Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
MEHR QOLUR
ОЧаг qancha yillar to'zoni, 
Yulduzlar — ko'zyoshi samoni. 
0 ‘tar inson yaxshi-yomoni
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug'da porlagan o‘sha, 
Iqboliga chorlagan o'sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha — 
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Anor, sening yuzlaring suluv, 
Xumor, sening ko'zlaring suluv, 
Yodda qolmas so'zlaring suluv, 
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Oqib ketdi suvlarda Toliir,
Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir. 
Kelganda ham qiyomat oxir, 
Mehr qolur, muhabbat qolur...
Nima deysan, ey, g'ayur inson? 
G'iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tursan, inon, 
Melir qolur, muhabbat qolur!


Tilimizda «nekbin tuyg‘ular» degan ibora bor. Bu — toza, 
pok, samimiy tuyg‘ular deganidir...
Hozircha Sizga tushunilishi, yana ham aniqrog‘i, his qilinislii 
biroz qiyinroq bo‘lgan hayotning achchiq haqiqatlari bor. Bu 
haqiqatlarning biri shundan iboratki, dunyo, tiriklik tashvishlari 
insonni har ko‘yga solislii, uning qalbidagi ko‘plab toza hislarga 
zaxa yetkazishi mumkin.
Agar odam dunyoning bu o‘tkinchi tashvishlariga o‘ralashib, 
ruliiyatini ana shu tashvislilar girdobidan olib cliiqa olmasa, buning 
natijasi juda xunuk oqibatlami keltirib cliiqarishi tayin. Albatta, 
bu oqibatlar yarq etib ko‘zga tashlanmasligi, odamning sirtiga 
qalqib chiqmasligi mumkin. Biroq qalbda paydo bo‘lgan qash- 
shoqlik, odam bolasini insoniy his-tuyg‘ular tark etishidan-da 
kattaroq fojia yo‘q bu dunyoda.
Odamni odam qilib turgan, uning hayotiga insoniy mazmun 
baxsh etadigan inja tuyg‘ular, aw alo, m ehr va muhabbatdir. 
Shu tuyg‘ular tufayli olamda hayot davom etadi, tiriklik tantana 
qiladi. Zero, ota-onaning farzandga mehri, akaning singilga 
achinishi, do‘stning do‘stga madadi, yigitning qizga muhabbati... 
Insonlararo munosabatlar asosida, aslida mana shu tuyg‘ular 
yotib di.
Bu k o ‘hna ochun (dunyo) ne-ne saltanatlarni, «dunyo 
manim!» degan ne-ne jahongirlami ko‘rmadi. Xo‘sh, Yer yuzidagi 
hayotni, tiriklikni shu saltanatlar-u shu jahongirlar saqlab qoldi- 
mi?
Mutlaqo!
Hayotni, tiriklikni insonlar o‘rtasidagi, ularga Yaratgan tomo- 
nidan omonat sifatida in’om etilgan mehr va muhabbat atalmish 
qudrat asrab qoldi!
Agar insoniyatga mana shu tuyg‘ular u yaratilayotgandayoq 
berilmaganda edi yoki ular butkul unutilib ketganda edi, hech 
qanday insoniy kuch, biror qudrat Yerdagi hayotni tugab bitishdan 
saqlab qololmas edi. Shoir:
Qorachug'da porlagan o'sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha... —
der ekan, bu noyob tuyg‘ular o ‘zini doim ham oslikor qila- 
vermasligini urg‘ulaydi. Ularni porlab turgan qorachug‘lardan,


ko‘ngilda turib iqboliga chorlayotgan sassiz ovozlardan izlamoq 
darkor. Shunisi ham borki, dunyodan mehr-u muhabbat talab 
qilgan odamning o‘zida shu tuyg‘ular ustuvor bo‘lishi lozim. Agar 
shaxs tabiatida o‘zgalarga g‘ayirlik, boshqalami ko‘rolmaslik singari 
nafsiy qarashlar yetakchilik qilsa, mehr ham, muhabbat ham 
bunday sahrosifat vujudni tark etadi...

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish