xalq cholg‘uchilari uchun yaratgan musiqiy asarlari bilan yaqindan tanishishlariga ko‘maklashadi.
Tahsil Respublikaning oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘rta maxsus musiqa bilim yurtlari o‘quvchilariga o‘zbek cholg‘u ijrochiligi tarixi va nazariyasini o‘rgatish, ijodiy yoshlarning badiiy-estetik dunyoqarashini xamda tanlagan sohasining turli yo‘nalishlarini tushunishlari, o‘z yo‘lini topa olishlari uchun xizmat qiladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish