Leksik ma'nodoshlikdan quyidagicha foydalaniladi:
1.Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda rangsizligidan qochish uchun: Ikkala o`rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir biriga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi.
2.Tasvir ob'ektiga e'tiborni jalb etish uchun: Holbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda.
3.Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun: Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan quvnoq.
4.Salbiy belgining kuchayib borishini aniq ifodalash uchun: Xo`sh, ming-boshining o`zi odamlar aytganday juda xunuk va badbashara odammi?
Kontekstual ma'nodoshlik. Mahoratli yozuvchilar tildagi tayyor sinonimlardangina foydalanib qolmay, badiiy tasvir ehtiyojiga ko`ra ma'nodosh bo`lmagan so`zlarni ham shunday qo`llaydilarki, bu so`zlar matnda xuddi ma'nodosh so`zlar kabi idrok etiladi: Kechagina, qarg`ab, so`kib, «o`ldirsam» deb yurgan kundoshini o`pib, quchoqlab, silab-siypab birpasda qalin do`st bo`lgan emish.
Frazeologik ma'nodoshlik. Voqealikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko`z o`ngida aniq va to`la gavdalantirishda iboralarning ma'nodoshligidan keng foydalaniladi: Yenggan, yutgan. Oshig`i olchi kelgan, deganini bo`ldirgan kundosh emasmidi?
Jumla tarkibida kelgan ma'nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror sifatni, xususiyatni ikir-chikirigacha tasvirlashga qaratilgan bo’ladi..
Leksik-frazeologik ma'nodoshlik. Lug`aviy birlik sifatida so`zlar iboralar bilan sinaktik munosabatda bo`lishi mumkin.
Matnda bunday holatni bo`rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvonbibi so`zga qancha epchil bo`lsa, Razzoq so`fi shu qadar kamgap indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi.
3. Tovush tomoni bir xil bo`lib, turli ma'nolarni ifodalovchi so`zlar omonimlar deyiladi.
Omoleksemalar-shakliy, ham talaffuz jihatidan bir xil so`zlar: qovoq-qovoq
Omograflar-shakli bir xil, talaffuzi har xil so`zlar-tom-tom, atlas-atlas.
Omofonlar-talaffuzi bir xil: yod-yot, sutxo’r-sudxo`r.
Shakldoshlik iboralarda ham uchraydi: boshiga ko`tarmoq (e'zozlamoq)-boshga ko`tarmoq (to`polon qilmoq) qo`l ko`tarmoq.
1.Zid ma'noli so`zlar badiiy nutqda ta'sirchanlikni ta'minlashda qulay vositadir. Sharq adabiyotida qadimdan bu ifoda imkoniyatidan keng foydalaniladi. Uning asosida tazod, antiteza va zid ma'noli so`zlarni yonma-yon qo`llash orqali tushunchalar, belgilar, holatlar, obrazlar zidlanadi.
Lisoniy va kontekstual antonimlar farqlanadi.
Zid ma'nolilik iboralarda ham uchraydi: ko`kka ko`tardi-erga urdi, ko`ngli oq-ichi qora, yuzi yorug`-yuzi qora.
2.Yozuvchining mahoratini belgilashda ko`p ma'noli so`zlarni o`r o`rnida, muayyan estetik maqsad bilan qo`llay olishi ham muhim omildir. Ko`p ma'noli so`zlar nutqning ifoda imkoniyatlarini keng-shga ko`maklashuvchi vosita hisoblanadi. Iboralarda ham ko`p ma'nolilik kuzatiladi: yuragi qinidan chiqdi: Shunaqa paytda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi.
6.Ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro munosabatidan , nutq jarayonida tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat tarzida mavjud bo`luvchi til birliklari barqaror birliklar deyiladi.
Ularga iboralar, maqol-matallar, hikmatli so`zlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |